2. Ong va faoliyat birligi prinsipi.
3. Psixikani faoliyatda taraqqiyo etish prinsipi kiradi.
Yordamchi prinsiplarga esa
tarixiylik prinsipi, nazariya va amaliyot birligi
prinsipi, monizm prinsipi va hokazolar kiradi.
Determinizm nima Determinizm so'zi sabab va oqibatning o'zaro birligini
ifodalaydi. Bu prinsipga ko'ra sababsiz oqibat bo'lmaydi. Determinizm prinsipiga
ko'ra psixika taraqqiyoti individning yashash muhiti bilan belgilanadi, ya'ni muhit
o'zgarishi bilan psixika ham o'zgaradi. Masalan: qishloqda yaxshi dars o'ta
olmaydigan qoloq bir maktabning o'quvchisi bilan shaharda maxsus chuqur ta'lim
beriladigan lisey o'quvchisi tafakkuri o'rtasida farq bo'lishi tabiiy. Farqning sababi
mavjud. Sababi muhit, shart-sharoitdir.
Agar muhit o'rtasidagi farq qanchalik kam bo'lsa, psixik xususiyatlarning
rivojlanishi va shakllanishida ham farq kam bo'ladi. Aksincha esa farq katta
bo'ladi.
Determinizm prinsipi nima uchun prinsip sifatida qabul qilinganq Psixologik
voqeliklarni tadqiq etishda, ularni baholashda va rivojlantirishda determinizm
prinsipiga amal qilinadi.
Ong va faoliyat birligi prinsipi. Bu prinsipga ko'ra ong va faoliyat o'zaro
uzviy bog'liq hodisa hisoblanadi. Ya'ni biri ikkinchisini taqozo etadi. Mashhur rus
psixologi Sergey Leonidovich Rubenshteyn psixologiyada ong va faoliyat birligi
prinsipining asoschisi hisoblanadi. Dastlab bolada ongning shakllanishi uchun
tug'ma imokniyatlar mavjud bo'ladi. Ammo uning shakllanishi bevosita
faoliyatning shakllanishi bilan tarkib topadi. Ayni vaqtda faoliyat ongning
shakllanishi va rivojlanishining negizi, o'z mohiyati manbai bo'lib xizmat qiladi.
Ongsiz faoliyat bo'lmaydi, faoliyatsiz ong bo'lmaydi.
Psixikani faoliyatda taraqqiy etish prinsipi. Bu prinsipga ko'ra inson shaxsi
va uning psixologik xususiyatlari faoliyatda taraqqiy etadi. Bu prisipning
asoschisi
psixologiyada
faolyait
nazariyasining
asoschisi
hisoblangan
A.N.Leontyevdir. Leontyev o'zining «Psixika taraqqiyoti muammolari» nomli
asarida quyidagi fikrni keltirgan: «Inson shaxsi va ongi faoliyatda shakllanadi,
faoliyatd taraqqiy etadi va aynan shu faoliyatda namoyon bo'ladi».
Shu prinsiplarga asoslanib psixologik qonuniyatlar amalga oshiriladi va tegishli
xulosalar chiqariladi.
Tarixiylik prinsipi. Psixologiyada biror voqelikni tadqiq etishni uning ayni
paytgacha o'rganilish tarixi, jarayoni, ijobiy va salbiy jihatlari inobatga olinadi
hamda tadqiqotchi tomonidan avval o'rganilmagan jihatlari yangilik sifatida kashf
etiladi. Bu prinsipga asosan ilmiy tadqiqiy ishlarni amalga oshirishda
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: