1-§. Sirkul va chizg’ich yorlamida yasashga doir masalalar yasash pastulatlari…


-§. Yasashga doir masalalarning yechishdagi bosqichlar



Yüklə 42,12 Kb.
səhifə3/8
tarix20.12.2023
ölçüsü42,12 Kb.
#187244
1   2   3   4   5   6   7   8
1-§. Sirkul va chizg’ich yorlamida yasashga doir masalalar yasas-hozir.org

2-§. Yasashga doir masalalarning yechishdagi bosqichlar.
Odatda, yasashga doir masalalarni yechishda masala yechimini osonlashtirish va to’la yechimini ta’minlash maqsadida yuritiladigan muhokama quyidagi to’rtta bosqichda iborat.
  1. Analiz – tayyorgarlik bosqichi;


  2. Yasash – amaliy bosqichi;


  3. Isbotlash – sinash bosqichi;


  4. Tekshirish – ijodiy bosqich.


1. Analiz.

Bu masala yechishning dastlabki tayyorlov bosqichidir. Bu bosqichning asosiy vazifasi masalani yechilishi oldindan ma’lum bo’lgan masalalarga ajratish va ularning yechilish tartibini aniqlashdan iborat. Bunda, masala yechildi deb faraz qilib, izlanayotgan figura masala talabiga mumkin qadar to’laroq javob beradigan qilib qo’lda taxminan chizib qo’yiladi. So’ngra kerakli geometrik faktlardan foydalanib, so’ralgan va berilgan figura orasidagi bog’lanishlar aniqlanadi va figuraning qaysi elementini qay tartibda yasash mumkinligini belgilanadi. Bunda berilgan va izlanayotgan figuralar orasidagi bog’lanishlarni topishni osonlashtirish maqsadida yordamchi figuradan foydalaniladi. Yordamchi figura shunday bo’lish kerakki, uni berilganlarga asosan yasash va undan izlanayotgan figuraga o’tish mumkin bo’lsin.
2. Yasash.
Masalada so’ralgan figurani yasash uchun kerak bo’lgan asosiy yasashlar (1-24) ketma-ketligi analiz bosqichida tuzilgan reja asosida, chizg’ich va sirkul yordamida figura yasaladi.
3. Isbotlash.
Bunda yasalgan figura masalada izlangan figura euanligi isbot qilinadi, ya’ni uni masalada berilgan barcha shartlarga javob borishi isbotlanadi. Isbotlash bosqichida yasashda bajarilgan ishlarga va geometriyaning tegishli teoremalariga asoslanadi.
4. Tekshirish.
Bu bosqichda quyidagi savollarga javob topish kerak:

  1. Masalada berilgan elementlarni ixtiyoriy tilab olinganda ham masala yechimga ega bo’ladimi, agar ega bo’lmasa, u holda qanday shart bilan tanlab olinganda masala yechimga ega bo’ladi, qanday hollarda masala yechimga ega bo’lmaydi?


  2. Berilgan elementlar imkoniyati boricha tanlab olinganda masala nechta yechimga ega bo’ladi?


Yasashga doir masalalarni bosqichlab yechish masalasi to’g’ri yechishning garovidir. Lekin, har qanday masalani yechishda ham bu to’rtta bosqichga qat’iy rioya qilish shart emas. Masalaning soda yoki murakkabligiga qarab, bu bosqichlarning ba’zilariga to’xtalmasdan keyingi bosqichiga o’tib ketish mumkin.


Misol tariqasida quyidagi masalalarni bosqichlab yechib ko’rayli.

1-chizma


1-masala. Bir burchagi va shu burchak uchidan chiqqan balandligi hamda bissektrisasi berilgan uchburchak yasang.

1-chizma
1. Analiz.
Izlanuvchi ABC uchburchakni topildi deb taxminan chizib qo’yamiz. AD=ha, AE=la bo’lsin. .
ABC ni yasash uchun uning A, B, C uchlarini yasash kifoya.
Chizmaga ko’ra ∆ABC ning A uchi undagi to’g’ri burchakli ∆ADE ning A uchidan iborat. B va C uchlari esa DE to’g’ri chiziqning berilgan tomonlari bilan kesishish nuqtalaridan iborat.
Berilgan AD kateti va AE gipotenuzasi bo’yicha (13-masala) ∆ADE yasash mumkin. Masalaning shartiga ko’ra, AE kesma berilgan ning bissektrisasi ekanligidan foydalanib AB1 va AC1 nuqtalarni AE ga nisbatan vaziyatini aniqlash mumkin: .
Masalada berilganlarga ko’ra, ∆ADE ni yasash va undan izlanuvchi ∆ABC ga o’tish mumkin bo’lgani uchun to’g’ri burchakli ∆ADE yordamchi figuradir.
2. Yasash. Analiz bosqichida tuzilgan reja bo’yicha ∆ABC ni yasaymiz.
10. 13-masalaga asoslanib ∆ADE ni yasaymiz.
20. AE nurga A uchidan ni qo’yamiz. (AB1) (ED)=B ni topamiz.
30. AE nurni ikkinchi tomoniga ni yasaymiz. (AC1) (DE)=C ni topamiz. Natijada ∆ABC hosil bo’ladi.
3. Isbotlash. Yasashga ko’ra ∆ABC da:
, AE=lA, bo’lgani uchun AE – bissektrisadir.
4. Tekshirish. ∆ABC mavjud bo’lishi uchun: ∆DAE mavjud bo’lishi kerak. Bunda ekanligi kelib chiqadi. Ushbu shartlar bajarilsa masala yagona yechimga, aks holda yechimga ega bo’lmaydi.
2-masala. Uchburchakning asosi c va ikki yon tomoniga tushirilgan medianalari ma, mb berilgan uchburchak yasang.
Berilgan: AB=c, AF1= ma, BF2= mb

Yasash kerak: ∆ABC (c, ma, mb)

1. Analiz. AP= , AP= , AC=c, u holda APB uchburchak yordamchi.

2. Yasash. ∆APB ni uchta tomoni (c, , ) bo’yicha yasaymiz. AP davomida =PF1 ni qo’yib AF1= ma, BP davomiga =PF2 kesmani qo’yib BF2=mb kesmani yasaymiz. kelib chiqadi.


3. Isbot. AB=c, . Shu sababli AF1,BF2 medianalardir.
4. Tekshirish. ∆APB ni yasash uchun bo’lishi shart.
3-masala. Uchburchakning ikki burchagi va perimetri bo’yicha uchburchak yasang. (mustaqil).
Berilgan:
Yasash kerak: ∆ABC(

3-chizma


AB=BE, CF=BC, EF=2p
AB+BC+CA=2p.


BE+BC+CF=2p.
AEF yordamchi figura bo’ladi.


Yüklə 42,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin