1- mustaqil topshiriq maktabgacha pedagogikaning predmeti va vazifasini klaster usuli orqali yoritish



Yüklə 36,82 Kb.
səhifə3/3
tarix16.12.2023
ölçüsü36,82 Kb.
#181301
1   2   3
1-topshiriq

6

Kompetensiya

Kompetensiya (lotincha: competo — erishyapman, munosibman, loyiqman) — 1) muayyan davlat organi (mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi;
2) u yo bu sohadagi bilimlar, tajriba



3) “BBB” texnologiyasi asosida “Hozirgi jamiyatda tarbiyachi shaxsiga qo‘yiladigan talab va vazifalar” mavzusuni izohlab bering.
Ushbu mavzu yuzasidan nimalarni bilishingizni, o’qib-o’rganish natijasida olgan bilimlaringizni hamda ushbu mavzuga oid yana qanday ma’lumotlarni bilishni, o’rganishni hoxlaysiz. Quyidagi ko’rsatilgan texnologiya asosida yoriting.
Javob:

Bilaman

Bilib oldim

Bilishni xohlayman

Ma’lumki, ta’lim muassasalarida tarbiyaviy jarayon bevosita o‘qituvchi tomonidan tashkil qilinadi va olib boriladi. Yangicha ijtimoiy sharoitda ta’lim tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o‘quvchilarning dars va darsdan tashqari xilma-xil tarbiyaviy faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, vatanparvar, mehnatsevar, barkamol inson qilib o‘stirish va kasbga yo‘naltirish o‘qituvchilar zimmasiga yuklatilgan. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o‘z kasbiga sadoqatliligi, g‘oyaviy e’tiqodliligi o‘z kasbini sevishi va bu kasbga bo‘lgan cheksiz sadoqati o‘qituvchi-tarbiyachi boshqa kasb egalaridan jratib turadi. Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo‘yiladigan muhim talablaridan biri shuki, u o‘z predmetini, uning metodikasini chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur. Bu pedagog tarbiyachining obro‘sini ko‘taradi.

Tarbiyachi kasbiga xos bo‘lgan muhim fazilatlaridan, talablaridan biri bolalarni sevish ularning hayoti bilan qiziqish har bir shaxsni hurmat qilishdan iborat. Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy tarbiyachi pedagog bo‘la oladi. Bolalarni sevish - pedagogning murakkab mehnatini jozibali va yengil qiladi. Tarbiyachining bolalarga munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagogga nisbatan ishonchni uyg‘otadi, o‘qituvchiga bolalarni chinakam ma’naviy murabbiysi bo‘lishga imkon beradi.Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati pedagogik qobiliyatlarining mavjudligiga ham bog‘liqdir. Pedagogik qobiliyat - pedagogik mahoratga erishishning zaminidir. Pedagogik qobiliyat tarkibiga pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur, diqqatni taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik muomala kiradi. Pedagogik qobiliyatlar pedagogik faoliyati jarayonida, shuningdek, uni bu faoliyatga tayyorlash jarayonida shakllanadi. Pedagogik mahorat - bu yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishni yuksak darajada va doimiy ravishda takomillashtirib borish san’atidir. Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang‘ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy axloq, o‘z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda bo‘lish odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgo‘ylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o‘simlik va hayvonlarga g‘amxo‘rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalar mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlar tarbiyalaydi.

Chet el amaliyotida tarbiyachining kasbiy etika va qoidalarini amalyotda qo’llash bo’yicha amaliy bilimlarni

Topshiruvchi:
MTM 4-23 gurux talabasi Mehmonaliyeva Munosibxon
Yüklə 36,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin