1- mavzu: gimnastikaning rivojlanish tarixi



Yüklə 113,47 Kb.
səhifə20/39
tarix14.12.2023
ölçüsü113,47 Kb.
#178345
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
portal.guldu.uz-GIMNASTIKANING RIVOJLANISH TARIXI (2)

1 – savol bayoni :

Gimnastika mashg`ulotlarida nihoyatda xilma-xil mashqlar, shu jumladan, turmush va mehnat tajribasida kamdan-kam uchraydigan mashqlar ham qo`llaniladi. Ular murakkab harakat faoliyatidan iborat bo`lib, ularni ijro etish esa o`ziga xos sharoitlar bilan bog`liq.


Bu sharoitlarni belgilaydigan omillardan eng muhimi quyidagilardir:

  1. Snaryadlarda, maxsus konstruktsiyalarda ijro etiladigan shaklan va mazmunan xilma-xil bo`lgan ko`p miqdordagi harakatning mavjudligi.

  2. Gavdaning fazodagi holati doimo o`zgarib turadigan aylanma harakatlarning ko`pligi.

  3. Uchib tushayotganda va yerga tushish chog`ida harakatlarni boshqara bilish.

Gimnastika mashg`ulotlarida shikastlanishga yo`l qo`ymaslik uchun xavfsizlik texnikasiga rioya qilishga qaratilgan butun choralar ko`rilishi kerak. Quyidagilar shikastlanishning asosiy sabablari bo`lishi mumkin:

  1. Mashg`ulot tashkil qilish qoidalariga va mashg`ulot metodikasiga rioya qilmaslik.

  2. Jixozlar va inventarning vaqtida tekshirib turmaslik.

  3. Sanitariya-gigiena shartlarini buzish.

  4. Vrach nazorati yoki munazam ravishda o`tqazib turilmaslik.

Shikastlanishning oldini olish maqsadida mashg`ulot va musobaqalar o`tkazishdan oldin quyidagilar amalga oshirish kerak.

  1. O`quv xujjatlarini (plan, konspekt) tayyorlab qo`yish.

  2. mashg`ulot joylarini sanitariya-gigiena talablariga qanchalik mosligini jixoz va inventarning buzuq-buzuqmasligini, shug`ullanishdan har birini sport kostyumi va poyabzali xavfsizlik va gigiena talablariga muvofiqligini tekshirib ko`rish.

  3. Gimnastikaning sog`ligi yomonlashishi oqibatida yoki biron boshqa sabablar sodir bo`lgan oradagi uzilishdan keyin mashg`ulotga, shuningdek musobaqalarda qatnashishga ruxsatnomasi bor-yo`qligini tekshirib ko`rish.

Mashg`ulot o`tkazilayotgan vaqtda quyidagilar bajarilishi kerak.

  1. Mashg`ulot uyushtirishning barcha qoidalariga rioya qilish;

  2. Mashg`ulot oldidan har bir snaryadning mahkamlanadigan joylarining mustahkamligini, to`shaklarning snaryadlar oldiga qanday ko`milganligini magneziya va kanifolning sifatini tekshirish;

  3. Zamonaviy o`rgatish metodlaridan foydalanish mohirlik bilan ko`maklashish va straxovka qilish.


Yüklə 113,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin