1- mavzu: gimnastikaning rivojlanish tarixi


Erkin mashqlar uchun gilam



Yüklə 113,47 Kb.
səhifə17/39
tarix14.12.2023
ölçüsü113,47 Kb.
#178345
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
portal.guldu.uz-GIMNASTIKANING RIVOJLANISH TARIXI (2)

Erkin mashqlar uchun gilam. 12x12m maydon muhiti. Erkin mashqlar uchun gilamlarning ko‘pchiligi minglab prujinachalar tashkil topgan va qo‘pik qatlam bilan qoplangan silliq yuzani nazarda tutadi. Gimnastikachilar akrobatik o‘tishlarni diagonal bo‘yicha bajaradilar. Ayollar chiqishi xoreografiya kombinatsiyalari va sakrash seriyalarini o‘z ichiga oladi. Bu snaryad ham ayollar, ham erkaklar sport gimnastikasida hamda sport akrobatikasida ko‘llaniladi. Ayollar chiqishlari musiqa ostida o‘tadi.
Siltanish oti (dastakli ot). Erkaklar sport gimnastikasi snaryadi. Bu odatda yuqoridan mustaxkamlangan, ikkita dastaklar bilan gorizontal holatda joylashgan “ot” tanasi. CHiqishlar ot atrofida va ustida siltanishli harakatlardan tashkil topgan. Gimnastikachilar har bir dastakda hamda otning tekis yuzasida elementlarni bajarishlari kerak. Sakrab tushish nisbatan oddiy harakat, otdan matga.
Halqalar. Erkaklar sport gimnastikasi snaryadi, metall tayanch yoki karkasga osilgan, ikkita berk halqadan iborat. Gimnastikachilar siltanish elementlarini, kuch va muvozanat harakatlarini bajaradilar, chiqishni matga sakrab tushish bilan yakunlaydilar.
Parallel qo‘shpoyalar. Nomidan kelib chiqib, bir-biriga parallel bir hil balandlikda joylashganbir hil o‘lchamli ikki yog‘och poyalardan tashkil topgan. CHiqishlar siltanish elementlari, qo‘llarda statik tik turish, uchib o‘tish va kuch harakatlaridan tashkil topgan. Matga sakrab tushish bilan yakunlanadi. Bu snaryad sport gimnastikasi bo‘yicha erkaklar turnirlarida qo‘llaniladi.
Turnik. Erdan ko‘tarilgan bittalik (yakka) poya. Erkaklar turnirlarida qo‘llaniladi. gimnastikachilar siltanish elementlari, qo‘llarda tik turish, aylanishlar, ushlashlarni almashtirish va saltolarni bajaradilar. Matga sakrab tushish bilan yakunlanadi.
Zalda standart gimnastika snaryadlariga qo‘shimcha, juda foydali boshqa predmetlar va mashqlarni o‘rgatishni engillashtiruvchi jihozlar bo‘lishi mumkin.foydali jihozlar quyidagilar bo‘lishi mumkin:

Yüklə 113,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin