1 – mavzu: Falsafaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Ontologiya – borliq falsafasi Rivojlanish falsafasi. Falsafaning asosiy qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi (Gnoseologiya) Mantiq fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Umumiy o‘zaro aloqa va rivojlanishning dialektik tamoyillari



Yüklə 149,45 Kb.
səhifə55/71
tarix18.04.2023
ölçüsü149,45 Kb.
#99800
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71
Falsafa 1-mavzu

Umumiy o‘zaro aloqa va rivojlanishning dialektik tamoyillari. Har qanday konsepsiyaning mazmunini yoritishda uning tamoyillarini tahlil qilish ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Dialektika ham bundan mustasno emas. Tamoyillar nima?
Falsafiy ma’noda «tamoyil»(prinsip) tushunchasi fundamental qoida, birinchi asosni, biron-bir konsepsiya yoki nazariyaning eng muhim asosini anglatadi. Falsafiy nazariya sifatidagi dialektikaga tamoyillar yaxlit tus beradi, uning qonunlari va kategoriyalarini izchil tizimga soladi. Dialektikaning hozirgi konsepsiyalarida umumiy aloqadorlik va rivojlanish, tarixiylik, sababiylik, determinizm, tizimlilik kabi tamoyillar muhim rol o‘ynaydi.
Dialektika atamasi o‘tmishda asosan uch ma’noda ishlatilib kelingan: birinchidan, bahs, suhbat, munozara san’ati orqali haqiqatga erishish yo‘li sifatida; ikkinchidan, falsafiy fikrlash qonun-qoidalarini o‘zida mujassamlashtirgan tafakkur shakli sifatida; uchinchidan, falsafa va boshqa fanlardagi ilmiy bilish jarayonida qo‘llaniladigan ilmiy-tadqiqot usuli sifatida.
Hozirgi vaqtda dialektika nazariyasi olamni falsafiy anglash mantiqi, ilmiy bilish metodologiyasi sifatida rivojlanib kelmoqda. Dialektika borliqdagi narsa va hodisalarning yalpi o‘zaro aloqadorligi va rivojlanishi qonunlari haqidagi ta’limot bo‘lishi bilan birga bilish nazariyasi, tafakkurlash shakllari va qonuniyatlari haqidagi fan, falsafiy tafakkur metodi va metodologiyasi hamdir.
Shunday qilib, dialektika – rivojlanish falsafasi va olamni bilishning falsafiy metodologiyasidir. Dialektika o‘z mohiyati jihatdan yalpi o‘zaro aloqadorlik, bog‘lanish, munosabat, o‘zgarish, rivojlanish to‘g‘risidagi ta’limot sifatida tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkuriga xos eng umumiy aloqadorlik va bog‘lanishlarni, o‘zgarish va rivojlanishning eng umumiy qonunlarini to‘g‘ri ochib berish asosida kishilarga dunyoni o‘zlashtirish va o‘zgartirish yo‘llarini ko‘rsatuvchi metodologik qurol bo‘lib xizmat qiladi.
Dialektika – bu dunyoni shunday tushunishki va uni ongli ravishda o‘rganishning shunday usuliki, bunda turli hodisalar, ularning turli-tuman aloqalari, qarama-qarshi kuchlarning o‘zaro ta’siri, o‘zgarish va rivojlanish jarayoni bilan birlikda qarab chiqiladi.
Barqarorlik va o‘zgaruvchanlik (beqarorlik) – falsafaning juft tushunchalaridir. Barqarorlik narsa va hodisalarga xos muayyanlikni, uyg‘unlikni, ular o‘rtasidagi muvozanatni ifodalasa, o‘zgaruvchanlik (beqarorlik) esa ularning ma’lum bir holatdan boshqa bir holatga o‘tish jarayonini bildiradi. Barqarorlik va o‘zgaruvchanlik bir-biri bilan uyg‘un holda atroflicha tahlil qilinishi lozim. XXI asrning boshlariga kelib insoniyat taraqqiyotida shu qadar ulkan o‘zgarishlar, ba’zan noan’anaviy jarayonlar sodir bo‘ldiki, falsafada, qolaversa, amaliyotda ham barqarorlik va beqarorlikni batamom boshqacha aks ettirish, barqarorlikning o‘zini tamoman boshqacha talqin qilish imkoniyati tug‘ildi. Endilikda, so‘z barqarorlik va o‘zgaruvchanlik (beqarorlik) tizimning ikki jihati, atributi ekanligi, ya’ni bir butunligi haqida borishi lozim. Keyingi paytda, jahon falsafiy tafakkuri rivoji jarayonida jamiyatga, taraqqiyotga o‘zini-o‘zi asrash, muvozanat va uyg‘unlikni ta’minlash, mavjudligini saqlash va mustahkamlashga bo‘lgan beqiyos salohiyat sohibi sifatida qarash va baho berish tendensiyasi kuchaymoqda. Ushbu fundamental jarayonning tayanchi barqarorlik va o‘zgaruvchanlik sifatida namoyon bo‘ladi. Ular jamiyatning, qolaversa, har qanday yaxlit tizimning tub negizini tashkil etadi. Darhaqiqat, formal mantiq nuqtai nazaridan o‘zgaruvchanlik barqarorlikni taqozo etsa, o‘z navbatida, o‘zgarish, rivojlanish uchun barqarorlik muhim shart-sharoitlardan biri hisoblanadi.
Jamiyat hayoti barqarorlik va beqarorlik (o‘zgaruvchanlik) dialektikasidan iborat. Ijtimoiy barqarorlik: 1) jamiyat hayotining osoyishtaligi, tinch-totuvlik va uni mustahkamlash uchun shart-sharoitning mavjudligi; 2) ijtimoiy tuzum qismlarining uyg‘unligi; 3) jamiyatdagi ijtimoiy birliklar (millatlar, turli ijtimoiy guruh va qatlamlar), siyosiy partiyalar va boshqa kuchlar o‘rtasidagi hamkorlik va hamjihatlik vaziyati; 4) davlat, jamoatchilik tashkilotlari va fuqarolar o‘rtasidagi ijtimoiy kelishuv holatining muttasil davom etishi kabilardir.
Barqarorlik insoniyat tarixida yaratuvchanlik, bunyodkorlik faoliyati uchun asos bo‘lgan. Qadimgi zamonning mashhur faylasufi Konfutsiy: “Farovonlik – maqsad, islohotlar – unga erishish yo‘li, barqarorlik esa – shart-sharoitdir”, deb bejiz aytmagan. Ana shu sababdan ham jamiyat hayotida barqarorlikka intilib kelingan, beqarorlik, boshboshdoqlik bo‘lmasligi uchun harakat qilingan.
Demak, ijtimoiy barqarorlikni bir necha jihatdan talqin qilish mumkin: jamiyatdagi tinch-totuvlik va uni mustahkamlash uchun shart-sharoitning mavjudligi; ijtimoiy qatlamlar, kuchlar va siyosiy partiyalar o‘rtasidagi hamjihatlik vaziyati; davlat, jaoatchilik tashkilotlari va fuqarolar o‘rtasidagi ijtimoiy kelishuv holatining muttasil davom etishi va boshqalar.
Biz «Borliq» mavzusini o‘rganganimizda, harakat borliqning umumiy yashash usuli, uning ajralmas xossasi ekanligi bilan tanishgan edik. Kundalik hayotda «harakat» deganda, odatda, nar­sa va hodisalarning oddiy o‘rin almashuvi tushuniladi. Dialektikada esa harakat chuqurroq tushuniladi. Bundagi «o‘zgarish» tushunchasi hajm jihatdan «harakat» tushunchasiga kiradi. Chunki har qanday o‘zgarish harakatdir, lekin har qanday harakat o‘zgarish emasdir. O‘zgarish narsa va hodisalarning bir holatdan ikkinchi holatga, bir ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga o‘tishidir. Masalan, yangi buyumning eskirishi va shular kabi. Biroq «o‘zgarish» o‘z ichiga «rivojlanishni» oladi, garchi har qanday o‘zgarish rivojla­nish bo‘lmasa ham.
Rivojlanish esa bu - progress11 tomon o‘zgarishdir. Rivojlanish, aslida shunday o‘zgarishki, bunda muayyan yunalishdagi yangi holat eski holatning, yuqori bosqich quyi bosqichning o‘rnini olib, eski narsa va hodisalar yo‘qolib, ular o‘rnini yangi narsa va hodisalar oladi. O‘zgarish esa rivojlanishdan shu bilan farq qiladiki, u o‘z ichiga regress12larni ham oladi.

Yüklə 149,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin