5.«Mashq egri chiziqlari» yoki «o’rgatish egri chiziqlari» qaysi jarayonga taalluqli? A) Adaptatsiya jarayoniga
B)Ehtiyojlarning qondirilish jarayoniga
C)Shaxsning shakllanishiga
D) Faoliyatning o’zlashtirilishiga
6.Subyekning o’rganishni maqsad qilib olgan, axborotni, harakatlarni, xulq-atvor shakllarini o’zlashtirishga qaratilgan faoliyat turini ko’rsating? A) Mehnat
B)O’yin
C) Ta’lim
D)Amaliy faoliyat
7.Ma’lum bir ijtimoiy foydali, moddiy yoki ma’naviy mahsulotni ishlab chiqarishga yo’naltirilgan faoliyat turini ko’rsating? A) Mehnat
B)Ta’lim
C)O’yin
D)Amaliy faoliyat
8.Inson xulq-atvori, uning bog’lanishi, yo’nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmui nima deyiladi? A) Ehtiyoj
B) Motivatsiya
C)Malaka
D)Faoliyat
9.Ma’lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq bo’lgan faoliyatga moyillik, ya’ni harakatga undovchi kuch bu- A) Faoliyat
B)Ish-harakat
C)Malaka
D) Motiv
10.Chaqaloqning inson zotiga mansubligini tasdiqlaydigan faqat qanday tushuncha bilan nomlanadi? A) Individ
B)Shaxs
C)Individuallik
D) Yo’nalganlik
11.Kishining o’ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birkmasi. . . deyiladi A) Shaxs
B)Individ
C) Individuallik
D)Yo’nalganlik
12.Ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning subyekti bo’lmish individ bu. . . A) Shaxs
B)Individ
C)Individuallik
D)Yo’nalganlik
13.Kishining tevarak-atrofda munosabat birgalikdagi faoliyat va ijodiy ish jarayonida namoyon bo’ladigan ijtimoiy ahamiyatga molik o’zgarishlar qilish layoqati shaxsning. . . sifatida tushuniladi A) Yo’naltirilganligi
B) Faolligi
C) Hayotiy pozitsiyasi
D) Himoya mexanizmi
14.Ong bu... A) Psixikaning oliy, uni yaxlit bir holatga keltirib turuvchi shakli bo’lib, odamlarning mehnat faoliyati va o’zaro munosabatlari jarayonida shakllagan
B)Odamning borliqni bilishga yo’naltirgan faolligidir
C)Bizning bilimlarimiz, fikr-mulohazalarimiz, tushunchalarimiz, o’z-o’zimizga baho berishimizdir
D)Tevarak atrofimizdagi olam haqidagi bilimlarimiz mahsulidir