1- mavzu: gimnastikaning rivojlanish tarixi


Tavsiya etilgan adabiyotlar



Yüklə 113,47 Kb.
səhifə14/39
tarix14.12.2023
ölçüsü113,47 Kb.
#178345
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
portal.guldu.uz-GIMNASTIKANING RIVOJLANISH TARIXI (2)

Tavsiya etilgan adabiyotlar.

  1. Brikin A.T. Gimnastika M. 1971.

  2. Smolevskiy M.V. Gimnastika I metodika provedeniya F.I.S.

  3. Polo‘ga V.A. gimnastika 1982.

  4. Ukran M.L. Gimnastika F.I.S. 1969.

  5. Filipovich V.I. Teoriya I metodika gimnastiki 1971.

5 – MAVZU : GIMNASTIKANING TURLARI.
REJA
1. Gimnastikaning sog`lomlashtiruvchi (UR) turlari
2. Gimnastikaning sport turlari
3. Gimnastikaning amaliy turlari


Tayanch tushuncha va iboralar : Yosh avlodni gimnastikaga oid atamalar o’rgatish gimnastikaning tarbiyaviy ahamiyati ,gimnastik gilam, turnik, bruss, gimnastik kon, gimnastik mos gimnastik xalqa, gimnastika brino, gimnastik kazyol, gimnastik narvon, gimnastik skamika .

O’quv mashg’lotining maqsadi : Talabalarni gimnastikaning maqsad va vazifalari bilan tanishtirish . Yosh avlodni gimnastikaga chorlash , gimnastikaning tarbiyaviy ahamiyati , gimnastikadagi turli holatlar , yoshlarni ma’naviy barkamol avlod qilib yetishtirish , ularning ma’naviy sog’lom , jismoniy baquvvat bo’lishlarida ota – onalarning roli , irodaviy sifatlar , mehnat va mudofaga tayyorlash.

1 – savol bayoni :

Gigienik gimnastikaning vazifalari, vositalari. Ertalabki gigienik gimnastikaning qoidalari ahamiyati. Gigienik gimnastika komplekslarini tuzish usuliyoti. Gigienik gimnastika dvaomida sovuqlikka chiniqish. Ishlab chiqarish gimnastikasi ahamiyati, vazifasi, vositalari, mazmuni. Ishlab chiqarish gimnastika mashg`ulotlarining asosiy shakllari. Kirish gimnastikasi, fizkult`pauza, fizkult`minutka, mikropauza. Ishlab chiqarish gimnastikasida kasb guruxlariga


bo`linish. Ishlab chiqarish gimnastika komplekslarini tuzish sxemasi. Mashg`ulotlarni tashkil qilish va o`tish usuliyoti.
Ritmik gimnastika tarixiy ma`lumot, vazifalari, vositalari, mazmuni, mashg`ulotlarning asosiy shakllari, o`tkazish metodikasi. Davolash gimnastikasi. Vazifasi, mazmuni, asosiy vositalari.
Asosiy gimnastika - asosiy gimnastikaning moxiyati. Asosiy gimnastika vositalari. Asosiy gimnastikaning jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi axamiyati. Asosiy gimnastika xarakat kobilyatini rivojlantiruvchi axamiyati. Asosiy gimnastika mashgulotlarini tashkil kilish usullari.Xayotiy zarur xarakat malakalarini shakllantirish. Atletik gimnastika - atletik gimnastika asosiy vazifalari. Atletik gimnastika vositalari. Yosh gruppalarga bulinish. Atletik gimnastika mashqlarining kompleksini tuzish. Jismoniy rivojlanganlikni nazorat kilish.
Xotin-qizlar gimnastikasi - xotinlar gimnastikasining asosiy vazifalari. Asosiy vositalari. Mashgulotlarni tashkil kilish metodikasi.
Gimnastikaning ixtisoslashgan-amaliy turlari - ixtisoslashgan gimnastikaning moxiyati.
Gimnastika mashqlari hamda ixtisosining xilma-xilligini xisobga olib, turli pedagogik vazifalarni hal qilish uchun ulardan foydalanishdan ortirilgan tajribalarni nazarda tutib, GIMNASTIKAni mustaqil turlarga ajratish mumkin. (1968 yil butun ittifoq konferentsiyaga tasdiq).
1-guruh. Gimnastikaning sog`lomlashtiruvchi (UR) turlari.
Bu gruppa asosiy (umumiy), gigienik va atletik gimnastikani o`z ichiga oladi. Gimnastikani bu turlari shug`ullanuvchilarni har yoqlama garmonik jismoniy kamolotga yetkazish, salomatligini mustahkamlash va harakat funktsiyalarini takomillashtirish maqsadida qo`llaniladi.
2-guruh. Gimnastikaning sport turlari.
Bu gruppaga sport gimnastikasi, badiiy gimnastika va akrobatika kiradi. Bu turlar sport yo`nalishiga ega bo`lib, sport turlari sifatida taqdim etiladi. Bulardan maqsad, mashqlarni ijro etish texnikasida yuksak kamolotga erishish, yuksak sport mahorati ko`rsatish hamda har yoqlama yuksak jismoniy tayyorgarlik asosida murakkab mashqlarni bajara bilishga erishishdan iboratdir.
3-guruh. Gimnastikaning amaliy turlari.
Bunga quyidagilar: ish kuni tartibiga kiritiladigan korxona gimnastikasi (mehnatkashlarni sog`lomlashtirish, ish qobiliyatini o`stirish asosida mehnat unumdorligini oshirishga yordamlashadi). Maxsus jismoniy tayyorgarlik ko`rish qo`llaniladigan professional-amaliy, harbiy-amaliy va sport amaliy gimnastikasi. (Bular asosan mehnatda, mudofaa va sport faoliyatida eng yuqori natijalarga erishishni ta'minlaydi). Turli xastalik va jarohatlarni davolash u qo`llaniladigan ish qobiliyati va salomatlikni tiklashga yordam beradigan-davolash gimnastikasi.
Yuqorida zikr etilgan gimnastika turi gimnastikaning umumiy yo`nalishini asosan saqlab qolib, mashqlarning o`ziga xosligi va metodik usullar bilan bir-biridan farq qiladi.
GIMNASTIKA TURLARI VA ULARNING TAVSIFI
Gimnastikaning quyidagi turlari mavjuddir:

  1. Umumrivojlantiruchi gimnastika.

a) asosiy gimnastika; b) gigienik gimnastika.

  1. Sport yo‘nalishidagi gimnastika.

a) sport gimnastikasi; b) atletika; v) badiiy gimnastika.

  1. Amaliy gimnastika

A) professional-amaliy gimnastika; B) ishlab chiqarishdagi gimnastika;
v) davolash gimnastikasi kiradi.
Umumrivojlantiruvchi gimnastika
Umumrivojlantiruvchi gimnastikaning vazifasi salomatlik, umumjismoniy tayyorgarlikni mustahkamlashdan iboratdir. U harakat ko‘nikmalarini takomillashtirish va mustahkamlashga, to‘g‘ri qad-qomatni tarbiyalashga, yurak-tomir va nafas olish faoliyatini yaxshilash hamda organizmni chiniqtirishni ta’minlashga qaratilgan.
a) Asosiy gimnastika tarkibiga saflanish, umumrivojlan-tiruvchi va asosiy harakatlar kiradi. Mashqlarni bajarishda jismoniy jihozlardan foydalaniladi. Asosiy gimnastika kishi organizmidagi funksional jarayonning kuchayishiga, uning jismoniy rivojlanishiga, xilma-xil harakat ko‘nikmalarining takomillashuviga, jismoniy sifatlarning tarbiyalanishiga, o‘zlashtirilgan harakat faoliyatidan turli hayotiy vaziyatlarda mustaqil va ijodiy foydalana olishga, o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay bilishga, harakat faoliyatining asosiy qonuniyatlarini anglashga, egallangan bilim va ko‘nikmalarning hayot va faoliyat uchun ahamiyatini tushunishga yordam beradi.
B) Gigienik gimnastika – kishi salomatligini mustahkamlash va saqlashga, to‘g‘ri qad-qomatni tarbiyalashga, organizmning asosiy tizimlar funksiyasini (nafas olish, qon aylanish, almashinish jarayonlarining faollashishi) takomillashtirishga qaratilgandir. Umumrivojlantiruvchi va amaliy mashqlar suv muolajalari, massaj hamda organizmni chiniqtirish bilan qo‘shilgan holda gigienik gimnastika vositalari sifatida foydalaniladi. Gigienik gimnastika barcha yoshdagi bolalarga tavsiya etiladi.
Sport yo‘nalishidagi gimnastika.
Sport gimnastikasining vazifasi umumiy jismoniy tayyorgarlikni oshirish va saqlashdan iboratdir.
Badiiy gimnastika – harakatlarni takomillashtirishni ko‘zda tutadi va u sport xarakteriga egadir. Badiiy gimnastikaning asosiy mashqlari yuksak plastiklik, xarakatlar koordinatsiyasi va ifodaliligini egallashga yordam beruvchi musiqa bilan organik bog‘liqdir.
Amaliy gimnastika.
Professional-amaliy gimnastika muayyan mutaxassislikni (balandlikda ishlovchi montajchi, konchi, transport haydovchi…) egallashga yordam beruvchi harakat ko‘nikmalari va sifatlarini rivojlantiradi va takomillashtiradi.
Ishlab chiqarishdagi gimnastika.
Ishlab chiqarishdagi gimnastika – kishilarning ish qobiliyatini oshirish va saqlash maqsadida tashkil etiladi. U ish kuni tartibiga kiradi: kirish gimnastikasi ish oldidan, jismoniy pauza ish kuni jarayonida, tanaffuslarda o‘tkaziladi.
Davolash gimnastikasi – davolash fizkulturasiga mansub bo‘lib, sog‘liq va ish qobiliyatini tiklashga qaratilgandir. U barcha kasalliklarda qo‘llaniladi va noixtisosli funksional terapiya vositasi hisoblanadi. Masalan, harakat apparati funksiyalarini jarohat va kasalliklardan so‘ng tiklash, gavda tuzilishidagi nuqsonlar (turli deformatsiyalar) ni tuzatishda qo‘l keladi. Davolash gimnastikasi bemor kishilarning nerv tizimi holati va ahvolini yaxshilashga, ular kayfiyatini ko‘tarish hamda salbiy emotsiyalardan xalos etishga qaratilgandir.
SHunday qilib, gimnastika jismoniy tarbiya vositalari biri sifatida turli o‘quv-tarbiyaviy davolash muassasalarida va jamoalarda (korxonalar, muassasalar, fabrikalar, zavodlarda) hamda individual mashg‘ulotlarda bolalar, o‘smirlar va kattalarni jismoniy tarbiyalashning barcha davlat dasturlarining ajralmas qismini tashkil etadi.

Yüklə 113,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin