1- mavzu ijtimoiy psixologiyaga kirish,ijtimoiy psixologiyaning
Qolaversa, katta guruhlar jamiyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida shakllangan guruhlar bo'lgani uchun ham har qanday guruhni o'rganishdan oldin, xoh bu sinflar bo'lsin, xoh millatlar yoki xalqlar psixologiyasi bo'lsin, uning hayot tarzi, unga xos bo'lgan odatlar, udumlar, an'analar o'rganiladi. Ijtimoiy-psixologik ma'noda, hayot tarzini o'rganish deganda, u yoki bu guruhga taalluqli bo'lgan kishilar o'rtasida amalga oshiriladigan muloqot tiplari, o'zaro munosabatlarda ustun bo'lgan psixologik omillar, qiziqishlar, qadriyatlar, ehtiyojlar va boshqalar nazarda tutiladi. Ana shularning umumiyligi tufayli har bir shaxsda, ya'ni u yoki bu katta guruhga mansub bo'lgan shaxsda tipik xislatlar shakllanadi. Masalan, 90 - yillar yoshlariga xos bo'lgan tipik sifatlar ana shu yoshlar o'rtasida keng tarqalgan urf-odatlar, moda, so'zlashish xususiyatlari, qadriyatlar, qiziqishlar va hokazolar tufayli shakllanadi. Shuning uchun ham 20 yoshli kishining psixologiyasini to'liq ravishda o'rganish uchun undagi bilish jarayonlarining o'ziga xosligi, shaxsi, xarakteri va boshqa individual psixologik xususiyatlaridan tashqari, yana unga o'xshash yoshlarda ustun bo'lgan psixologik xislatlarning qanchalik namoyon bo'lishini, u mansub bo'lgan va asosan vaqtini o'tkazadigan guruhlar psixologiyasini, milliy sifatlarini ham nazarda tutish va ularni o'rganish zarur. Bu degani, har bir shaxs ongida uning yakka, alohida orttirgan shaxsiy tajribasiga alokador psixologik tizimlardan tashqari, uning qaysi millatga, elat, sinfga mansubligidan singdirilgan psixologik tizimlar ham mavjuddir va uni ilmiy tadqiqotchi inkor etmasligi kerak
Jamoadagi moslik. Shaxs boshqa kishilar bilan munosabatga kirishar ekan, u o`zining fe`l - atvori va xatti -harakatlarini boshqalarning xatti - harakatlari bilan uyg`unlashtirib olib borishi, ya`ni har bir shaxs jamoa a`zolari bilan sig`ishishi kerak. Buning uchun shaxs boshqa a`zolarni chuqur o`rganishi lozim. Jamoadagi shaxslararo munosabatlarni, ya`ni shaxslarning bir - birlariga yordam berishlarini, do`stlashishi, janjallashishi, yarashishlarini o`rganib chiqish kerak bo`ladi. Jamoadagi munosabatlarni o`rganish rahbarlik qilish imkoniyatini tug`diradi. Shaxs jamoada boshqalarga mos keladigan bo`lsa, uning xulq - atvori va harakatlari boshqalarda ijobiy reaktsiya tug`diradi. Psixologik jihatdan sig`ishmaydigan bo`lsa, uning fe`l - atvori, harakatlari boshqalarda salbiy reaktsiya tug`diradi. Psixologik jihatdan sig`ishmaydigan kishilar jamoada uzoq vaqt qololmaydilar. Shaxsning jamoa bilan moslasha olmasligiga bir necha sabablar bo`lishi mumkin. Masalan: yagona bir maqsadning bo`lmasligi, shaxsda salbiy xislatlarning bo`lishi, takabburlik, ezmalik, o`zini tuta olmaslik kabilar. Guruh ongi bilan guruhiy moslik bir - biri bilan bog`liq tushunchalardir. Jamoa va guruhiy moslik fiziologik, psixologik bo`lishi mumkin. Masalan, jismoniy jihatdan zaif bo`lgan yigit bilan sog`lom, kuchli yigitga bir xil ish topshirilsa ularda fiziologik nomoslik kuzatiladi. Yoshi turli xil shaxslarda bir xil masala echish topshirilsa psixologik jihatdan nomoslikni keltirib chiqaradi.