1- mavzu: O‘zbekiston – yagona vatan



Yüklə 197,33 Kb.
səhifə1/7
tarix10.05.2022
ölçüsü197,33 Kb.
#57463
  1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu


1- mavzu: O‘zbekiston – yagona vatan

Leksik mavzu: “Mustaqil davlat” matni.

Grammatik mavzu: Orfoepiya qoidalari.

O‘zbek tilida tovushlar talaffuzi


O‘zbеkistоn o‘zining bоy o‘tmishi, tаriхiy vа ko‘hnа mаdаniyatigа еgа.

O‘zbеkistоn hududi Mаrkаziy Оsiyоdа bundаn 500-700 ming yil ilgari оdаmzоd pаydо bo‘lgаn jоylаr sirаsigа kirаdi.O‘tmishdа Mоvаrоunnаhr, Turоnzаmin, Turkistоn nоmlаri bilаn mаshhur bo‘lib kеlgаn.



1991-yilning 31-avgustida O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e’lon qilindi. Matematika fanining otasi Muhammad Al-Xorazmiy; falsafa fanining asoschilaridan biri Al-Forobiy; qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy; shifokor va tabib, jarrohlik ilmining asoschisi Ibn Sino; Islom dinining tengsiz mutafakkirlari Imom Al-Buxoriy, At-Termiziy, Bahovuddin Naqshband; buyuk jahongir va sohibqiron Amir Temur; ulug‘ olim va munajjimlar Mirzo Ulug‘bek va Ali Qushchi; zullisonayn shoir hamda mutafakkir Alisher Navoiy; shoh, shoir va olim Zahiriddin Muhammad Bobur; dramaturg va olimlar Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat; yozuvchi Abdulla Qodiriy; shoirlar Abdulhamid Cho‘lpon, Usmon Nosir, Abdulla Oripov va boshqalar mana shu yurt farzandlaridir.

Mustaqillikning dastlabki yillarida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning sa’y-harakatlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarda sezilarli yutuqlarga erishildi. Milliy mafkuramiz shakllandi, ma’naviyatimiz yuksaldi.

2016- yil 4-dekabrda Shavkat Miromonovicv Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining yangi Prezidenti deb e’lon qilindi.Shu davrdan boshlab 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi. Yoshlarga doir davlat siyosati takomillashtirilib, Prezidentimizning besh muhim tashabbusi e’lon ilindi.

Yuqorida ko‘rsatilganlarni amalga oshirish maqsadida xalqimiz erkin va ozod, farovon hayot qurishdek yuksak marralar sari intilmoda. Mamlakatimiz “Milliy tiklanishdah- Milliy yuksalish sari” tamoyili asosida yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarilmoqda.




Yüklə 197,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin