1- mavzu: O‘zbekiston – yagona vatan



Yüklə 197,33 Kb.
səhifə4/7
tarix10.05.2022
ölçüsü197,33 Kb.
#57463
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu

Jarangli undoshlar: b, d, v, z, j, dj, g‘, g



Jarangsiz undoshlar: p, t, f, s, ch, sh, q, k
Rus tilidan farqli o‘zbek tilidagi undosh tovushlar qattiq va yumshoqligiga ko‘ra ajratilmaydi.

O‘zbek tiliga xos bir qator nutq tovushlari mavjud. H, Q, O‘,G‘.

Ы, Щ, Ц tovushlari esa o‘zbek tilida yo‘q.
0‘ZBEK ADABIY TILINING AYRIM ORFOEPIK ME’YORLARI
Orfoepik me’yorlarini talab qiluvchi nutqiy hodisalaming eng asosiylaridan biri assimilatsiya (tovush qo‘shni tovushni o‘ziga moslashtirib-o'xshatib olishi: ketdi / / ketti) hodisasidir. Orfoepiyaning vazifalaridan biri ham assimilatsiyani me’yorda tutib turishdir. Til taraqqiyotining qonuniy natijasi bo‘lgan assimilatsiya orfografiyada “muhr”lanmagan bo‘lsa ham orfoepiya qonuniga aylangandir. Masalan: o‘t + di = o‘tti o‘tdi, boribdi -> boripti.

Til taraqqiyotidagi ayrim fonetik o‘zgarishlar ham orfoepik, ham orfografik normaga aylangan. Masalan, birinchi bo‘g‘ini ochiq bo‘lib, ikkinchi bo‘g‘ni sonorlashgan undosh bilan boshlanib, sonor bilan tugagan o‘zakka asosan tor unli bilan boshlangan afïiks qo‘shilganda bo‘g‘in strukturasida o‘zgarish yuzberadi. Misollar: o‘g‘il+im< o‘g‘-lim, ko‘-ngil < ko‘ng-lim, sha-har+im < shah-rim. Bu o‘zgarishni ham imlo, ham talaffuz taqazo etadi.

Orfografiya va orfoepiyaning qarama-qarshi o‘rinlaridan biri arab tilidan qabul qilingan ikki undosh bilan tugagan, aslida bir bo‘g‘inli so‘zning nutqda ikki bo‘g‘in tarzida (unli qo‘shib) o‘zlashganidir. Misollar mehr, qadr, aql, qism, hukm, qasr, asr kabi.

Xulosa qilib aytganda, o‘zbek tilida orfoepiya qoidalari bilan orfografiya (imlo) qoidalari orasidagi farqqa e’tibor qaratish zarur. Bu og‘zaki va yozma savodxonlikda muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 197,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin