1 – Mavzu. Menejmentning nazariy asoslari


Menejment tamoyillari (A.Fayol bo‘yicha)



Yüklə 56,62 Kb.
səhifə5/6
tarix15.02.2023
ölçüsü56,62 Kb.
#84391
1   2   3   4   5   6
1 – Mavzu. Menejmentning nazariy asoslari

Menejment tamoyillari (A.Fayol bo‘yicha)

Tamoyil

Tamoyilning mazmuni

Mehnat taqsimoti
Vakolatlar va javobgarlik
Intizom
YAkka hukmronlik

Harakatlar birligi


SHaxsiy manfaat-larni bo‘ysindiri-lishi


Xodimlarni muko-fatlash
Markazlashtirish
Qoyali zanjir
Tartib

Adolat

Xodimlarning
barqarorligi

Tashabbus


Korporativ ruh

Ish kuchidan samarali foydalanish uchun ishlarni ixtisos-lashtirish (ishlovchilarning harakatlari yo‘naltiriladigan maqsadlar sonini qisqartirish hisobiga)
Har bir ishlovchiga ishni bajarish uchun javobgarlikka ega bo‘lish uchun etarli bo‘lgan vakolatlarni berish kerak
Ishchilar rahbariyat bilan bitim shartlariga bo‘ysunishlari kerak, menejerlar intizomni bizuvchilarga nisbatan adolatli jazolarni qo‘llashlari kerak
Xodim ko‘rsatmalarni oladi va faqat bitta bevosita boshliq oldida hisob beradi
Bir xil maqsadga ega bo‘lgan barcha harakatlar guruhlarga bir-lashtirilishlari va yagona reja bo‘yicha amalga oshirilishlari kerak
Tashkilot manfaatlari yakka shaxslar manfaatlaridan ustunlik- ka egalar

Xodimlar tomonidan o‘z manfaatlari uchun adolatli mukofotni olinishi


Boshqaruvchi markazga ega tashkilotdagi yagona tartib. Markazlashtirish va markazlashtirmaslik o‘rtasida eng to‘g‘ri nisbatlarda eng yaxshi natijalarga erishiladi. Vakolatlar (hukmronlik) javobgarlikka mutanosib ravishda berilishi kerak

Buyruqlarning uzilmaslik zanjiri, u bo‘yicha farmoyishlar uzatiladi va ierarxiyaning barcha bosqichlar o‘rtasidagi kommunikatsiyalar amalga oshiriladi (“boshliqlar zanjiri”)


Har bir xodim uchun ish joyi va har bir xodim o‘zining ish joyida

Ma’lum qoidalar va bitimlar qoyali zanjirning har bir bosqichida hayotga adolatli ravishda tadbiq etilishlari kerak


Ishlovchilarning tashkilot va uzoq muddatli ishga nisbatan sodiqligini o‘rnatish, chunki xodimlar qo‘nimsizligi samarador- likni pasaytiradi.-
Ishlovchilarni ularga topshirilgan vakolatlar va bajarilayotgan ishlari doirasida mustaqil fikr yuritishni ishlab chiqishga rag‘batlantirish.
Xodimlar va tashkilot manfaatlarining uyg‘unligi harakatlar birligini ta’minlaydi (“kuch - birlashishda”)

Sotsiolog M.Veber ma’muriy tashkilotlar tomonidan boshqaruvning prus tajribasini umumlashtirish asosida universal qoidalar deb ataluvchilarni ishlab chiqqan. Uning fikriga ko‘ra, boshqaruvning har qanday idoralari ularga amal qilishlari kerak. Boshqaruv tamoyillarini o‘rganish keyinchalik bir qator mamlakatimiz va xorij olimlari tomonidan davom ettirilgan.


Boshqaruv tamoyillari boshqaruvning erishishga harakat qilishi zarur bo‘lgan nazariy idealini aks ettiradilar. Bu tamoyillarni amalga oshirilishi boshqaruvning barcha bosqichlaridagi samaradorligi va ilmiy- ligining mezoni bo‘ladi.
Boshqaruv tamoyillari cheklovchi shartlar sifatida bo‘ladilar. Bundan tashqari, boshqaruv sifatini, ya’ni boshqaruv jarayoni natijalarini baholashda ularga amal qilish zarur. Bu ma’noda boshqaruv idoralari ishining sifati, natijaviyligi baholashning mezonlariga aylanadilar.
Menement tizimini shakllanishi, faoliyat yuritishi va rivojlanishi uchun ko‘rsatib o‘tilgan asosiy tamoyillardan tashqari yana qo‘shimcha tamoyillarga rioya qilish zarur, ular boshqaruv tizimining barcha tizimchalari uchun umumiy bo‘ladilar:

  • boshqaruvni amalga oshirishda ixtisoslashish va universallashishni muvofiq biriktirish (boshqaruv ishlarini bajarishda ixtisoslashish va universalashish o‘rtasidagi muvofiq nisbat ta’minlanishi kerak);

  • tashqi muhitga nisbatan barqarorlik (tashkilot makro- yoki mikro- muhitining ayrim elementlarini o‘zgarishida boshqaruv tizimi faoliyat yuritishni davom ettirishi va qo‘yilgan maqsadlarni bajarishi kerak);

  • boshqaruvning tejamkorligi (boshqaruvni amalga oshirish va maqsadlarga erishish uchun usullar va vositalarni tanlashda mehnat, moddiy, vaqt, moliyaviy va boshqa xarajatlarni chegaralash zarur);

  • boshqaruvning samaradorligi;

  • boshqaruvning insonparvarligi;

  • ta’sir ko‘rsatish usullari va vositalarining boshqaruv ob’ektiga xos bo‘lgan qonuniyatlarga mosligi (boshqaruvda boshqaruv ob’ektining holati va rivojlanishi qonunlarini hisobga olish zarur);

  • vakolatlarning qo‘yilgan vazifalarga mosligi (rahbariyat boshqaruv idoralari va xodimlariga o‘zlarining oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan vakolatlarni berishi kerak);

  • istisno qilish (faqat standartlar va qoidalardan kattaroq chetga chiqishlarda nazorat tizimi ishga tushishi kerak);

  • boshqaruvda markazlashtirish va markazlashtirmaslikni biriktirish (boshqaruvning har bir aniq tizimida tegishli vazifalari bajarishni markazlashtirish (markazlashtirmaslik)ning muvofiq darajasi bo‘lishi kerak.

Boshqaruvning keltirilgan asosiy va qo‘shimcha tamoyillari har qanday tizimcha uchun xosdir. SHuning bilan birga boshqaruv tizimining har bir tizimchasi yana o‘ziga xos tizimchalar asosida shakllanishlari va faoliyat yuritishlari kerak. Masalan, quyidagilar xodimlarni boshqarishning o‘ziga xos tamoyillari bo‘ladilar: mehnat taqsimoti, yakka xukmronlik, shaxsiy manfaatlarni umumiyga bo‘ysunishi va boshqalar.
G‘arbda vujudga kelgan boshqaruvga qarashlarning zamonaviy tizimi boshqaruvning quyidagi tizimlariga suyanadi:

  • ishlovchilarga nisbatan xayrihohlik;

  • muvaffaqiyatli menejmentning sharti sifatidagi javobgarlik;

  • firmani gorizontal va vertikal bo‘yicha kesib o‘tuvchi kommunikatsiyalar;

  • firmadagi ishlovchilarning qobiliyatlarini rivojlanishiga ko‘maklashuvchi muhit;

  • har bir ishlovchining firma natijalaridagi ulushli ishtiroki;

  • atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga o‘z vaqtida javob qaytarish;

  • odamlar bilan ishlashda ishdan qanoatlanganlikni ta’minlovchi usullardan foydalanish;

  • ishni muvofiqlashtirishning sharti sifatida menejerlarning ishdagi barcha bosqichlardagi ishtiroki;

  • menejer ishda to‘qnash keladigan kishilarni eshitishni bilish;

  • biznesning etikasi;

  • xodimlarni boshqarishga jalb qilish;

  • xalollik va odamlarga ishonch;

  • menejmentning fundamental asoslari: sifat, xarajatlar, servis, yangiliklar, resurslarni nazorat qilish, xodimlarga suyanish;

  • shaxsiy ishning sifati va uni doimiy ravishda takomillashtirish.

Boshqaruv nazariyasi bo‘yicha asarlarda boshqaruvning 30 dan ortiq tamoyillari keltiriladi. Buning ustiga, ijtimoiy rivojlanishni borishida xo‘jalik yuritishning ma’muriy buyruqbozlik tizimini faoliyat yuritishi uchun xos bo‘lgan boshqaruvning ba’zi bir tamoyillari o‘zlarining dolzarbliklarini yo‘qotganlar, masalan o‘zgarishlarning keyingi o‘n yilliklarda mavjud bo‘lgan demokratik markazlashish tamoyili. SHuning bilan bir vaqtda boshqaruvning zamonaviy sharoitlariga adekvat bo‘lgan yangi tamoyillari ishlab chiqilmoqda, masalan tashqi muhit omillari ta’siriga barqarorlik tamoyili.



Yüklə 56,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin