Nazariya va amaliyot birligi prinsipi. Nazariyada yaratilgan kashfiyotlar,
tadqiqotlar amaliyotda joriy etilishi va aksincha amaliyotda tekshirilgan,
kuzatilgan hodisalarni nazariy jihatdan asoslashni taqozo etadi.
Monizm prinsipi. Biror bir voqelikni tadqiq etishda alohida shaxsga taalluqli
jihatlarni asos qilib olish va shu asosda xulosalar chiqarishni nazarda tutadi.
Monizm so'zi bitta alohida ma'nosini anglatadi.
Psixologiyaning sohalari.Psixologiya fani ijtimoiy hayotning barcha
sohalarida amal qiladi. Chunki qayerda inson faoliyat ko'rsatar ekan, o'sha yerda
inson ruhiyati bilan bog'liq muammolar yuzaga chiqadi. Hozirgi kunda
psixologiyaning 70 dan ziyod sohalari faoliyat ko'rsatmoqda. Masalan: umumiy
psixologiya, medisina psixologiyasi, sport, muhandislik, oila, harbiy, yuridik,
aviasiya, kosmik, yosh davrlar psixologiyasi, pedagogik, etnopsixologiya,
differensial psixologiya va hokazolar.
Umumiy psixologiya-psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning
o'ziga xos jihatlarini o'rganadigan maxsus soha; pedagogik psixologiya-kishiga
ta'lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o'rganishni o'z predmeti
deb biladi; yosh davrlar psixologiyasi-turli yoshdagi odamlarning tug'ilgandan to
umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va
o'zaro munosbatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o'zgarishi
tamoyillarini
o'rganadi;
ijtimoiy
psixologiya-odamlarning
jamiyatdagi
birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo'ladigan tasavvurlar, fikrlar,
e'tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o'rganadi; mehnat psixologiyasi-
kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda
tashkil etishning psixologik jihatlarini, qonuniyatlarini o'rganadi; muhandislik
psixologiyasi-avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari operatorining faoliyatini,
odam-texnika o'rtasida funksiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning
xususiyat-larini o'rganadi; yuridik psixologiya-xuquq sistemasining amal qilishi
bilan bog'liq masalalarning psixologik asoslarini o'rganadi; harbiy psixologiya -
kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon bo'ladigan xulq-atvorini, zobitlar
bilanoddiy askarlar o'rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini o'rganadi;
savdo psixologiyasi-jamiyatda tijoratning psixologik shart-sharoitlari, extiyojning
individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat ko'rsatishning
psixologik omillarini aniqlaydi. Bu sohadan ajrab chiqqan, modalar psixologiyasi
inson didi va uning xulqda aks etishi kabi qator masalalarni o'rganadi; tibbiyot
psixologiyasi-shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq-atvorining psixologik
jihatlarini o'rganadi.
Har bir soha o'zining o'rganish predmetiga, vazifalariga, maqsadiga va
metodlariga ega.
Kasb psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Psixologiya yaxlit
va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga
xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo'nalishdagi muammolarni
ma'lum ma'noda o'rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqozo etadi.
Bular birinchi navbatdagi ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo'lib, psixologiyaning
ular orasidagi mavqei o'ziga xos va yetakchidir.
Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy
falsafa qismi bilan bo'lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti
mohiyatini to'la anglash, rivojlanish tendensiyalarini belgilashdagi o'rni va
ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga
oid bo'lgan umumiy qonuniyatlar va prinsiplarni psixologiya falsafa bazasidan
oladiva shu bilan birga o'zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi
yutuqlari bilan falsafani boy ma'lumotlarga ega bo'lishiga yordam beradi. Shuni
alohida ta'kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongning shakllanishiga
taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlashda ham yurtimiz sharoitida bu ikkala
fan-falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog'liqlik
avvalo yangicha tafakkur va dunyoarashni shakllantiri muammosi ko'ndalang
turgan tarixiy davrda milliy mafkura va milliy g'oyani shakllantirish kabit dolzarb
vazifani bajarishda xizmat qilmoqda.
Sosiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o'z
taraqqiyotining muhim bosqichiga o'tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan
yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko'lami kengayishiga baholi qudrat
xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan,
bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy
psixologiyaning sosiologiya bilan aloqasi uzviy bo'lib, ular jamiyatda ijtimoiy
taraqqiyot va progressni ta'minlash ishiga xitzmat qiladi. Qolaversa, huquqiy,
demokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan
O'zbekiston aholisining xuquqiy madaniyatini va demokratik o'zgarishlarga
psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta'minlash, bu sohada muntazam tarzda
ijtimoiy fikr va insonlar dunyoqarashlaridagi o'zgarishlarni o'z vaqtida o'rganish,
bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fanlar
metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi.
Pedagogika bilan psixologiyaning o'zaro hamkorligi va aloqasi an'anaviy
hamla azaliy bo'lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga
oshirishdagi roli va nufuzi o'ziga xosdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan
yangi «Ta'lim to'g'risidagi Qonun» hamda «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi»ni
amalga oshirish ham ikki fan hamkorligi va o'zaro aloqasini har qachongidan ham
dolzarb qilib qo'ydi. Milliy dasturda e'tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni
kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo'lib yetishishi, barkamolligini
kafolotlovchi shart-sharoitlar orasida yangi pedagogik texnologiyalarini ta'lim va
tarbiya jarayonlariga tadbiq etishda pedagogikaning o'z uslub va qoidalari yetarli
bo'lmaydi. Shuning uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod
ongining ta'lim olish davrlaridagi rivojlanish tendensiyalaridan tortib, toki
yangicha o'qitish texnologiyalarini bola tomonidan o'zlashtirilishi va undagi aqliy
hamda intelektual qobiliyatlarga nechog'lik ta'sir ko'rsatayotganligini o'rganish
asosida ta'lim-tarbiya ishini tashkil etish psixologiyadagi metodlarni didaktik
metodlar bilan uyg'ynlashtirishni taqozo etadi. Tabiiy fanlar: biologiya,
fiziologiya, ximiya, fizika va b.q. psixik xodisalar va jarayonlarning tabiiy
fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi
qonuniyatlarini ob'yektiv o'rganish uchun material beradi. Ayniqsa, bosh
miyaning hamda markaziy asab sistemasining psixik faoliyatlarini boshqarishda
va ularni muvofiqlashtirishdagi rolini e'tirof etgan holda psixologiya fani taibiiy
fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot uslublaridan omilkorona
foydalanadi.
Kibernetika fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham
ahamiyat va zurur bo'lib, u inson shaxsining o'z-o'zini boshqarish, psixik
jarayonlarni takomillashtirish borasia axborotlar texnologiyasi va kibernetika
tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o'z
o'rnida foydalanadi.
Texnika fanlari bilan psixologiyaning o'zaro aloqasi va hamkorligi ayniqsa,
asr oxiriga kelib yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan murakkab texnikani
boshqaruvchi inson ongi muammosini yechishda, ikkinchi tomondan, psixik
hayotning murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish
zarurati bu ikki yo'nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi.
Iqtisodiyot bilan psixologiyaning o'zaro aloqasi va hamkorligi ham yangilik
bo'lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tish sharoitida
iqtisodiy ong hamda iqtisodiy xulqning o'ziga xos namoyon bo'lish
qonuniyatlarini o'rganishda ikkala fan teg xizmat qiladi.
Yuqorida ta'kdlangan fan tarmoqlari psixologiyada bevosita uzviy aloqada
rivojlanadigan fanlarning asosiy qismi xolos. Bugungi kunda har bir fan rivoji
uchun inson omilini hisobga olish zarur ekan, psixologiya o'sha barcha fanlar
bilan aloqada va hamkorlikda rivojlanadi. Bu tibbiyot, qishloq xo'jaligi, kimyo va
oziqovqat ishlab chiqarish sanoati, huquq va madaniyatshunoslik kabi o'nlab fan
sohalaridir.
Dostları ilə paylaş: |