2-§. Buxgalteriya hisobida mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish
Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqargan mahsulotining bahosini aniqlab, sotish uchun tayyorgarlik ko‘radi. M ahsulot tannarxini aniqlash maqsadida kalkulatsiya qilinadi. Kalkulatsiya qilishda ma’lum bir mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilinadigan xarajatlar rejalashtiriladi va bir dona ishlab chiqariladigan mahsulotga taalluqli bo‘lgan sarf-xarajatlar rejasi hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarilishi zarur bo‘lgan mahsulotning reja tannarxi deb, mahsulotni ishlab chiqarish uchun ko‘zda tutilgan xarajatlar yig‘indisiga aytiladi. Ishlab chiqarish jarayonida mahsulotning rejadagi tannarxi bilan haqiqiy tannarxi o‘rtasida farq kelib chiqishi mumkin. Agar mahsulotning haqiqiy tannarxi reja tannarxidan past bo‘lsa, aytish mumkinki, ishlab chiqaruvchi ilg‘or texnologiyadan foydalanish hisobiga mahsulot tannarxini arzonlashtirib, o‘z foydasini oshirishga erishgan. Ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi rejadagi tannarxdan yuqori bo‘lsa, u holda korxona mahsulotni ishlab chiqarishda qo‘shimcha xarajatlarga yo‘l qo‘ygan, deb baholash mumkin.
O‘z navbatida, mahsulot ishlab chiqarishda sarf qilingan xarajatlar, asosan, ikkiga bo‘linadi:
Asosiy xarajatlar
Ustama xarajatlar.
Asosiy xarajatlarga ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil qiluvchi, bevosita ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xarajatlarga aytiladi. Bunday xarajatlarga: material xarajatlari, asosiy ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq ishchilarning ish haqi xarajatlari, ijtimoiy sug‘urta xarajatlari kiradi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga kiritiladigan xarajatlar bevosita xarajatlar deb yuritiladi. Shunday xarajatlar qilinadiki, ularni ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tkazish mumkin emas, chunki bunday xarajatlar turli ishlab chiqarilgan mahsulotlarga taalluqlidir, bunday xarajatlar bilvosita xarajatlar deb ataladi. Bilvosita xarajatlar ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga tegishli taqsimlash yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Mahsulot ishlab chiqarishda sarf qilingan xarajatlarni to‘g‘ri hisob-kitob qilishda ularni tugallangan va tugallanmagan tayyor mahsulotlar bo‘yicha alohida-alohida aniqlash talab qilinadi, chunki mahsulot tannarxi kalkulatsiyasi, asosan, tayyor mahsulotga nisbatan amalga oshiriladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda, shu jumladan, buxgalteriya hisobiga doir yozilgan adabiyotlarda kalkulatsiya bilan kalkulatsiya qilishga turlicha ta’rif berilgan. Professor M.Ostonaqulov tomonidan yozilgan „Buxgalteriya hisobi nazariyasi“ darsligida bu holatga to‘g‘ri ta’rif berilgan. Kalkulatsiya deb, ma’lum ishlab chiqarilgan mahsulot, tayyorlangan moddiy qiymatlik, bajarilgan ish va qilingan xizmatlarning rejalashtirilgan, me’yoriy yoki haqiqiy tannarxini ko‘rsatuvchi hujjatga aytiladi.
Kalkulatsiya qilish deb esa, ishlab chiqarilgan mahsulot, tayyorlangan moddiy qiymatlik, bajarilgan ish va qilingan xizmatlarning rejalashtirilgan ish va qilingan xizmatlarning rejalashtirilgan, me’yoriy yoki haqiqiy tannarxini aniqlash jarayoniga aytiladi.
Xarajatlarni mahsulot tannarxiga o‘tkazish, ya’ni bevosita tannarxga ta’sir qiluvchi xarajatlardan unumli foydalanish, mahsulot sifatiga salbiy ta’sir qilmasdan ularni tejab qolish imkoniyatlarini ishga solish, rentabellikni oshirishga qaratilgan omildir.
Mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxiga kiritilgan xarajatlar qonun va me’yoriy hujjatlar bilan tasdiqlanib, kalkulatsiya moddalari ishlab chiqiladi.
Mahsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlashda xarajatlarni hisobot davrlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash alohida e’tiborlidir. Shunday xarajat moddalari borki, ularni hisobot davri bo‘yicha to‘liq tannarxiga o‘tkazish iqtisodiy jihatdan noo‘rindir. H ozirgi kunda mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga quyidagi xarajatlar kiritilgan.
Misol uchun, kelgusi yil uchun gazeta va jurnallarga obuna bo‘lish hisobot yilining oxirida amalga oshiriladi. Agar bu xarajatlarni hisobot yilining oxirgi oylarida xarajatlarga qo‘shilmasa, mahsulot tannarxida sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday xarajatlar buxgalteriya hisobida „Kelgusi davr xarajatlari“ deb hisobga olinadi. H isobot yili boshlangandan so‘ng obuna xarajatlarining o‘rtacha oylik miqdori aniqlanib, ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga oyma-oy o‘tkazilib boriladi.
Mahsulot tannarxining to‘g‘ri hisoblanishi, har bir korxona va tashkilot uchun mas’uliyatli davr hisoblanib, unda mahsulot ishlab chiqarishga sarf qilingan asosiy va qo‘shimcha xarajatlar hisob-kitob qilinadi. Iqtisodiy adabiyotlarda mahsulot ishlab chiqarishda, uning tannarxini aniqlashda turli usullar, shu jumladan: oddiy oraliq, zakaz (buyurtma), normativ usullarining ishlatilishi ko‘rsatilgan.
Yuqoridagi usullardan qaysi birini tanlash va amaliyotda foydalanish bevosita ishlab chiqarilayotgan mahsulotga, korxona texnik holatiga ham bog‘liqdir. M ahsulot tannarxini aniqlashda qaysi bir usuldan foydalanmaylik, tannarxni aniqlovchi schot bo‘lib, u „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti hisoblanadi. Bu schotning debet tomonida tegishli mahsulot ishlab chiqarishga sarf qilingan asosiy xarajatlar ko‘rsatiladi. Mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan turli xarajatlar bosh schotlarda yig‘ilib boradi. Hisobot davrining oxirida mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar «Asosiy ishlab chiqarish» schotiga o‘tkaziladi.
Mahsulot tannarxini aniqlashda hukumat tomonidan belgilangan xarajatlarni mahsulot tannarxiga o‘tkazish tartibi va xarajat moddalariga alohida e’tibor talab qilinadi. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajat moddalariga asosan ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi „Asosiy ishlab chiqarish“ schotida aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999- yil 5- fevraldagi 54- qarorida mahsulot (ishlar, xizmatlar) ning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi ko‘rsatilgan. Qarorga asosan, mahsulot (ishlar, xizmatlar) ning ishlab chiqarish tannarxiga ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi bilan shartlangan xarajatlar kiradi. Ularga quyidagi xarajatlar tegishlidir:
— bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
— bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
— ishlab chiqarish xususiyati bilan bog‘liq bo‘lgan ustama xarajatlar.
Dostları ilə paylaş: |