1- mavzu: Kiberxavfsizlik funksiyalari va vazifalari. Kiberxavfsizlik siyosati. Kiberjinoyatchilik, kiberhuquq va kiberetika Konfidentsiallik, yaxlitlik va foydalanuvchanlik tushunchalari


 Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix16.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#113708
1   2   3   4   5   6
KHKE

1.1.1. Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari 
 
Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoyalash va axborot 
xavfsizligiga tegishli bo’lgan ayrim tushunchalar bilan tanishib chiqaylik. 
Kiberxavfsizlik hozirda yangi kirib kelgan tushunchalardan biri bo’lib, unga 
berilgan turlicha ta’riflar mavjud. Xususan, CSEC2017 Joint Task Force manbasida 
kiberxavfsizlikka quyidagicha ta’rif berilgan [1]: kiberxavfsizlik – hisoblashlarga 
asoslangan bilim sohasi bo’lib, buzg’unchilar mavjud bo’lgan sharoitda amallarni 
to’g’ri bajarilishini kafolatlash uchun o’zida texnologiya, inson, axborot va 
jarayonlarni mujassamlashtiradi. U xavfsiz kompyuter tizimlarini yaratish, amalga 
oshirish, tahlillash va testlashni o’z ichiga oladi. Kiberxavfsizlik ta’limning 
mujassamlashgan bilim sohasi bo’lib, qonuniy jihatlarni, siyosatni, inson omilini, 
etika va risklarni boshqarishni o’z ichiga oladi. 
Tarmoqlar 
sohasida 
faoliyat 
yuritayotgan 
Cisco 
tashkiloti 
esa 
kiberxavfsizlikka quyidagicha ta’rif bergan [2]: Kiberxavfsizlik – tizim, tarmoq va 
dasturlarni raqamli hujumlardan himoyalash amaliyoti. Ushbu kiberxujumlar 
odatda maxfiy axborotni boshqarish, almashtirish yoki yo’q qilishni
foydalanuvchilardan pul undirishni; normal ish faoliyatini buzishni maqsad qiladi. 
Hozirgi kunda samarali kiberxavfsizlik choralarini amalga oshirish insonlarga 
qaraganda qurilmalar soni va turlarining kattaligi va buzg’unchilar salohiyatini 
ortishi natijasida amaliy tomondan murakkablashib bormoqda. 
Kiberxavfsizlik bilim sohasining zaruriyati birinchi meynfreym kompyuterlar 
ishlab chiqarilgandan boshlab paydo bo’la boshlagan. Bunda mazkur qurilmalarni 
va ularning vazifalari himoyasi uchun ko’p qatlamli xavfsizlik choralari amalga 
oshirilgan. Milliy xavfsizlikni ta’minlash zaruriyatini oshib borishi kompleks va 


texnologik murakkab ishonchli xavfsizlik choralarini paydo bo’lishiga olib keldi. 
Hozirgi kunda axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan har bir 
mutaxassisdan kiberxavfsizlikning fundamental bilimlariga ega bo’lishi talab etiladi. 
Demak, kiberxavfsizlik fani sohasining tuzilishini quyidagicha tasvirlash mumkin (2-
rasm). 
2– rasm. Kiberxavfsizlik fani sohasining tuzilishi 
 
Kiberxavfsizlikni fundamental atamalarini aniqlashga turli yondashuvlar 
mavjud. Xususan, CSEC2017 JTF manbasida mualliflar kiberxavfsizlikni quyidagi 
6 atamasi keltirishgan [1]: 
Konfidensiallik – axborot yoki uni eltuvchining shunday holati bo’lib, undan 
ruxsatsiz tanishishning yoki nusxalashning oldi olingan bo’ladi. Konfidensiallik 
axborotni ruxsatsiz “o’qish”dan himoyalash bilan shug’ullanadi. AOB ssenariysida 
Bob uchun konfidensiallik juda muhim. Ya’ni, Bob o’z balansida qancha pul 
borligini Tridi bilishini istamaydi. Shu sababli Bob uchun balans xususidagi 
ma’lumotlarning konfidensialligini ta’minlash muhim hisoblanadi. 
Risklarni 
boshqarish 
Inson omili 
Etika 
Siyosat 
Huquq 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin