14. Kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-atvorini, boshliqlar va hodimlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning psixologik jihatlarini, psixologik propaganda va kontrlropaganda metodlarini, harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolarni psixologiyaning qaysi tarmog’i tadqiq qiladi? A) Pedagogik psixologiya
B)Savdo psixologiyasi
C)Muhandislik psixologiyasi
D) Harbiy psixologiya
15. Sportchilar shaxsi va faoliyatining psixologik xususiyatlarini, ularni psixologik jihatdan tayyorlashning shart-sharoitlari va vositalarini, sportchining tashqi chiniqqanligi va safarbarlikka tayyorligining psixologik mezonlarini, musobaqalarii tashkil etish va o’tkazish bilai bog‘liq psixologik omillarni psixologiyaning qaysi tarmog’io’rganadi? A)Sport psixologiyasi
B)Yosh davrlar psixologiyasi
C)Savdo psixologiyasi
D)Muhandislik psixologiyasi
16. Psixika turmush tarzi bilan belgilanishi va turmush tarzi o’zgarishlariga qarab o’zgarishi psixologiya fanining qaysi printsipiga xos? A)Determnizm printsipi
B)Ong va faoliyat birligi
C)Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi
D)Psixikani tadqiq etish insonning ongli faoliyatini o’rganishdir
17. Ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi emas, lekin ular bir-biriga aynan o’xshash ham emas, ammo birlikni tashkil etadi. Bu psixologiya fanning qaysi printsipini ifodalaydi? A) Psixikani tadqiq etish insonning ongli faoliyatini o’rganishdir
B)Determnizm printsipi
C)Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi
D)Ong va faoliyat birligi
18. Psixika agar faoliyat samarasi va rivojlanishi mahsuli sifatida qaraladigan bo’lsagina, u to’g’ri tushunilishi mumkin. Bunda psixologiya fanining qaysi printsipi nazarda tutilyapti? A) Determnizm printsipi
B)Ong va faoliyat birligi
C) Psixika va ongning faoliyatda taraqqiy etishi
D)Psixikani tadqiq etish insonning ongli faoliyatini o’rganishdir