1- mavzu: Kirish. Anatоmiya, fanining rivojlanish tarixi. Hissa qo’shgan olimlar va o’rganish usullari. Reja



Yüklə 125,12 Kb.
səhifə17/22
tarix26.09.2023
ölçüsü125,12 Kb.
#148903
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
1- mavzu Kirish. Anatоmiya, fanining rivojlanish tarixi. Hissa


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1.Ahmedov N.K.. “Normal va patologik anatomiya bilan fiziologiya”. 2004-yil.


2.Ahmedov N.K. “Odam anatomiyasi atlasi” I , II jild. 1996-yil
3.Ahmedov A., Ziyamitdinova G. “Anatomiya,fiziologiya va patologiya’’ 2012-yil.
4.Eyngorn A.G. “Patologik anatomiya va patolagik fiziologiya’’ 1984-yil.
5.Vorobyova V.A “Anatomiya va fiziologiya”1987-yil.

10-MAVZU: Pulmonologiya. Nafas a’zolari tizimi. Nafas jarayoning organizm uchun ahamiyati. Nafas a’zolari tizimiga kiruvchi a’zolarni tuzilishi, joylashishi.


REJA:



  1. Nafas olish tizimi a’zolarining tuzilishi.

  2. Burun bo'shlig'ini buzilishi va vazifasi.

  3. Xiqildoq va kekirdakni tuzilishi va vazifasi.

  4. Bronxlarning tuzilishi va vazifasi.

  5. O'pka to'qimasining tuzilishi.

  6. O'pkaning chegaralari.

  7. O'pkaning tiriklik sig'imi.

  8. Plevra varaqlarining tuzilishi.



Odam va quruqlikda yashovchi hayvonlar havo tarkibidagi kislorodlarni nafas a'zolari orqali yutadi. Odamda nafas a'zolari burun bo'shlig`i, hiqildoq, traxeya (kekirdak), bronx va o'pkalardan iborat Bular, odatda, kislorodni o'pka alveolalariga yetkazib beruvchi havo yo'li hisoblanadi. Klinika sharoitida burun bo'shlig'i, burun va hiqildoq yuqori nafas yo'li deb atalsa, kekirdak va bronxlar pastki nafas yo'li deyiladi.
Nafas a'zolari toq kurtak shaklida embrion taraqqiyotining uchinchi haftalarida birlamchi ichak nayidan ajraladi. Keyinchalik toq kurtakning uchi ikkita o'pka kurtagiga ajraladi. Embrionning bir oylik davridan boshlab, hiqildoq rivojlanadi va balog'atga yetguncha davom etadi. Rivojlanayotgan o'pka kurtagining chap, tomondagisi ikkita bo'lakka, o'ng tomondagi o'pka kurtagi esa uchta bo'lakka bo'linadi. Bir xildagi bo'linish davom etib, bronx daraxti va atsinusni vujudga keltiradi. Bronxlar bola tug'ilgach mustaqil nafas olgandan so'ng ocxilib, havo bilan to'ladi. Tug'ilgan zahoti bir marta bo'lsa ham nafas olgan chaqaloq o'pkasi cho'kmaydi. Embrion (homila) o'pkasida havo bo'lmaganligidan u suvga solinganda cho'kadi. Go'daklarning burun bo'shlig'i va hiqildog'i qisqa va tor bo'ladi. Shuning. uehun ular tez shamollashga moyil bo'ladi. O'pkaning rivojianish davri odamlarda balog'atga yet­guncha (16-18 yoshgacha) davom etadi.Chaqaloqda o'pkadagi alveolalar va mayda bronxlar hali kam bo'lgani uchun bir minutda 40-60, hatto undan ko'p nafas oladi. 2-5 yoshli bolalar minutiga 25-30 martacha, katta yoshdagi odamlar esa 16—18 martagina nafas oladi.
Burun bo'shlig'i (cavum nasi) nafas yo'lining boshlanish qismi bo'lib, oldinda noksimon teshik orqali havo kirib, orqa tomondan xoana orqali burun-hiqildoq yo'liga ocxiladi. Burun bo'shlig'i yuqoridagi kalla bo'shlig'ining tepa chegarasi (qattiq va yumshoq tanglay) bilan, ikki yonboshdan ko'z kosalari va yuqori jag' suyagi tanasi bilan chegaralanib turadi. Burun bo'shlig'i burun to'sig'i bilan ikkiga bo'linadi. Burun bo'shlig'i va uning atrofida joylashgan kovaklar qon tomirlar va bezlarga boy bo'lgan shilliq qavat bilan qoplangan. Bundan tashqari, burun bo'shlig'i shilliq qavatida kiprikli epiteliy xam uchraydi. Shuning uchun burun bo'shlig'iga kirgan havo tarkibida chang zarrachalarini bezlar qamrab oladi. Shilliq qavati ostida qon tomirlar, ayniqsa bez chigallari yaxshi rivojlangan. Burun bo'shlig'ining yuqori qismidagi shilliq qavatda (xidlash zonasida) xidlash nervlarining oxirlari joylashgan. Burun bo'shlig'i shilliq qavati shamollab shishadigan bo'lsa, qon tomirlar devori yirtilib, qon oqishi, nafas olish qiyinlashadi. Odatda, burun bo'shlig'ini o'rta va pastki qismi nafas olish bo'lagi deyilib, undagi chig'anoqlar, burun bo'shlig'i atrofidagi qavatlarda joylashgan kovaklar burun bo'shlig'iga ocxilib, burun bo'shlig'i yuzasini kengaytirib, burunga kirgan havoning tozalanishini, namlanishini va ilishini ta'minlaydi. Burunga kirish qismi – noksimon teshik oldidan burun suyaklari va tog'aylari bilan chegaralanib, burunnni xosil qiladi. Burunning qanot tog'aylari burun qanotlarini, pastki burun qirrasini xosil qimladi. Tog'aydan tuzilgan o'rta devor burun teshigini ikkiga ajratadi.
Xiqildoq (larynx) nafas yo'lining (burun bo'shlig'idan so'ng) ikqinchi qismi bo'lib, ovoz paydo qiluvni a'zo vazifasini ham bajaradi. Xiqildoq yuqorida til osti suyagiga osilib turadi, pastda esa biroz torayib kekirdakka o'tadi. Xiqildoq IV-VI bo'yin umurtqalarini old tomonida joylashib, uning yon tomoni qon tomirlar va nervlarga tegib turadi. Old tomondan esa muskullar va fassiyalar bilan qoplanadi. Xiqildoq juft va tog'aylarning boylamlar, muskullar yordamida o'zaro birikishidan vujudga keladi.
Xiqildoq tog'aylari toq va juft tog'aylardan iborat.
Toq tog'aylar: uzuksimon tog'ay, qalqonsimon tog'ay, xiqildoq usti tog'ayi.
Juft tog'aylar: chumichsimon tog'ay, shoxsimon tog'ay, ponasimon tog'ay.
Xiqildoq bo'shlig'i. Xiqildoq bo'shlig'iga qum soatiga o'hshagan bo'lib, toraygan qismi ovoz boylamlari joylashgan yerga to'g'ri keladi. Ovoz boylamlari bir-biriga yaqin paralel joylashib, oralig'ida ovoz yorug'ini hosil qiladi.
Ovoz boylamlarigining orqa qismini cho'michsimon tog'ayning ozoz o'sig'i tashkil qiladi. Xiqildoq kirish teshigi noto'g'ri oval shaklli bo'lib, pastga, xiqildoq daxliziga qadar davom etadi. Xiqildoq daxlizi pastdan soxta ovoz boylamlarining burmalari bilan chegaralangan. Soxta ovoz boylamlarining burmalari orasidagi yoriq o'zidan pastroqda joylashgan hususiy ovoz boylamlari orasidagi yoriqdan xiyla kengroq va kengroq bo'ladi. Soxta ovoz boylamlari burmalari bilan hususiy ovoz boylamlari burmalari orasida o'ng va chap chuqurchalar (xiqildoq qorinchasi) ni ko'rish mumqin. Xikkildoqning shilliq qavati pushti rangli ko'p qatorli, kiprikli, qadoqsimon xujayralar aralashgan epiteliydan iborat. Sezuvchi nerv oxirlari ayniqsa, xiqildoq daxlizida ko'p tarqalgan. Shu sababli havo bilan kirgan zarrachalar, changlar yo'talga sabab bo'ladi. Xiqildoq faqat havo o'tkazish organizm bo'lib qolmasdan tovush chiqarish organizm hamdir. Nafas chiqarishda kekirdakdan kelayotgan havo ovoz yorug'idan o'ta turib ovoz boylamlarini titratadi, natijala tovush paydo bo'ladi. Turlicha tovush (ovozning) paydo bo'lishi havo to'lqinining kuchiga vz ovoz boylamlarining tebranish qobilyatiga bog'liq.
Kekirdak (yoki traxeya – trachea) uzunligi 9-11sm, diametri 15-18mm keladigan naydan iborat bo'lib, VI bo'yin umurtqasining ro'parasida bevosita xiqildoqdan boshlanadi, so'ngra ko'krak qafasining yuqori teshigi orqali ko'ks oralig'igacha borib IV-V ko'krak umurtqalarining ro'parasida chan va o'ng bronxlarga ajraladi. Kekirdakning ana shu bo'lingan joyi kekirdak ayrisi deb ataladi. Kekirdak joylashgan joyiga qarab bo'yin va ko'krak qismlariga ajraladi. Kekirdakning bo'yin qismini old tomonidan pastki jag' osti muskullari, qalqonsimon bez o'rab turadi. Ko'krak qismini old tomonidan to'sh suyagi chegaralab turadi. Kekirdakning orqa tomonidan qizilo'ngach o'tsa, ikki yonboshida qon tomirlari va nervlar joylashgan.
Kekirdak devori 16-20 yarim xalqa shaklidagi tog'aylardan tuzilgan bo'lib, bular o'zaro fibroz to'qimalar bilan to'tashgan. Tog'ay yarim xalqa devorining ochik qismi narda bilan o'ralgan. Kekirdakning ichki yuzasi ko'p qatorli kiprikli epiteliy bilan qoplangan, shilliq bezlarga boy shilliq qavat bilan o'ralgan.
Bronxlar (bronch) – kekirdakning IV-V ko'krak umurtqalari ro'parasida o'ng va chap tarmoqqa bo'linishda vujudga keladi. O'ng bronx chap bronxga qaraganda kalta va kengroq bo'lib, 6-8 tog'ay halqadan tuzilgan. O'ng bronx deyarli vertikal yo'nalishga ega bo'ladi. Chap bronx o'ng bronxga ega bo'ladi. Chap bronx o'ng bronxga nisbatan torroq va uzunroq bo'lib, 9-12 tog'aydan tuzilgan. Chap bronx kekirdakdan burchak hosil qiladi.
Bronxlarning bo'linishi. Bronxlar o'ng vachap o'pkalarga kirib daraxt shoxi kabi tarmoqlarga bo'linadi. O'ng o'pkaga kirgan bronx uch bo'lakka bo'linadi. Bularning bittasi o'pka yuqori bo'lagiga. Ikqinchisi o'rta bo'lagiga va uchinchisi pastki o'pka bo'lagiga yo'naladi. Chap o'pkaga kirgan bronx ikkita bo'lak bronx tarmogini beradi.
O'pka (pulmo) - bir juft bo'lib, ko'krak qafasining ikki tomonida joylashgan. O'ng va chan o'pka o'rtasidagi kamgakda yurak o'rnashgan. O'pkalarning asosi past tomondan diafragmaga tegib turadi va diafragma yuzasi deyiladi. O'pkaning uchi birinchi qovurg'adan 3-4 sm yuqoriroqda turadi. O'pkalarning bo'rtib qovurg'alarga tegib turgan yuzasi va bir-biriga qarab turgan kuks oralig'i yuzasi tafovut qilinadi. Bu yuzalarning biri ikqinchisidan qirralar bilan chegaralanib turadi. Chap o'pkaning oldingi qirrasi pastrog'ida yurak uymasi uchraydi. O'pkalarning medial (kuks oralig'i) yuzasida o'pka arteriyasi, venasi va bronxlar kirib chiqadigan o'pka darvozasi joylashgan. O'ng o'pka chuqur arikchalar yordamida uch bo'lakka (yuqori, o'rta va pastki), chap o'pka esa ikki bo'lakka - (yuqori va pastki) bo'lingan. O'ng o'pkaning tagida (diafragma osti) jigar joylashgan.
Shuning uchun o'ng o'pka chap o'pkaga qaraganda xajmi kengroq , bo'yin esa qisqaroq bo'ladi. O'ng o'pka bo'laklari o'n ikki segmentdan, chap o'pka o'n bir segmentdan iborat. Segment xajmi 0,5-1,0 sm, piramida shaklida tuzilgan o'pka bo'lakchalaridan tashkil topgan. Bu bo'lakchalar bir-biridan biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan devorcha va qon tomir bilan ajralib turadi. Bo'lakchala raro devorchalar bo'lakchalarning nafas olishida harakatchan bo'lishini ta'minlab turadi.
Bronxlarning bo'linishi.
Bronxlar o'ng va chap o'pkalarga kirib, daraxt shoxi kabi tarmoqlarga bo'linadi. O'ng o'pkaga kirgan bronx uch bo'lakka bo'linadi. Bularning bittasi o'pka yuqori bo'lagiga, ikqinchisi o'rta bo'lagiga va uchinchisi past o'pka bo'lagiga yo'naladi. Chap o'pkaga kirgan bronx ikkita bo'lak bronx tarmog'ini beradi. Ularning bittasi o'pkaning yuqori bo'lagiga, ikqinchisi pastki bo'lagiga kiradi.
Bo'lak bronxlar (diametri 1mm gacha) o'z navbatida segment bronxlarga bo'linadi. O'pka tashqarisidagi bronxlar devorida xalq shaklidagi tog'aylar joylashgan. O'pka ichidagi bo'lak bronxlarning skeleti esa panjara shaklli tog'aylardan iborat. O'pka segmenta bronxlari va ularning tarmoqlarida tog'aylar alohida bo'laklar shaklida bo'ladi. Segment bronxlar 8 marta bo'linib, o'pka bo'lakchalari, bronxlarini beradi. Bronxlarda muskul qavati aylanma shaklida joylashgan.
Bo'lak bronxlar ikkala o'pkada taxminan 1000 tagacha bo'linadi. O'pka bo' –lakchalarining ichida bo'lak bronxlarning har bittasi diametri 0,3-0,5 mm bo'lgan 12-16 tadan oxirgi (chegara) bronxchalar tarqaladi. Oxirgi bronxlardan boshlab eng katta (asosiy) bronxlar yig'indisi bronxlar daraxtining hosil qiladi. Bronxlar daraxti nafas yo'li bo'lib hisoblanadi. Chegara bronxchalar devorida tog'ay xalqachalari va shilliq bezlar uchramaydi.
Har bir chegara bronx o'z navbatida ikkita nafas bronxiolasiga bo'linadi. Nafas bronxiolasi torayib nafas naychasiga, bu esa kengayib, nafas pufakchalari va o'pka alveolalariga aylanadi.
Nafas bronxiolasi va undan tarqalgan nafas naychasi, pufakchalari va alveolalar qo'sxilib, uzum shingili shaklidagi o'pkalarning struktura va funksional birligi - asinus yoki alveolalar daraxtini hosil qiladi. 12-18 asinus birgalikda o'pka bo'lakchasining, bir nechta bo'lakchalar qo'sxilib, o'pka segmentini hosil qiladi.
O'pka segmentlari o'zaro qo'sxilib o'pka bo'lagini va nihoyat, o'pka bo'laklaridan o'pka hosil bo'ladi. O'pkalardan 800000 asinuslar yoki 300-500 mln alveolalar uchraydi. Ularning satxi 30-100m bo'ladi. O'pka bronxlari havo almashish jarayonidan tashqari, organizmda suv, tuz va xlor miqdori bir me'yyorda saqlanishiga ham yordam beradi.
Katta odamlarda ikkala o'pkada o'rtacha 4,9-5,0l havo bo'ladi. Ulardan tinch nafas olish vaqtida (har bir nafas olganda) faqat 500 ml toza havo kirib, 1600 ml karbonat angidridga boy bo'lgan havo o'pkalardan chiqadi. Shunday qilib, o'pkalarda hayotiy havo sig'imi o'rtacha 3500-3700ml gacha bo'ladi, qolgan 1300-1400 ml havo esa qoldiq havo bo'lib, o'pkada doimo turadi.
Plevra (pleura). O'pkalarni qoplagan serroz pardaga plevra deyiladi. Plevra ikki varaqli bo'lib, o'pka ustidan o'rab turgan varag'iga ichki (viseral) varaq va ko'krak bo'shlig'i devorining ichki tomoniga yopishgan varag'iga pariyetal varaq deyiladi. Visseral plevra o'pka to'qimasiga yopishib, uning bo'laklar oralig'idagi yoriqlar ichiga ham kiradi. Visseral plevra o'pka darvozasiga kelganda kush qavatli boylamni hosil qilib, pariyetal plevraga aylanadi.
Pariyetal plevra joylashgan o'rniga qovurg'a, diafragma va kuks oralign qismlariga ajraladi. O'pkalar uchini qoplab turgan qismi plevra gumbazi bo'lib, u birinchi qovurg'adan 3-4sm yuqorida joylashgan. Pariyetal va visseral plevralar orasidagi plevra bo'shlig'ida ma'lum miqdorda suyuqlik bo'ladi. Bu suyuqlik plevraning bir-biriga qaragan yuzalarining xullab, nafas olish va chiqarishda ularning ishqalanishini kamaytiradi. Plevra bo'shlig'ida manfiy bosim bo'lganligidan ko'krak qafasining germetik butunligi buzilgan vaqtda plevra bo'shlig'iga havo kirib, o'pkani ezadi, nafas olish kiyinlashadi. O'ng va chap o'pkalar orasida kuks bo'shlig'i joylashgan. Kuks bo'shlig'ini orqa tomondan umurtqa pog'onasining ko'krak qismi, oldingi tomondan to'sh suyagi, ikki yon tomondan kuks oralig'i, plevra, pastdan diafragma, tepadan ko'krak qafasining yuqori teshigi chegaralab turadi. Kuks oralig'i kekirdak va bronxlar vositasida oldingi va orqa qismlarga bo'linadi. Oldingi kuks oralig'ida yurak va uning xaltasi, ayirsimon bez, aorta ravog'i, o'pka arteriya stvoli va diafragma nervi joylashgan. Orqa kuks oralig'ida qizilo'ngach, ko'krak aortasi, limfa yo'li, venalar, nervlar bo'ladi.
O'pka va plevra chegaraladi. O'ng va chap o'pkaning uchlari birinchi qovurg'adan 3-4 sm yuqorida bo'ladi, to'sh suyagining dastasi bilan tanasi qo'sxiladigan chegarada o'pkalarning oldingi chegaralari boshlanadi. O'ng o'pkaning oldingi chegarasi shu joydan to'sh suyagining tanasiga paralell holda pastga yo'nalib, VI - qovurg'a-tog'ay qismiga ba’zoda pastki chegarga o'tib ketadi. Chap tomondan yurak joylashgan. Shuning uchun chap o'pkaning oldingi chegarasi IV - qovurg'aga ba’zoda chapga qarab cheqinadi va VI - qovurg'aning tagay qismiga ba’zoda pastki chegaraga o'tib ketadi. O'pkalarning pastki chegarasi o'mrov suyagining o'rtasidan o'tkazilgan vertikal chiziqda VI - qovurg'aga, qo'ltik chizig'i bo'ylab IX-X qovurg'alarga va umurtqa pog'onasi soxasida XI – qovurg'aga to'g'ri keladi.
Plevralarning oldingi va orqa chegarasi deyarli o'pka chegarasiga to'g'ri keladi.
Uzuksimon tog'ay- uzukka o'xshash tuzilgan va hiqildoq ingichkalashgan (uzuk halqasi), kengaygan orqa qismi (uzuk ko'zi) asosini hosil qilib joylashgan. Uzuksimon tog'ayning old qismi tafovut etiladi. Uzuksimon tog'ay ustida qalqonsimon tog'ay joylashadi. Qalqonsimon tog'ay-hiqildoq tog'aylari ichida eng kattasi bo'lib, uning ikkita yaxlit plastinkasi bo'yin o'rta chizig'ida burchak hosil qilib qo'sxiladi. Bu burchak teri ostidan (ayniqsa, erkaklarda) bo'rtib chiqib turadi.
Hiqildoq usti tog'ayi-barg shaklida bo'lib, yuqori cheti kengaygan, pastki ingichkalashgan (barg bandi) qismi qalqonsimon tog'aynihg orqa yuzasiga yopishadi. Hiqildoq usti tog'ayi ovqatni yutish jarayonida hiqildoqqa kirish teshigini yopadi.
Cho'michsimon tog'aybir juft bo'lib, piramidaga o'xshaydi. Ularning kengaygan pastki asos qismi uzuksimon tog'ayning ustki yuzasi bilan birlashadi. Cho'michsimon tog'aylar asosining old tomonida ovoz o'sig`i va lateral tomonda muskul o'sig'i joylashgan. Ovoz o'sig'iga ovoz boylami, muskul o'sig'iga esa muskullar yopishadi.
Shoxsimon tog'ay-uncha katta bo'lmagan juft tog'ay bo'lib, shoxga o'xshab cho'michsimon tog'ay ustida joylashgan.
Ponasimon tog'ay-unchalik katta bo'lmagan juft tog'ay bo'lib, cho'michsimon tog'ay bilan hiqildoq usti tog'ayi oralig'idagi burmada uchraydi.
Hiqildoq tog'ay boylamlar yordamida o'zaro bo'g'im hosil qilib birlashadi. Hiqildoqning ichki yuzasi shilliq qavat bilan qoplangan.
Hiqildoq muskullari ko'ndalang targ'il muskullardan tuzilgan va odam ktiyori bilan qisqaradi.
1.Uzuksimon - cho'michsiraon tog'aylar o'rtasidagi muskul- uzuksimon tog'aydan boshlanib, cho'michsimon tog'ayning muskul o'sig`iga yopishadi.
Funksiyasi:muskul qisqarganda ovoz boylamlari taranglashadij oraliq yoriq torayadi
2.Qalqonsimon va cho'michsimon tog'aylar o'rtasidagi muskul-qalqonsimon tog'aydan boshlanib, cho'michsimon muskul o'sig'iga yopishadi.
Funksiyasi: bu muskul ikki tomondan barobar qisqarganda ovoz boylamlari bo'shashadi, hiqildoqning ovoz boylamidan yuqori qismi esa torayadi.
3.O'ng va chap cho'michsimon tog'aylar o'rtasida ko'ndalang joylashgan muskul.
Funksiyasi: qisqarganda ovoz yorig'ining orqa qismi torayadi.
4. Cho'michsimon tog'ayning qiyshiq muskuli.
Funksiyasi: hiqildoqqa kirish teshigini toraytiradi.
5. Qalqonsimon tog'ay bilan hiqildoq qopqog'i o'rtasidagi muskul-qalqonsimon tog'aydan boshlanib, hiqildoq usti tog'ayiga yopishadi.
Funksiyasi:ovoz boylamlarini taranglab, hiqildoqqa ki­rish teshigini kengaytiradi.
6. Ovoz muskuli— bir juft bo'lib, ovoz burmalari bag'rida yotadi. Qalqonsimon tog'ay ichki yuzasidan boshlanib, cho'michsimon tog'ayning ovoz o'sig'iga yopishadi.
Hiqildoq kirish teshigi noto'g'ri oval shaklli bo'lib pastga, hiqildoq dahliziga qadar davom etadi. Hiqildoq dahlizi pastdan soxta ovoz boylamlarining burmalari bilan chegaralangan.
Soxta ovoz boylamlarining burmalari orasidagi yoriq o'zidan pastroqda joylashgan haqiqiy (chin) ovoz boylamlari orasidagi yoriqdan hiyla kattaroq va kengroq bo'ladi. Soxta ovoz boylamlari burmalari bilan haqiqiy ovoz boylamlari burmalari orasidagi o'ng va chap chuqurchalar (hiqildoq qorinchasi)ni ko'rish mumkin. Hiqildoqning shilliq qavati pushti qatorli, kiprikli, qadahsimon hujayralar aralashgan epiteliydan ibojrat. Sezuvchi nerv oxirlari ayniqsa, hiqildoq dahlizida ko'p tarqalgan. Shu sababli havo bilan kirgan zarrachalar, changlar yo'talga sabab bo'ladi. Hiqildoq faqat havo o'tkazish organizm bo'lib qolmasdan, tovush chiqarish organizm hamdir. Nafas chiqarishda kekirdakdan kelayotgan havo ovoz yorig'idan o'ta turib ovoz boylamlarini titratadi, natijada tovush paydo bo'ladi.
Turlicha tovush (ovoz)ning paydo bo'lishi havo to'lqining kuchiga va ovoz boylamlarining tebranish qobiliyatiga bog'liq.
Kekirdak(yoki traxeya,) uzunligi 9-11 sm, diametri 15-18mm keladigan naydan iborat bo'lib, VI bo'yin umurtqasining ro'parasida bevosita hiqildoqdan boshlanadi, so'ngm ko`krak qafasining yuqori teshigi orqali ko'ks oralig'igacha borib, IV-V ko'krak umurtqalarining ro'parasida chap va o'ng broidapa ajraladi. Keldrdakning ana shu bo'lingan joyi kekirdak ayrisi kekirdak joylashgan joyiga qarab bo'yin va ko'krak qlimlariga ajraladi. Kekirdakning bo'yin qismini old tomonidlii pastki jag' osti muskullari, qalqonsimon bez o'rab turadi. Ko'teak qismini old tomondan to'sh suyagi chegaralab turadi. Kekiititokning orqa tomonidan qizilo'ngach o'tsa, ikki yonboshida qon tomirlari va nervlar joylashgan.
Kekirdak devori 6-20 ta yarim halqa shaklidagi tog'aylardan tuzilgan bo'lib, bular o'zaro fibroz to'qimalar bilan tutashgan.Tog'ayv yarim halqa devorining ochiq qismi parda bilan o'ralgan. Kekirdakning ichki yuzasi ko'p qatorli kiprikli epiteliy bilan qoplangan, shilliq bezlarga boy shilliq qavat bilan o'ralgan.
Bronxlarkekirdakning IV-V ko'krak umurtqalari ro'parasida o'ng va chap tarmoqqa bo'lishidan vujudga keladi. O'ng bronh chap bronxga qaraganda kalta va kengroq bo'lib, 6-8 tog'ay halqadan tuzilgan. O'ng bronx deyarli vertikal yo'nalishga ega bo'ladi. Chap bronx o'ng bronxga nisbatan torroq va uzunroq bo`lib, 9-12 tog'ay halqadan tuzilgan. Chap bronx kekirdakdan burchak hosil qilib yo'naladi.
O’pka bir juft bo'lib, ko'krak qafasining ikki tomonida joylashgan. O'ng va chap o'pka o'rtasidagi kamgakda yurak o'rnashgan. O'pkaning asosi past tomondan diafrag-maga tegib turadi va diafragma yuzasi deyiladi. O'pkaning uchi birinchi qovurg'adan 3-4 sm yuqoriroq.da turadi. O`pkaning bo'rtib qovurg'alarga tegib turgan yuzasi va bir-biriga qarab turgan ko'ks oralig'i yuzasi tafovut qilinadi. Bu yuzalarning biri ikkinchisidan qirralar bilan chegaralanib turadi. Chap o'pkaning oldingi qirrasi pastrog'ida yurak o'ymasi uchraydi. O'pkaning medial (ko'ks oralig'i) yuzasida o'pka arteriyasi, venasi va bronxlar kirib chiqadigan o'pka darvozasi joylashgan.O'ng o'pka chuqur ariqchalar yordamida uch bo'lakka (yuqori, o'rta va pastki), chap o'pka esa ikki bo'lakka (yuqori va pastki) bo'lingan.
O'ng o'pkaning tagida (diafragma ostida) jigar joylashgan. Shuning uchun o'ng o'pka chap o'pkaga qaraganda hajmi kattaroq, bo'yi esa qisqaroq bo'ladi. O'ng o'pka bo'laklari o'n ikki segmentdan, chap o'pka o'n bir segmentdan iborat. Segment hajmi 0,5-1,0 sm, piramida shaklida tuzilgan o'pka bo'lakchaliridan tashkil topgan. Bu bo'lakchalar bir-biridan biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan devorcha va qon tomir bilan ajralib turadi.Bo'lakchalararo devorchalar bo'lakchalarning nafas olishida harakatchan bo'lishini ta'minlaydi.
Bronxlarning bo'linishi. Bronxlar o'ng va chap o'pkaga kirib, daraxt shoxi kabi tarnloqlarga bo'linadi.O'ng o'pkaga kiigan bronx uch bo'lakka bo'linadi. Bularning bittasi o'pka yuqori bo'lagiga, ikkinchisi o'rta bo'lagiga va uchinchisi pastki o'pka bo'lagiga yo'naladi. Chap o'pkaga kiigan bronx ikkita bo'lak bronx tarmog'ini beradi. Ularning bittasi o'pkaning yu­qori bo'lagiga, ikkinchisi pastki bo'lagiga kiradi.
Bo'lak bronxlar (diametri 1mm gacha) o'z navbatida seg­ment bronxlarga bo'linadi. O'pka tashqarisidagi bronxlar devorida halqa shaklidagi tog'aylar joylashgan. O'pka ichidagi bo'lak bronxlarning skeleti esa panjara shaklli tog'aylardan iborat. O'pka segment bronxlari va ularning tarmoqlarida tog'aylar alohida bo'laklar shaklida bo'ladi. Segment bronxlar 8 marta bo'linib, o'pka bo'lakchalari bronxlarini beradi. Bronxlarda muskul qavati aylanma shaklida joylashgan.
Bo'lak bronxlar ikkala o'pkada taxminan 1000 tagacha bo'ladi. O'pka bo'lakchalarining ichida bo'lak bronxlarning har bittasi diametri 0,3-0,5 mm bo'lgan 12-16 tadan oxirgi (chegara) bronxlar tarqaladi. Oxirgi bronxlardan boshlab eng katta (asosiy) bronxlar yig'indisi bronxlar daraxtini hosil qiladi. Bronxlar daraxti nafas yo'li bo'lib hisoblanadi. Chegara bronxlar devorida tog'ay halqachalari va shilliq bezlar uchramaydi.
Har bir chegara bronx o'z navbatida ikkita nafas bronxiolasiga bo'linadi. Nafas bronxiolasi torayib nafs naychasiga, bu esa kengayib, nafas pufakchalari va o'pka alveolalariga aylanadi.
Nafas bronxiolasi va undan tarqalgan nafas naychasi, pufakchalari va alveolalar qo'sxilib, uzum shingil shaklidagi o'pkalarning struktura va fimksional birligi-atsinus yoki alveolalar daraxtini hosil qiladi. 12-18 atsinus birgalikda o'pka bo'lakchasini, bir nechta bo'lakchalar qo'sxilib, o'pka segmentini hosil qiladi.
O'pka segmentlari o'zaro qo'sxilib, o'pka bo'lagini va nihoyat o'pka bo'laklaridan o'pka hosil bo'ladi. O'pkada 800000 atsinuslar yoki 300-500 mln alveolalar uchraydi. Ularning sathi 30-100 m2 bo'ladi. O'pka bronxlari havo almashish jarayonidan tashqari, organizmda suv, tuz va xlor miqdori bir me'yorda saqlanishiga ham yordam beradi. Katta odamlarda ikkala o'pkada o'rtacha 4,9-5,01 havo bo'ladi. Ulardan tinch nafas olish vaqtida (har bir nafas olganda) faqat 500ml havo o'pkaga kirsa, chuqur nafas olganda esa 1600 toza havo kirib, 1600 ml karbonat angidridga boy bo'lgan havo o'pkadan chiqadi. Shunday qilib, o'pkada hayotiy havo sig'imi o'rtacha 3500-3700 mlgacha bo'ladi.
Qolgan 1300-1400ml havo esa qoldiq havo bo'lib, o'pkada doimo bo'ladi. '
Plevra.O'pkani qoplagan seroz pardaga plevra deyiladi.
Plevra ikki varaqli bo'lib, o'pka ustidan o'rab turgan varag'iga ichki (visseral) varaq va ko'krak bo'shlig'i devorining ichki tomoniga yopishgan varag'iga pariyetal varaq dey­iladi. Visseral plevra o'pka to'qimasiga yopishib, uning bo'laklar oralig'idagi yoriqfor ichiga ham kiradi. Visseral plevra o'pka darvozasiga kelganda qo'sh qavatli boylamni hosil qilib, par­iyetal plevraga aylanadi.
Pariyetal plevra joylashgan o'rniga qarab, qovuig'a, diafrag-ma va ko'ks oralig'i qismlariga ajraladi. O'pka uchini qoplab turgan qismi plevra gumbazi bo'lib, u birinchi qovuig'adan 3-4sm yuqorida joylashgan. Pariyetal va visseral plevralar orasidagi plevra bo'shlig'ida ma'lum miqdorda suyuqlik bo'ladi. Bu suyuqlik plevralarning birbiriga qaragan yuzalarini ho'llab, nafas olish va chiqarishda ularning ishqalanishini kamaytiradi. Plevra bo'shlig'ida manfiy bosim bo'lganligidan ko'krak qafasining germetik butunligi buzilgan vaqtda plevra bo'shlig'iga havo kirib, uni ezadi, nafas olish qiyinlashadi. O'ng va chap o'pka orasida ko'ks bo'shlig'i joylashgan. Ko'ks bo'shlig'ini orqa tomondan umurtqa pog'onasining ko'krak qismi, oldingi tomondan to'sh suyagi, ikki yon tomondan ko'ks oralig'i, plevra, pastdan diafragma, tepadan ko'krak qafasining yuqori teshigi chegaralab turadi. Ko'ks oralig'i kekirdak va bronxlar vositasida oldingi va orqa qismlaiga bo'linadi. Oldingi ko'ks oralig'ida yurak va uning xaltasi, ayrisimon bez, aorta ravog'i, o'pka arteriya stvoli va diafragma nervi joylashgan. Orqa ko'ks oralig'ida qizilo'ngach, ko'krak aortasi limfa yo'li, venalar, nervlar bo'ladi.
O'pka va plevra chegaralari. O'ng va chap o'pkaning uchlari birinchi qovuig'adan 3-4 sm yuqorida bo'ladi, so'ngra o'mrov to'sh bo'g'imi orqali past tomonga yo'nalib, to'sh suyagining dastasi bilan tanasi qo'sxiladigan chegarada o'pkaning oldingi chegaralari boshlanadi. O'ng o'pkaning oldingi chegarasi shu joydan to'sh suyagining tanasiga parallel holda pastga yo'nalib, VI qovuig'a tog'ay qismiga boiganda pastki chegaraga o'tib ketadi. Chap tomonda yurak joylashgan. Shuning uchun chap o'pkaning oldingi chegarasi IV qovuig'aga boiganda chapga qa­rab chekinadi va VI qovuig'aning tog'ay qismiga boiganda pastki chegaraga o'tib ketadi. O'pkaning pastki chegarasi o'mrov su­yagining o'rtasidan o'tkazilgan vertikal chiziqda VI qovuig'aga, qo'ltiqchizig'ibo'ylab IX-X qovuig'alarga va umurtqa pog'onasi sohasida XI qovuig'aga to'g'ri keladi.
Plevraning oldingi va orqa chegarasi deyarli o'pka chegarasiga to'g'ri keladi.
Odam oiganizmidagi havo almashish jarayoni ko'krak qa-fasi va uni harakatga keltiruvchi muskullar (ko'krak qafasi muskullari, diafragma va qorin devori muskullari), o'pka va uning havo yo'llari orqali bajariladi. Muskullar qisqarib, ko'krak qafasini va o'pkani kengaytirib kislorodga boy havo bilan o'pkaning boyishini ta'minlasa, ko'krak qafasining torayishi o'pka hajmini toraytirib, natijada o'pkadan karbonat angidridiga boy havo tashqariga chiqishi jarayonini bajaradi. Shunday qilib, tirik odam organizm bilan atrof-muhit o'rtasidagi aloqa-nafas jarayoni bajariladi. O'pka alveolalaridagi kislorod qonga so'rilib, o'pka venalari orqali yurakka borib, u yerdan aorta va uning tarmoqlari orqali butun organizmga (hujayralarga) tarqaladi. Hujayralardan esa karbonat angidrid ajralib qonga so'rilib, vena qon tomiri orqali yurakka,undan o'pkaga boradi. O'pkadan havo yo'llari orqali tashqariga chiqadi. Shunday qilib, nafas chiqarish sodir bo'ladi. Odatda, o'pka orqali havo almashish jara-yoni tashqi nafas deyiladi. Hujayralardagi havo almashish jarayoni esa ichki yoki to'qima nafasi nomi bilan ataladi. Ichki nafas hujayralar bilan kapillyarlar o'rtasida sodir bo'ladi.
Odam tinch turgan vaqtida har bir minutda o'rtacha 16-20 marta nafas oladi. Bunda 8 1 ga yaqin havo qabul qiladi, sportcxilar yugurganda 25-301 gacha, faol jismoniy mehnatda esa 120-1501 gacha havo qabul qilib, o'pka ventilyatsiyasi tezlashadi. Bu vaqtda nafas muskullaridan tashqari qorin devori va bo'yin muskullari ham ishtirok etadi.
Havo almashish jarayoni bolaning embrion rivojlanish davrida yo'ldosh orqali bo'lganidan o'pkasida havobo'lmay puchay-gan bo'ladi. Bola tug'ilgach, kindigi kesilib bog'langandan so'ng bola qonida karbonat angidrid gazi osha borib, nafas markazini qo'zg'atadi. Qo'zg'algan markazdan impuls nerv orqali nafas yo'liga borib, birinchi bor nafas olishga sabab bo'ladi. Nafas olish boshlangandan so'ng o'pka hajmi va ko'krak qafasi asta-sekin kengaya boradi. Ko'krak qafasi hajmining kattalashishi nisbatan tezroq bo'ladi. Natijada o'pkaning hajmi at­mosfera bosimi ta'sirida kengayib, kattalashib boradi. Ayni vaqtida o'pkaning o'ragan (visseral) plevra bilan ko'krak qafasining ichki yuzasini qoplagan (pariyetal) plevra varaqlari oralig'idagi bosim atmosfera bosimiga nisbatan 5-9 mm simob ustuni hisobida kam bo'lgan manfiy bosim paydo bo'ladi.Shuning uchun ham nafas olganda o'pkaning kengayib, nafas chiqaiganda torayishi o'pka sirkulyatsiyasini vujudga keltiradi.



Yüklə 125,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin