Kristall modelida bo‘lgan simmetriya elementlari: simmetriya o‘qining tartibi va soni, simmetriya tekisligining soni, simmetriya markazining kristall modelida borligi yoki yo‘qligi.
Aniqlash natijasida olingan ma’lumotlarni daftarga quyidagi tartibda yoziladi: kristall modeli simmetriya elementlarining yig‘indisi 3L4,4L3, 6L2 9PS bo’ldi.
Yozilgan formulaga ко‘ra kristall modeli va kub singoniyaga to‘g‘ri keladi, chunki undan 3 tartibli simmetriya o‘qidan 4 tasi o‘tgan edi - 4L3 demak, olingan ma’lumotlarga ko‘ra, aniqlanayotgan model oliy katego‘riyaga kiruvchi kub singoniyasi kristall shakl ekan.
Kristallarda simmetriya vositalarining 32 xil turlari ma’lum va bu 32 xil ko’rnish simmetriya ko'rinishi yoki sinfi deyiladi (2.1-jadval). Simmetriya vositaiari qatoriga sinchiklab qarar ekanmiz, ulaming orasida qandaydir o‘xshashlik borligini ko‘ramiz, masalan shu simmetriya vositaiari qatorlarining muayan guruhida faqat bittadan L2, boshqa guruhida faqat L3 yoki L4 boshqa guruhida L6 bor, bu o‘qlarning hammasi ham yagona yo‘nalishga mos bo‘jadi. Yagona yo‘nalishga ega bo’lmagan kristall shakllarining boshqa guruhida 3L4 yoki 3L2va 4L3 mavjud.
Simmetriya ko'rinishlarining o‘xshashligiga qarab ajratilgan guruhlar singoniya (o'xshash burchakli) deb ataladi. Shu bilan birga, har qaysi singoniya kristallari o'ziga xos geometrik shakllar va o‘sha kristallami tashkil etuvchi fazoviy panjarasi, elementar yacheykasining qiyofasi bilan ham boshqa singoniya kristallaridan farq qiladi. Singoniyalar jami ettita boiib, ulaming nomi fazoviy panjara - elementar yacheykasining elementar parallelopipedlarining geometrik xususiyatlariga asoslanadi. Quyida shu singoniyalar bilan tanishamiz.
Triklin singoniya. Nomi yunoncha tri - uch va klin - qiyshiq degan so‘zlardan tashkil topgan, chunki bu singoniya kristallarining elementar yacheykasi parallelopipedlarida qirralar orasidagi burchaklaming uchtasi ham to‘g‘ri emas (9O°ga teng emas).
Monoklin singoniya (yunoncha mono - bir demakdir) elementar yacheykasi qirralari orasidagi burchakning ikkitasi to‘g‘ri (9O°dan), uchinchisi esa 9O° ga teng emas. Bu singoniyada bir simmetriya o‘qi (L2) yoki bir tekislik (P), yoki bir o‘q bilan bir tekislik markazi bilan birgalikda mavjud bo’lishi mumkin ( L2 PC).
Rombik singoniya. Bu simmetriya kristallarining ko'pchiligida ikkinchi darajali simmetriya o‘qiga tik olingan ko‘ndalang kesim romb ko‘rinishida bo’lganligi uchun shunday nom berilgan. Bu singoniya kristallarida uchta ikkinchi darajali o‘qqa perpendikular ravishda uchta tekislik hamda markaz keladi (3L2 3PC). Bu singoniyada yana ughta ikkinchi darajali o‘q (3L2) yoki bitta ikkinchi darajali o‘qqa ikkita perpendikulyar tekislik ham bo‘iishi mumkin (L22P).
Trigonal singoniya.Bu singoniyada bittadan uchinchi yoki inversion oltinchi darajali simmetriya o‘qi mavjud. Bu singoniyada bitta uchinchi darajali o‘q bilan birgalikda bir tekislik (L3 3P) yoki uchinchi darajali o‘qqa perpendikular ravishda uchta ikkinchi darajali o‘q va to‘rtta tekislik bo‘lishi mumkin (L3 3L2 4P).
Tetragonal singoniya. Kristallarda bitta to‘rtinchi, darajali simmetriya o‘qi bo‘ladi. Bu singoniyada shakl to‘liq bo‘lganda, to'rtinchi darajali o‘qqa perpendikulyar ravishda to‘rtta ikkinchi darajali o‘q va beshta tekislik hamda markaz bo‘ladi (L4 4L2 5PC).
Geksagonal singoniya. Bu kristallarida bitta oltinchi darajali simmetriya o‘qi mavjud, bu singoniyada uchraydigan kristallarda shakl to‘liq bo‘lgan holda oltinchi darajali simmetriya o‘qqa perpendikulyar ravishda oltita ikkinchi darajali o‘q, ettita simmetriya tekisligi va simmetriya markazi mavjud bo‘ladi (L66L2 7PC).
Kubik singoniya. Bu singoniya kristallarida doimo to'rtta uchinchi darajali o‘q bo‘lib (4L3), bunga perpendikular ravishda uchta to‘rtinchi darajali o‘q (3L4) yoki uchta ikkinchi darajali (3 L2) o‘q bo’ladi..Kubik singoniyada simmetriya vositalarining maksimal darajalari 3L4 4L3 6L2 9PC bo’ladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan singoniyalar simmetriyalik darajasiga qarab quyidagicha uchta kategoriyaga bo‘linadi:
Simetriyalik darajasi past kategoriya.
Simetriyalik darajasi o‘rta kategoriya.
Simetriyalik darajasi yuqori kategoriya.
Simmetriyalik darajasi past kategoriyaga mansub kristallarda har bir yo‘nalish uch yoki undan ortiq marta takrorlanadi, demak, bularda yagona yo‘nalis'n b '‘Imaydi. Shunga ko‘ra shu kategoriya kristal shakllarida simmetriya vositalarining bo’lmasligi va ayni paytda bo’lishi ham mumkin. Mavjud simmetriya o'qlarining darajasi ikkitadan ortmaydi; simmetriyalik darajasi o‘rtacha kategoriya kristall shakllarida yagona yo'nalish mavjud bo'lib, u yuqori darajali simmetriya o‘qi bilan mos yo'nalishda o‘tadi. Demak, shu kategoriya uchun xos kristall shakllarida yagona yo‘nalish va yuqori darajali o‘qlaring soni bittadan ortiq - ko‘p bo’ladi.