1- mavzu: gimnastikaning rivojlanish tarixi



Yüklə 113,47 Kb.
səhifə16/39
tarix14.12.2023
ölçüsü113,47 Kb.
#178345
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
portal.guldu.uz-GIMNASTIKANING RIVOJLANISH TARIXI (2)

Snaryadlar va ekipirovka
Snaryad – termini, gimnastikachilar musobaqalashishiga yordam beruvchi predmetni anglatadi. Odatda gimnastika zalidagi musobaqalarda qo‘llanilmaydigan predmetni ekipirovka deyiladi. Snaryad na’munasi – baland-past qo‘shpoya. Trapetsiya kabi hilma-hil matlar va straxovka kamarlari (belbog‘lari) ekipirovkaga tegishli.
Ehtimol, sizning zalingizda eng yangi, eng zamonaviy gimnastika snaryadlari turgandir. Balki sizning jamoangiz hali ham yaxshi holatda saqlangan ancha eski snaryad va ekipirovkalardan foydalanar. Har qanday holatda ham siz sportchilarni gimnastikaning bazaviy usullariga o‘rgata olasiz. Avvalo, mashg‘ulot va musobaqalar uchun joy xavfsizligiga, snaryadlar va ekipirovkalar muntazam tekshirilishiga va yaxshi holatda turganligiga, mashg‘ulot zonasi to‘siqlardan holiligiga ishonch hosil qiling.
Snaryadlar
Tayanib sakrash uchun stol. Tayanib sakrash bo‘yicha mashg‘ulotlar va musobaqalarda qo‘llaniladigan snaryad. Gimnastika yo‘lakdan yugurib kelib, og‘ma prujinali ko‘prikdan depsinadi, so‘ng qo‘llar bilan stoldan. Parvoz (uchish) vaqtida akrobatik elementlar (oddiy g‘ujanakdan, bir nechta salto va vintlargacha) bajariladi. YUgurish uchun yo‘lak chegarasi aniq belgilangan – bu silliq, bir tekis qoplamalar bilan tor muhit. Tayanib sakrash uchun stol ayollar kabi erkaklar turnirlarida ham qo‘llaniladi.
Prujinali ko‘prik. Qurilmadan, sakrash yoki depsinishda balandlikni olish uchun foydalaniladi. U odatda tayanib sakrashuchun va baland-past qo‘shpoya, parallel qo‘shpoya va yakkacho‘pga sakrab chiqish uchun qo‘llaniladi. Rondat bilan tayanib sakrashlarda straxovka mati ko‘prikka to‘liq yopishishi kerak.
Baland-past qo‘shpoya. Yog‘och qoplamali fiberglasdan past va baland poyalardan tashkil topgan. Poyalar bir-biriga parallel joylashgan, biroq turli balandlikda. Gimnastikachilar bajarilishi va murakkabligidan kelib chiqib baholanadigan, oddiy siltanishlardan boshlanib, to murakkab aylanishlar va uchib o‘tishlargacha elementlarni bajaradilar. Qo‘shimcha dasturda gimnastikachilar ikkala poyalarda mashq bajarishlari va ma’lum miqdorda poyalarni almaytirishlari kerak.chiqish matga sakrab tushish bilan yakunlanadi. Baland-past qo‘shpoya faqat ayollar turnirlaridagina qo‘llaniladi.
Yakkacho‘p. Ayollar turnirlarida qo‘llaniladi. Snaryadning eni 10sm, uzunligi 4,9mni tashkil etadi. Yumshoq zamshli yuzaga ega. Erdan ko‘tarilgan. Gimnastikachilar barcha yo‘nalishlarda va turli balandlikda (yakkacho‘pga yopishib va oyoqlar uchida tik turib) akrobatika, xoreografiya va muvozanat mashqlarini bajaradilar. Chiqish yakkacho‘p oxiridan yoki yonboshidan sakrab tushish bilan yakunlanadi.

Yüklə 113,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin