1- mavzu: gimnastikaning rivojlanish tarixi



Yüklə 113,47 Kb.
səhifə18/39
tarix14.12.2023
ölçüsü113,47 Kb.
#178345
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
portal.guldu.uz-GIMNASTIKANING RIVOJLANISH TARIXI (2)

Qo‘nish uchun mat. Qattiq mat, qo‘nishni yumshoqlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bunday matlarni odatda snaryad ostiga va atrofiga tashlanadi. Qo‘nish uchun matlarning qalinligi 10sm.dan 20sm.gacha bo‘lishi mumkin. E’tibor bering, matlar tavsifi o‘zgarishi mumkin.
Batut. Ramaga prujinalar maxkamlangan, gorizontal to‘rdan tashkil topgan sakrashlar uchun qurilma. To‘r chiqish darajasidan kelib chiqib turli materiallardan tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Uning uzunligi taxminan 4,3m, eni esa 2,1m.ni tashkil qiladi1.
Akrobatika batuti. Qoida bo‘yicha, odatdagidan qattiqroq uzun, tor batut. Akrobatika batuti musobaqalarda qo‘llanilmaydi, biroq turli mashg‘ulotlar va mashqlarni o‘rganayotganlar uchun juda foydali jihoz.
Panelli mat. Viniloplast bilan qoplangan oddiy mat. Eni taxminan 0,5m panelga o‘rab qo‘yish mumkin bo‘lgan qalinligi 2,5sm.dan 5sm.gacha elastik ko‘pik qatlamdan tashkil topgan. Panelli matlar, qo‘nish joyi uchun qo‘shimcha tashlama va bog‘lanishlar va mashqlarga o‘rgatish uchun moslama sifatida ko‘p vazifani bajaradi.
Qo‘shilgan mat. Bitta qirrasi ikkinchisidan yuqorida joylashgan qo‘shilgan yuza bilan mat. Pona shaklidagi gilamcha sifatida ma’lum. Ko‘pincha do‘mbaloq oshishlarni o‘rgatishda gimnastikachilarga yordam berish uchun qo‘llaniladi, boshqa ko‘pgina mashqlarda ham muhim ahamiyatga ega.
Trapetsiya. Trapetsiya shaklida mat yoki bir nechta matlar, odatda yosh va boshlovchi gimnastikachilar bilan tayanib sakrashlarni o‘rgatish uchun stol o‘rniga qo‘llaniladi. Bundan tashqari, murabbiy uchun straxovka paytida pomost sifatida yoki jihoz predmeti sifatida gimnastika zalida boshqa mashg‘ulotlar uchun qo‘llanilishi mumkin.
Stoykalar. Turnik yoki parallel qo‘shpoyalarni aks ettirish (imitatsiya) uchun mo‘ljallangan qurilma. Gorizontal turniklar (to‘sinlar) polga yaqin joylashgan ustunlarga maxkamlanadi. Odatda yosh gimnastikachilar tomonidan yoki yordamchi mashqlar va mashg‘ulotlar uchun qo‘llaniladi.

Yüklə 113,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin