Musobaqalarning dasturi Musobaqalarning vazifasi, qatnashuvchilar jamoasi va o`tkazilish shart-sharoitiga qarab, dasturlar bir-biridan jiddiy farq qilishi mumkin. Masalan: sportchining texnik tayyorgarligini aniqlash va unga biror sport toifasini berish uchun davlat (turlash) dasturi mavjud. Har-xil sport musobaqalari uchun dasturlarni musobaqa o`tkaziladigan tashkilotning o`zi tuzishi mumkin. Bunda musobaqalar osonlashtirilgan dasturli va soddalashtirilgan qoida bo`yicha o`tkaziladi.
Musobaqalar to`g`risidagi nizom Musobaqalar to`g`risidagi nizom uchun o`tkazadigan tashkilot tomonidan tasdiqlangan bo`li bunda qatnashchilarni va musobaqani o`tkazadigan lavozimli shaxslarni tayyorlash bilan bog`liq barcha ishlarni rejalashtiradi. Nizom u yoki bu musobaqani rejalashtirgan tashkilot tomonidan sport tadbirlari jadvali asosida ishlab chiqiladi va musobaqa boshlanishidan 3 oy oldin qatnashuvchi jamoalarga tarqatiladi.
Musobaqa nizomida quyidagilar ko`rsatiladi:
Maqsad va vazifalar.
O`tkazish joyi va vaqti.
Musobaqani boshqarish.
Dastur.
Qatnashuvchilarga ruxsat berish va g`oliblarni aniqlash.
G`oliblarni mukofotlash.
Odatda har bir komandada eng yaxshi natijalar masalan: 6 tadan 5 tasi yoki 8 tadan 7 tasi xisobga olinadi. Bunda ayrim qatnashchilar, komanda o`rtasidagi sport kurashining borishi aniqlanadi. Bu esa musobaqadagi kurashni qizdirib yuboradi.
Musobaqaga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish Bo`ladigan musobaqaga tayyorgarlik ko`rish ishlari, musobaqaning ko`lamidan tashqari qat'iy nazar, uning boshlanishidan ancha ilgari olib borishi kerak. Bunda barcha tadbirlarni 3 bosqichga bo`lish maqsadga muvofiqdir.
Birinchi bosqichda musobaqani muddati, miqyosi, o`tkazilish joyi belgilanadi va uning nizomi tasdiqlanadi, shuningdek, sport qo`mitada bosh xakamlar xay'ati ta'minlanadi va tasdiqlanadi, musobaqani tayyorlash va o`tkazish rejasini ishlab chiqiladi. Rejada quyidagilar nazarda tutiladi:
a) ta'minot masalalari (joy va jixozlarni tayyorlash, musobaqa qatnashchilari va tomoshabinlarni qabul qilish, xizmat ko`rsatuvchi shaxslarni belgilash va xokazo).
b) bosh xakam tomonidan tuziladigan musobaqani o`tkazish rejasi: musobaqaning kunlar bo`yicha jadvali va musobaqa tartibi. Musobaqa jadvali qatnashuvchi komandalarga ilgariroq berib vositalaridir. Ulardan ko`zda tutilgan asosiy maqsad-gavda va harakatlarni boshqarish malakasini takomillashtirishdir. Bundan tashqari bu mashqlar shug`ullanuvchilarni jismoniy tayyorlash uchun ham qo`llaniladi.
Akrobatik mashqlar-akrobatik sakrashlar va statik holatlarni ham o`z ichiga olgan muvozanat saqlash mashqlarini birlashtiradi. Ular turli kontingentlar bilan o`tkaziladigan mashg`ulotlarda kuch, chaqqonlik, epchillikni, reaktsiya tezligi, fazada mo`ljal oshishni rivojlantirish uchun, shuningdek, vestibulyar apparatni mashq qildirish uchun keng qo`llaniladi.
Badiiy gimnastika mashqlari-gimnastika asboblari (arg`amchi, gardish, sharf, cho`qmorlar, va x.k) bilan va gimnastika asboblarisiz ijro etiladigan, shakli jihatidan turlicha tantsa harakteridagi harakatlarning uzviy va berinib ketgan kombinatsiyalardan iborat bo`ladi. Ular muzika jo`rligida ijro etilib, jismoniy kamolot hamda nafislik, erkinlik va jozibadorlikni tarbiyalash vositasi bo`lib xizmat qiladi. Bunday mashqlar kontingenti Xotin-qizlardan iborat mashg`ulotlarda qo`llaniladi.
Gimnastikaning asosiy vositalarini kishining maksimal kamol topishi uchun ko`proq qanday ta'sir ko`rsatishini xisoblagan holda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: