1- mavzu: ijtimoiy psixologiyaga kirish,ijtimoiy psixologiyaning shakillanish tarixi (2 soat) Reja



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə22/44
tarix23.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#134460
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44
1- mavzu ijtimoiy psixologiyaga kirish,ijtimoiy psixologiyaning

Muhokama uchun savollar:
1. Katta ijtimoiy guruhlar psixologiyasi.

2. Etnik guruhlar psixologiyasi.

3. Etnopsixologik tadqiqotlarda qo'llaniladigan metodlar.


MAVZU DAVOMI; KATTA GURUHLAR TURLARI (2SOAT)
Reja:
1. Guruh turlari
2. Katta guruhlar psixologiyasiga xos xususiyatlar
3. Ommaviy sotsial jarayonlar va xarakatlar psixologiyasi
Tayanch tushunchalar: Guruh klassifikatsiyasi, katta guruh, gruh a’zolari, jamoadagi moslik
Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o'ziga xos qonuniyatlarga bo'ysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni boshqarish va ana shu guruhlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir.
Guruhlarning turlari ko'p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha klassifikasiya qiladilar. V.M.Karimovaning "Ijtimoiy psixologiya asoslari" o'quv qo'llanmasida guruhlarning asosiy turlari keltirilgan. Guruhlar avvalo shartli va Real guruhlarga bo'linadi.
Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarda to'plangan laboratoriya tipidagi hamda tabiiy guruhlarga bo'linadi. Konkret faoliyat va odamlarning tabiiy ehtiyojlari asosida tashkil bo'ladigan bunday tabiiy guruhlarning o'zi kishilarning soniga qarab katta, kichik guruhlarga bo'linadi. Katta guruhlar uni tashkil etuvchilarning maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlarnga qarab uyushgan va uyushmagan turlarga, kichiklari esa o'z navbatida, endi shakllanayotgan - diffuz hamda taraqqiyotning yuksak pog'onasiga ko'tarila olgan jamoa turlariga bo'linadi. Guruhlarning ijtimoiy psixologiya uchun ayniqsa, muhim hisoblangan turlariga ta'rif berish va ularning psixo­logik qonuniyatlarini o'rganishni maqsad qilib qo'ygan holda, bevosita katta guruhlarning ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarini o'rganishga o'tamiz.
Katta guruhlar psixologiyasiga xos xususiyatlar
Katta guruhlar kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni ko'pchilikni tashkil etib, ma'lum sinfiy, ilmiy, irqiy, professional belgilar ularning shu guruhga mansubligini ta'minlaydi. Katta guruhlarni tashkil etuvchilar ko'p sonli bo'lganligi va ular xulq-atvorini belgilovchi mexanizmlarning o'ziga xosligi tufayli bo'lsa kerak, ijtimoiy psixologiyada olimlar ko'pincha kichik guruhlarda ish olib borishni afzal ko'radilar. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siyosiy-mafkuraviy ahamiyatga ega. Bu sohadagi tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib o'tilganidek ko'pchilikni qamrab olishda qiyinchiliklar bo'lsa, ikkinchi tomondan, katta guruhlar psixologiyasini o'rganishga qaratilgan metodik ishlar zahirasining kamligidir. Masalan, ishchilar yoki ziyolilar sinfi psixologiyasi o'rganilishi kerak deylik, avvalo o'sha ishchilarning soni ko'p, qolaversa, ishchilarning o'zi turli ishlab chiqarish sharoitlarida ishlayotgan, turli iqlim sharoitlarida yashayotgan turli millatga mansub kishilardir. Ularning barchasini qamrab oladigan yagona ishonchli usulni topish masalasi juda jiddiy muammo bo'lganligi uchun ham har bir katta guruhga taalluqli bo'lgan asosiy, etakchi sifatni topish va shu asosda uning psixo­logiyasini o'rganish hozircha ijtimoiy-psixologiyadagi asosiy metodologik yo'llanma bo'lib kelmoqda.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin