darajasiga ega protokoldan foydalanilganda ham foydalanuvchining noto’g’ri
harakati sababli xavfsizlik buzilishi mumkin [13]. Endi parolga asoslangan
autentifikasiya usulini ko’rib chiqaylik. Odatda foydalanuvchilar esda saqlash oson
bo’lgan parollardan foydalanishga harakat qiladilar. Biroq, bunday yo’l
tutish
buzg’unchi uchun parollarni taxminlab topish imkoniyatini oshiradi. Boshqa
tomondan esa, murakkab parollardan foydalanish va
ularni turli eltuvchilarda
saqlash (masalan, qog’ozda qayd etish) esa, ushbu muammoni yanada oshirib
yuboradi.
Bu misollar inson omil tufayli turli joylar
va holatlarda xavfsizlik
muammolari kelib chiqishi mumkinligini ko’rsatadi. Inson omili tufayli yuzaga
keladigan xavfsizlik muammolariga ko’plab misollar keltirish mumkin. Biroq,
keltirilgan holatlardagi
eng muhim jixat shundaki, xavfsizlik nuqtai nazaridan
“tenglamadan” inson omilini olib tashlash zarur. Boshqacha aytganda, inson omili
ishtirok etmagan tizimlar ishtirok etgan tizimlarga nisbatan xavfsizroq bo’ladi.
4-rasm. SSL protokolidagi xavfsizlik ogohlantirishi