1 – Mavzu: Kasb psixologiyasining predmeti (2 soat) Reja



Yüklə 205,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix30.09.2022
ölçüsü205,48 Kb.
#64388
  1   2   3   4
1-маър



1 – Mavzu: Kasb psixologiyasining predmeti 
(2 soat) 
Reja : 
1. 
Kasb psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
2. 
Kasb psixologiyasi fanining shakllanish tarixi.
3. 
Kasb psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog`liqligi.
4. 
O`quv fanlari tizimida kasb psixologiyasi.


Tayanch iboralar: Kasb psixologiyasi, rux, aks ettirish, psixika, Aristotel, 
refleks, emperizm, sensualizm, faktlar, jarayonlar, individual xususiyatlar, 
vazifalar, psixik holatlar. prinsip, determinizm, ong, faoliyat, amaliyot, nazariya, 
soha, ijtimoiy psixologiya, psixika, tadqiqot, psixik taraqqiyot, ijtimoiy borliq.  
Kasbiy psixologiya ilmiy-amaliy fan bo’lib, umumiy psixologiyaning 
qonuniyatlarini o’rganadi va bu fanni samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar 
ishlab chiqadi. Kasbiy psixologiya fani kasb doirasidagi munosabatlar, 
odamlarning 
psixik 
faoliyatini 
huquqiy 
boshqarish 
mexanizmlari 
va 
qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir. Bunda guvohlar, xolislar, jabrlanuvchi, 
gumonla- nuvchilarning ko’rsatmalari hamda so’roq olib borishning psixologik 
asoslarini o’rganish maqsad qilib qo’yilgan.
Kasbiy psixologiya fanining maqsadi - kasb xodimlari faoliyatining 
taraqqiyot qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan o’zaro munosabatlar 
jarayonida psixologik bilimlardan foydalana olish ko’nikma va malakalarini 
shakllantirishdan iboratdir. Shu ma’noda, kasbiy psixologiya fanining 
metodologik asosini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari, faylasuf-
allomalarning psixologiya faniga oid g’oya va nazariyalari hamda hukumat 
qonunlari, IIVning buyruq va ko’rsatmalari tashkil etadi.
Psixologiya, falsafadek juda qadimiy fanlardandir va juda boy tarixga 
egadir.Pisxologiya dastlab falsafa doirasida faoliyat ko'rsatgan. Psixologiya juda 
uzoq 
tarixga 
ega. 
Dastlabki 
psixologik 
tasavvurlar 
Qadimgi 
Sharq 
mamlakatlarida, Xitoy, Hindiston, Misr kabi mamlakatlarda vujudga kelgan. 
Psixologik tasavvurlarning vujudga kelishida odamlar o'rtasida farqlarning 
mavjud ekanligi, ammo bu farqlarning sabablari aniq bo'lmaganligi bilan bog'liq. 
Psixologiya 
lotincha 
psyuxe"-ruh, 
"logos"-fan, 
ta'Iimot 
degan 
so'zlardanoiinganbo'iib, psixologiya fani inson ruhi haqidagi ta'limotdir. 
Boshqacha qilib aytgandapsixologiya ruhshunoslik,insonshunoslik haqidagi 
fandir. 
Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga 
kirishar ekan, u o’zining bosiq yoki qiziqqon, beparvo yoki qiziquvchan
mehribon yoki bag’ritosh, jahldor yoki bosiq va hokazolardan iborat ichki va 
tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. Bu ruhiy holatlar ongli va ongsiz tarzda 
namoyon bo’ladi. Ana shu holatlar- ning barchasi insonning psixikasini tashkil 
qiladi.
Inson psixikasi moddiy va ma’naviy borliqdagi narsa va hodisalarni jonli 
in’ikos etuvchi murakkab jarayon bo’lib, u insoniyatning uzoq davom etgan 
fiziologik rivoji uyg’unligining mahsuli hisoblanadi


Psixika - yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi 
(xususiyati), subyekt tomonidan obyektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq 
manzaralarini subyekt o’zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o’z 
xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o’tmishning, hozirgi davr va 
kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan
1
. Psixikaning asosiy 
vazifalari - aks ettirish - faoliyat va xatti-harakatlarni boshqarishdir.
Uning namoyon bo’lish shakllari va ularning o’zaro bog’liqligi psixik 
(bilish) jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq va diqqat), 
psixologik holatlar (hissiyot, emotsiya, e’tiqodlilik, bardamlik, tetiklik, 
qiziquvchanlik, 
hayratlanish, 
ishonchlilik, 
ijodiy 
ruhlanish), 
shaxsning 
xususiyatlari (yo’nalishlar, temperament, xarakter, qobiliyat, iqtidor, aqliy 
salohiyat, xulq motivatsiyasi, ish uslubi, mas’uliyat)da kuzatiladi.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, kasbiy psixologiya kasb psixologiya 
tarkibida yuzaga kelgan bo’lib, aniq faoliyat, ya’ni ichki ishlar idoralari 
faoliyatidagi 
psixologik 
jihatlarning 
muhim 
tomonlarini 
o’rganishga 
bag’ishlangan fan hisoblanadi.
Kishining psixikasi haqidagi ta'limotni birinchi marta Aristotel (eramizdan 
avvalgi 384-322 yillar) «Ruh haqida» degan kitobida bayon qilgan. Shu sababli 
Aristotel alohida fan bo'lgan psixologiyaga asos solgan olim yoki psixologiya 
fanining «otasi» deb hisoblanadi. U bir qancha asarlar yozib, ularda psixologiya 
masalalari bo'yicha o'z qarashlarini bayon qiladi. Aristotel ruh tan bilan uzviy 
bog'langan, deb hisoblaydi. «Ruh-deydi u-o'z taiatiga ko'ra hukmron asosdir, tana 
esa tobe narsadir». Aristoteldan keyin Demokrit, undan keyin Epikur (342-271 
yillar), Rim shoiri va faylasufi Lukresiy Karr (99-95 yillar) psixologiya fanining 
rivojlanishiga o'z nazariyalari bilan hissa qo'shdilar. Lukresiy psixik hodisalarning 
tanaga bog'liqligini tajribada asoslab berdi.
O’rta asrlardan fransuz tabiatshunos olimi R.Dekart nomini tilga olmaslik 
mumkin emas. Chunki bu olimning nomi bilan keyinchalik fiziologiyada va
Psixologiyada ko'p ishlatiladigan refleks tushunchasi bog’liqdir. R.Dekart o'z 
zamonasida 
birinchimarta 
refleks 
tushunchasini 
odam 
hatti-harakatini 
tushintirishda ishlatdi va harakatlarnitashqi muhit ta'siri ostida ro'yobga kelishini 
refleks mexanizmi deb tushuntiradi. Lekin R.Dekart odam faoliyatini 
to'g'ridanto'g'ri jonsiz mexanizm, mashina sifatida tasavvur qiladi, odam ruhining 
bu xattiharakatlarga biron bir aloqasi bolishi mumkinligini butkul rad etadi. Ya ni 
refleks tushunchasi uning risolalarida juda tor manoda, faqat fizik aks ettirish 
ma'nosida qabul qilingan. Lekin shunga qaramay, bizning zamonga kelib, 
R.Dekart ta'limoti mexanikligi uchun em'as, balkim materialistic dunyo qarashdan 
kelib chiqayotganligi uchun refleks tushunchasi qaytadan tahlil qilingan holda 
qabul qilindi.
Psixologiya fanining rivojlanishida CH.Darvinning evolyusion nazariyasi 
nihoyatda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Vilgelm Vund 1879 yili Leypsigda birinchi 
eksperimental psixologiya amaliysini tashkil qildi. Oradan ko'p o'tmay, 1881 yili 
Berlin universiteti qoshida eksperimental psixologiya instituti tashkil qildi. XIX 
asrning oxirida Rossiyada Tokarskiy, Bexterev, Langerlar, 1911 Chelpanov 
rahbarligida eksperimental psixologiya amaliysi ochildi. XIX asrning oxirlaridan 


boshlab, psixologiyaning boshqa sohalri: hayvonlar psixologiyasi, tarixiy 
psixologiya, yoshga aloqador kishilar psixologiyasi maydonga keldi.
Eng muhimi-XX asrga kelib, psixologiyaning tatbiqiy sohalari paydo 
bo'ldiki, endi qo'lga kiritilgan yutuqlar bevosita ta'lim, tarbiya, sanoat, biznes, 
marketing xizmatlari, boshqaruv, sog'liqni saqlash, huquqbuzarlikning oldini olish 
sohalariga dadil joriy etila boshladi. XXI asrning birinchi yiliga kelib, psixologiya 
nazariy, tahliliy fandan bevosita amaliyotning ehtiyojlarini qondiruvchi tadbiqiy 
fanga aylandi.
Biz sobiq sho’rolar davrida tabiatni birlamchi, ruhni ikkilamchi deb o'rganar 
edik, birinchi o'ringa borliqni, ikkinchi o'ringa tafakkurni qo'yar edik.
Sharq mutafakkirlari ma'naviy hayot jamiyat taraqqiyotini, kishilar faoliyatini 
belgilaydi,deb ta'lim beradilar. Shu bilan birga ular ijtimoiy hayot va ijtimoiy ong 
o'rtasidagimunosabatlar murakkab ekanligini ta’kidlaydilar,ijtimoiy ong ijtimoiy 
borliq bilan davlat, huquq, siyosat va boshqa shu kabilar bilan bog'liq ekanligini 
uqtiradilar.
Psixologiya fanini rivojlantirish sohasida Sharq mutafakkirlaridan Abu Nasr 
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino,Abu HomidMuhammad G'azzoliy 
kabilar katta hissa qo'shganlar. Mustaqil O'zbekiston Respublikasida milliy 
psixologiya fanini rivojlantirish uchunpsixolog olimlarimizdan I.P.Ivanov, 
E.G.G'oziyev, M.G.Davletshin, V.A.Tokoreva, B.R.Qodirov,G.B.Shoumarov, 
E.Z.Usmonova, S.A.Axunjonova, R.l.Sunnatovlar ham munosib hissa qo'shib 
keldilar va qo’shmoqdalar.
Har bir fanning o'z predmeti bo'lgani kabi, psixologiya ham o'z predmetiga ega. 
Ammo psixologiya o'rganadigan voqelik boshqa fanlardagidan tubdan farq qiladi. 
Chunki uning predmetini ko'z bilan ko'rib, ushlab yoki bevosita o'lchab bo'lmaydi. 
Ularni fikr yuritish, tasavvur qilish, his qilish orqaligina bilib olish mumkin. 
Psixologiya predmetiga quyidagi ta'rif berish mumkin:

Yüklə 205,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin