1- mavzu: gimnastikaning rivojlanish tarixi


Badiiy gimnastika mashqlarining atamalari



Yüklə 113,47 Kb.
səhifə12/39
tarix14.12.2023
ölçüsü113,47 Kb.
#178345
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
portal.guldu.uz-GIMNASTIKANING RIVOJLANISH TARIXI (2)

Badiiy gimnastika mashqlarining atamalari.
Odimlash - joydan joyga ko‘chishning xilma xil turlari. Odimlashning quyidagi; odimlash, oyoq uchiga ko‘tarilishdan boshlab odimlash, lukillab odimlash, almashib odimlash, palka qadami bilan odimlash turlari mavjud.
Yugurish - xar birida uchish fazasi bo‘lgan odimlash. Yugurishdagi nomlar odimlashdagi nomlarga o‘xshash.
Burilish - gavdaning vertikal yoki uzunasiga o‘q atrofidagi aylanma harakati.
Sakrash - oyoqlarda depsingandan keyin erkin parvoz etish. Harakat qo‘lami va gavdaning xavodagi holatiga qarab sakrashning quyidagi; to‘g‘ri sakrash, bukilib sakrash, kerishib sakrash, ochiq sakrash, yopiq sakrash, odimlab, sanchib sakrash, charxpalaksimon sakrash, tayanib sakrash, tashlanib sakrash, yarim xalqasimon sakrash turlari mavjud.
Qo‘llarni prujinasimon harakatlantirish. Barcha bo‘g‘nlarni baravariga bukib prujinasimon yaxlit harakat qilish. Turli yo‘nalishlarda bajariladi.
To‘lqinsimon - do‘ngsimon yarim cho‘kkayishdan boshlanadigan, bo‘g‘inlarning ketma-ket biri yozilib, bukilishdan iborat murakkab yaxlit harakat.
Qo‘lni to‘lqinlashtirish - qo‘lni bukish va panjasi osiltirishdan boshlanib, keyin yozish bilan bir vaqtda panjasi ko‘tarishdan iborat to‘lqinsimon harakatlantirish.
Mashqlarni yozib borishning qoida va usullari.
Gimnastika mashqlarini tushunishda ularni qisqa va aniq qilib yozishning muhim ahamiyati bor. Yozish qo‘yilgan maqsadga qarab umumlashtirilgan, konsert, qisqartirilgan, grafik tarzda yoki shu usullarning birlashmasidan iborat bo‘lishi mumkin.
Gimnastika mashqlarning atama yozuvi yuqorida bayon etilgan qoidalarga asosan hamda belgilangan usullarda bo‘ladi. Yozish qoidalariga quyidagilar kiradi; gimnastika mashqlarining ayrim guruhlari uchun belgilangan yozuv tartibda yozuvda qo‘llaniladigan grammatik tuzilish va belgilari rioya qilish.
URM ni yozilishi.
Harakat boshlanadigan dastlabki holat (d.x)
Harakatning nomi (egilish, bukilish, cho‘kkayish va hokazo)
Harakat yo‘nalishi (o‘ng chap, orqaga va hokazo)
Pirovard holat (zarurat bo‘lsa)
Masalan, d.x –oyoqlar kerilib, qo‘llar yelkada. 1-o‘ng oyoqni bukib qo‘llar yuqoriga ko‘tarilgan xolda chap tomonga egilish.

Yüklə 113,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin