1-§. Xo‘jalik jarayonlari to‘g‘risida tushuncha


Тartibga soluvchi schotlar



Yüklə 411,13 Kb.
səhifə12/50
tarix28.12.2023
ölçüsü411,13 Kb.
#201041
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50
Buxgalteriya lit-hozir.org

Тartibga soluvchi schotlar. Bu guruhga kiritilgan schotlarning asosiy maqsadi xo‘jalik mablag‘larining joylanishini va tashkil topishini, manbalarning tegishli qo‘shimcha ma’lumotlari yordamida aniqlik kiritish yo‘li bilan tartibga solishdir, ularning qiymatini, to‘liqligini nazorat qilishda qo‘shimcha ma’lumot zaruriyatini tasdiqlashdir. Misol uchun: „Asosiy vositalar“ schotini olaylik. Asosiy vositalar qabul qilingandan to yaroqsiz holga kelib, hisobdan chiqarilgunga qadar „Asosiy vositalar“ schotining debet tomonida ko‘rsatiladi. Ulardan foydalanish davomida o‘z qiymatini asta-sekin yangidan yaratilgan mahsulotga o‘tkazib boradi. Bu esa asosiy vositalarning eskirishi sifatida amalga oshiriladi. Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini, ularning to‘liqligini ta’minlashda, ularning eskirishini aniqlash bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotga asosan asosiy vositalarning qoldiq qiymati aniqlanadi. Bu holat bevosita tartibga soluvchi schotlar yordamida olib boriladi. O‘z navbatida, tartibga soluvchi schotlar kontrar schotlar deb yuritiladi va ular ikkiga kontrfaol va kontrnofaol schotlarga bo‘linadi.
Umuman, kontrfaol va kontrnofaol schotlarning ma’lumotlariga asosan asosiy schotlarning qoldiqlari tartibga solinadi.


Тaqsimlovchi schotlar. Bu schotlar yordamida xarajatlarni to‘g‘ri hisobga olish, mahsulot tannarxiga o‘tkazish yoki ularni hisobot davrlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash imkoni yaratiladi. Тaqsimlovchi schotlar ham ikkiga, ya’ni yig‘ib taqsimlovchi va hisobot davrlari o‘rtasida taqsimlovchi schotlarga bo‘linadi. Yig‘ib taqsimlovchi schotlarga „Umumxo‘jalik xarajatlari“ schoti kiradi. Hisobot davrida taqsimlanadigan schotga „D avr xarajatlari“ kiradi. Тaqsimlovchi schotlarning ikki guruhga bo‘linishi bevosita xarajatlarning mahsulot tannarxiga o‘tkazilishi bilan yoki hisobot davridagi yalpi daromad yoki foydadan qoplanishi bilan bog‘liqdir. Тaqsimlovchi schotlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu schotlarga oy boshiga, oxiriga qoldiq qoplanadi, qilingan barcha xarajatlar ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga to‘liq o‘tkaziladi. Bunday o‘tkazish taqsimlovchi schotlar orqali amalga oshiriladi. Xarajatlarni taqsimlash ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbatan olib boriladi.
Yig‘ib taqsimlovchi schotlarda xo‘jalik muomalalarini aks ettirish tartibi va xarajatlarni taqsimlash tartibini o‘rganish maqsadida quyidagi misollarga murojaat qilamiz.



Yüklə 411,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin