O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama uyg‘un rivojlantirish, ularni maktab ta’limiga tayyorlash vazifasini muvaffaqiyatli hal etadi. Bu jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi:
Bola shaxsini har tomonlama uyg‘un rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o‘rganish.
Bolani har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.
Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlar maktabgacha ta’lim tizimi tajribasini o‘rganish asosida ta’lim tizimini takomillashtirish.
MTT, ularda faoliyat olib borayotgan tarbiyachilar faoliyati mazmunini asoslash.
Ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.
Tarbiyachilarni maktabgacha ta’lim pedagogikagasi oid bilimlar hamda ta’lim-tarbiya usullari bilan qurollantirish.
Ta’lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish.
O‘qitish, tarbiyalashning samarali texnologiyalarini yaratish.
Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.