Buyuk allomalarimizning geografik meroslari-- o’lmas хazinadir.
Geografik bilimlar eramizdan oldin 7-asrgacha to’plangan. Kishilar ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq o’zi yashab turgan joyini bilishni va tabiatini kuzatishni ayrim faktlarni kuzatishdan boshlaganlar.Materik va okeanlar haqidagi bilimlar uzoq yillar davomida to’plangan.Bu bilim manbalarini turli davrlarda yashagan olimlar , sayyoh , qo’rqmas dengizchilar yig’ishgan va bu sohada kashfiyotlar qilishgan.Ayniqsa dunyo fani va madaniyatiga , jumladan geografiya faniga ulkan hissa qo’hsgan allomalar Al-Хorazmiy, Ahmad Farg’oniy ,Abu Rayhon Beruniy , Abu Ali Ibn Sino , Mahmud Qoshg’ariy, Mirzo Ulug’bek ,Ali Qushchi va boshqalarning хizmatlari tahsinga sazovordir.Bulardan ba’zilariga to’htalib o’tsak. 9-asrda yashab o’tgan allomamiz Abu Rayhon Beruniy O`rta Osiyo va Xuroson geografiya fani tarixiga katta hissa qo’hsgan olimdir.
Abu Rayhon Beruniy 973 yil 4- sentabrda Amudaryoning o’ng sohilidagi Ket shahri chekkasida tug’ilgan.Beruniy geografiyaga va geodeziyaga oid 12ta, kartografiyaga oid -4ta ,iqlim va ob –havoga oid 3ta va boshqa fanlarga oid jami asarlaridan atigi 30 tasi saqlanib qolgani xolos.Berunyining geografiyaga oid asarlari anchagina. Uning boshqa fan va sohalarda yozgan kitoblarida ham geografik ma’lumotlar ko’p bo’lgan.Beruniyning uzunlik va kengliklar , Yer yuzidagi odamzod yashaydigan mamlakatlar ning chegaralarini anqlash ,suratga (kartaga) tushirish ,havoning sovish va isish sabablari to’g’risidagi asarlari ham bo’lgan.U Ptolemey “Geografiyasiga” qisqacha sharh ham yozgan.Beruniy ilmiy faoliyatini 16 yoshida boshlagan.Umr bo’yi kitob yozgan ,jadvallar tuzgan ,tabiat va osmonni kuzatgan .boshqa tillardagi asarlarni tarjima qilgan.
Uning “Kartografiya” (Tastiq as- suvar va tatbiq al -quvar") 10 varaqdan iborat risola bo’lib, Xorazmshoh Abul Abbos Ma’munga bag’ishlangan.Risolaing kirish so’zida astronomiya ,kartografiya ,geografiyanng amaliy ahamiyati tushuntirilgan.
“Geodeziya” (Kitobu tahdidi nihoyat al-amokin li tashih masofot al-masokin”-“Turar joylarning oralaridagi masofalarni aniqlash uchun joylarningchegaralarini belgilash haqida kitob”). Kitobning kirish so’zida Beruniy jaholatparastlikni va aldamchilikni qoralagan ,fan va ma’rifatning foydasini tushuntirgan.Geometriya , medisina,muzika,astranomiya,geografiya,tarix kabi fanlarning vujudga kelishi va ahamiyatini bayon etgan.
“Mineralogiya” (Kitob al-Jamohir fi-ma’rifatal javohir”- “Javohirlarni toppish uchun jam kitob “) kitobida foydali qazilmalar konlarini geografik tarqalishi bayon etilgan. Beruniy tarixda birinchi bo’lib ,qimmatbaho toshlarning solishtirma og’irligini aniqlashga kirishgan. Abu Rayhon Beruniy “Geodeziya “ va “Hindiston “ kitoblarida quyidagi fikrlarni aytib o’tgan.
1.Yer shar shaklida .Uning sirtidagi suvlar (okeanlar sathi )do’mboq holatdadir.
2.Yer yuzining turli qismlarida quruqlik siljib’ harakatlanib turadi.qadim zamonlardayoq goh qurulik dengiz o’rniga ko’chgan ‘goho quruqlikni suv bosgan.
Beruniyning “at-Garhim”kitobiga dunyo kartasi ilova qilingan. U Yerning sharsimonligiga qat’iy ishonganligi o’z asarlarida bir necha bor aytgan va dalillar dilan isbotlar keltirgan.
“Yer umuman yumaloqdir ,biroq ayrim joylari g’adir-budir ,chunki ; shunday bo’lsa-da uning shakli sharga o’xshash ,tog’larning balandligi butun yerga nisbatan juda kichikdir.Yerning shunday g’adir budurligi bo’lmaganda ,hammayoqni suv bosib ketgan bo’lar edi…(“Qonuni Maqsudiy”)
Beruniy planetamizning aniq tasavvur etish bilan birga uning tasvirini ham yaratgan.U hayoti davomida turli asarlardagi ma’lumotlarni to’plab ,noaniqliklarini aniqlab ,bilimini shu sohada mukammallashtirdi. U tahminan 995- yillarda diametric 5 metr keladigan globusni yasaydi.Undan shaharlar orasidagi masofalarni aniqlab o’lchash va shu bilan birga joylarning kehglik hamda ,uzunligini belgilash uchun mo’ljallangan.Beruniy acarlarida geografiya va tabiatnng boshqa xossalariga oid qimmatli mulohazalar ham bor.Alloma ijodiyoti bitmas - tyganmas xazinadir.
Geografik meros qoldirgan yana bir allomalarimizdan biri Mahmud Qoshg’ariydir. Uning to’liq ismi sharifi - Muhammad ibn Husayin ibn Muhammad bo’lib ,otasi Husayin Issiqko’l bo’yidagi Barsg’on shahridan bo’lgan .Otasi xizmat yuzasidan Qashqarga ko’chgan va shu yerda o’rnashib qolgan.Shuning uchun Mahmudning ismi Qoshg’ariy bo’lib ketgan.Uning geografik merosi quyidagilardan iborat.
1.”Devon”da berilgan tabiiy geografik terminlar va ularning izohi.
2.”Devonu lug’atit turk”ga ilova qilingan dunyo kartasi;
3.”Devon”da uchraydigan joy nomlari va ularning izohi.
4.O”rta Osiyoda ayrim qabilalarning joylashishi haqidagi “aholi geografiyasi”ga doir ma’lumotlar;
5.”Devon”dagi astranomik ma’lumotlar ,calendar sistemasi - muchallar va ularning tarixi.
Mahmud Qoshg’ariyning “Devony lug’atit turk” matn kartasida yuzlab joylarning - mamlakat ,shahar, qishloq ,tog’ ,cho’l ,dovon ,dengiz ,ko’l ,daryo va boshqalarning nomlari yozilgan, ko’pchiligini geografik orni va tarixi ko’rsatilgan holda tasvirlangan.
Qoshg’ariyning tasvirlagan kartasida ,qog’ozning yuqori tomonida sharq ,pastki tomonida g’arb, o’ng tomoni janub va chap tomoni shimol qilib belgilangan.Bunga sabab - uning bir geografik sistemada ,O’rta Osiyo xalqlarining dunyo to’g’risidagi azaldan mavjud astranomik tushunchalari asosida qilinganligidir.
Beruniy va Qoshg’ariy O”rta Osiyolik asrdosh allomalardandir.Qoshg’ariy Beruniyning asarlarini o’rganganligi o’z asarlaridagi joy nomlarini berilganligidan bilish mumkin.
15-asrda yashab o’tgan “Asr Batlimusi”(“Ptolemey”) deb ataladigan alloma Ali Qushchidir.U astranomiya,matematika,geografiya va arab tili gramatikasiga doir ko’plab asarlar muallifidir.Ali Qushchi Samarqand observatoriyasining ilmiy merosini saqlab qolgan va jahonga ma’lum qilgan vatandoshimizdir.
Ali Qushchining astranomika asarida Yer shari ,iqlimlar, koordinatalar vamamlakatlar to’g’risidagi qimmatli ma’lumotlari bor.Masalan: “Astranomiyaga oid risola “dagi ikkinchi maqolaning bir qismi Yerning shakli ,Yerning iqlimlarga bo’lnishiga bag’ishlangan.Shu risolada iqlimlar bayonida dunyo kartasi chizilgan.Kartada asosan shimoliy yarim shar chegaralari ko’rsatilgan , ko’ndalang chiziqlar -iqlimlar chegarasidir.
Buyuk allomalarimizning geografiya faniga qo’shgan hissalari va qilgan xizmatlari tahsinga sazovordir.