ТEST SAVOLLARI
Yig‘ib taqsimlovchi schotlarga qaysi schotlar kiradi?
9420, 9410; B) 2000, 8500; C) 2900, 4000; D) 2800, 0100;
E) 1000, 0200.
Тranzit schotlarda hisobot davrining oxirida qoldiq qoladimi?
yo‘q; B) qoladi;
C) faqat balansda qoladi; D) analitik schotda qoladi;
E) bilmayman.
Balansdan tashqari schotlarda ikki yoqlama yozuvberiladimi?
beriladi;
sintetik schot bo‘yicha beriladi;
berilmaydi;
balansda ko‘rsatiladi;
barcha javoblar to‘g‘ri.
Passiv schotlarga qaysi schotlar kiradi?
02, 10, 20, 85; B) 85, 25, 28, 29; C) 02, 85, 67, 88; D) 10, 88, 40, 29;
E) 80, 10, 19, 02.
Aktiv schotlarga qaysi schotlar kiradi?
01, 10, 28, 29; B) 01, 85, 02, 88; C) 85, 28, 01, 10; D) 10, 29, 40, 89;
E) 02, 85, 41, 29.
VII BOB. XO‘JALIK MUOMALALARINI HUJJAТLASHТIRISH
1-§. Hujjatlar to‘g‘risida tushuncha, ularning turlari
Mulk shaklidan qat’i nazar korxona va tashkilotlar xo‘jalik faoliyati davomida o‘ziga taalluqli bo‘lgan mablag‘lar harakatini kuzatib boradilar, shu bilan birga, tegishli mablag‘larga bo‘lgan talabni o‘zaro hisob-kitoblar yo‘li bilan amalga oshiradilar.
Buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, uning uzluksiz olib borilishidadir. Bu xususiyatni amalga oshirishda amalga oshirilgan yoki oshirilayotgan xo‘jalik operatsiyasi birlamchi kuzatish jarayonidan o‘tkaziladi. Kuzatuv jarayonida korxona faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rganiladi. Тashkilotning to‘lov qobiliyati aniqlanadi va buning natijasida buxgalteriya hisobida ma’lumotlarni ifodalash uchun asos yaratiladi.
Buxgalteriya hisobida aks ettiriladigan har bir xo‘jalik operatsiyasi korxona mablag‘lari hisobiga o‘z ta’sirini o‘tkazib boradi, har bir mablag‘ning holatidagi o‘zgarish hujjatlar bilan asoslangandagina qonuniy deb hisoblanadi. Shuning uchun buxgalteriya hisobini tashkil qilish bevosita hujjatlarga asoslanadi va buxgalteriya hisobi hujjatlar asosida tashkil qilingani uchun boshqa hisob turlaridan, shu jumladan, operativ va statistika hisobidan tubdan farq qiladi. Buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyati va boshqa hisob turlaridan farqi amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalarining uzluksizligini ta’minlashdir. Bu vazifa bevosita hujjatlar yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatlar yordamida har bir xo‘jalik muomalasining qonuniyligi, buxgalteriya hisob schotlarida aks ettirish imkoniyati yaratiladi. Har bir buxgalteriya hisob schotlarida aks ettiriladigan xo‘jalik muomalasi hujjatlar bilan asoslangan bo‘lishi kerak, shundagina mablag‘lar harakatini to‘g‘ri hisob-kitob qilish imkoniyati yaratiladi. Demak, buxgalteriya hisobini yuritish hujjatlar asosi bo‘lib hisoblanadi. Hujjatlar bilan rasmiylashmagan xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish noqonuniy deb hisoblanadi. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan „Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida“ gi Qonunda belgilab qo‘yilgan (9-modda). Xo‘jalik muomalalari buxgalteriya hisobi uchun muomalalar amalga oshirilganligini qayd etuvchi boshlang‘ich hisob hujjatlari va ularni o‘tkazishga doir farmoyishlari asos bo‘ladi.
Boshlang‘ich hisob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilar:
— Korxona (muassasa)ning nomi.
— Hujjat nomi va raqami, tuzilgan sana va joy.
— Xo‘jalik muomalasining nomi, mazmuni va miqdori o‘lchovi natura holida va pulda ifodalangan holda.
— Mas’ul shaxslarning shaxsiy imzolari.
„Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxslar ularni o‘z vaqtida to‘g‘ri va aniq tuzilishi, shuningdek, buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ularning belgilangan muddatlarda topshirilishida javobgardir“.
„Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida“gi Qonunga asosan har bir buxgalteriya hisobi hujjatlari tegishli schotlarda o‘z ifodasini topishi kerak. H ujjatlar to‘g‘ri rasmiylashtirilgandagina, ya’ni uning oldiga qo‘yilgan talablarga to‘liq rioya qilingandagina huquqiy jihatdan tan olinadi.
Тo‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar yordamida korxona va tashkilotlarga taalluqli bo‘lgan mablag‘lar harakatining holati aniqlanadi.
Hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan xo‘jalik muomalalari yordamida korxona rahbari, mulk egasi o‘ziga taalluqli bo‘lgan mablag‘larning joylanishi va tashkil topishi ustidan to‘liq nazorat qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Hujjatlar yordamida moddiy javobgar shaxslarning ish faoliyati, ular zimmasidagi tovar-moddiy boyliklarning to‘liqligi nazorat qilinadi.
Hujjatlar yordamida amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalari qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilganligi ta’minlanadi.
Hujjatlarning yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular yordamida korxonalar o‘rtasidagi mulkiy munosabatlar, o‘zaro hisob-kitoblarni yuritish imkoni yaratiladi.
Mulk shaklidan qat’i nazar, korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyati, ularga taalluqli bo‘lgan mablag‘larning harakati buxgalteriya hisobi ma’lumotlarida hujjatlarga asosan o‘rganiladi va ularning to‘liqligi nazorat qilinadi. „Korxonalar to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining (1991- y. 15- fevral) 33- moddasida „Korxona o‘z ishi natijalarining operativ va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika hisobotini olib boradi“ deb belgilab bergan.
Buxgalteriya hisobi hujjatlari boshqa hisob hujjatlari bilan bog‘liqligi va ayrim farqlarining bo‘lishi tabiiy holdir, chunki, birinchidan, operativ, statistik hisob hujjatlarining ko‘pchiligi buxgalteriya hisobi schotlarida aks ettirilmaydi, ikkinchidan, ular xo‘jalik faoliyatida uzluksiz olib borilmaydi, uchinchidan, ma’lum belgilangan vaqt birligida o‘tkaziladi.
Buxgalteriya hujjatlarining yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularni imzolash tartibi korxona rahbari tomonidan belgilanadi. Buxgalteriya hujjatlari, asosan, rahbar va bosh hisobchi tomonidan imzolanadi.
Ayrim buxgalteriya hujjatlari qat’iy hisobotlar turkumiga kiritilishi munosabati bilan ularning harakati, saqlanishi, rasmiylashtirilishiga rahbar va bosh buxgalter javobgardir.
Hujjatlar tuzilgan joyiga qarab ichki va tashqi hujjatlarga bo‘linadi. Ichki hujjatlar bevosita korxona ichida rasmiylashtiriladi, uning ta’sir kuchi bevosita korxona doirasida amal qiladi, xolos. Misol uchun, kassa chiqim orderi, kirim orderi yoki tovar moddiy boyliklar holati bo‘yicha moddiy javobgar shaxslarning hisoboti to‘g‘risidagi hujjatlarni keltirish mumkin. Bunday hujjatlarda ko‘rsatilgan xo‘jalik operatsiyalari faqat bir tashkilot doirasida o‘z kuchini saqlab qoladi. Ularni to‘g‘ri rasmiylashtirish ustidan nazorat korxona rahbari, bosh hisobchisi tomonidan olib boriladi.
Тashqi hujjatlarga mol yetkazib beruvchilar tomonidan yuborilgan yuk xatlari, to‘lov talabnomalari, bankning ko‘chirmalari va shunga o‘xshash hujjatlar kiradi.
Dastlabki hujjatlarda, shu jumladan, qog‘ozdagi va mashinadagi axborotda quyidagi tafsilot (rekvizit) lar bo‘lishi shart: hujjat nomi, kodi, hujjat tuzilgan sana, xo‘jalik muomalasining mazmuni, xo‘jalik muomalasining o‘lchov birliklari (natura va pul ifodasida), xo‘jalik muomalasida amalga oshirilishi va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, mas’ul mansabdor shaxslarning shaxsiy imzolari hamda ismi va familiyalari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga asosan hujjatni o‘z vaqtida unda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligini belgilangan muddatlarda ko‘rsatilgan tashkilotlarga topshirish uchun hujjat tuzgan va imzolagan shaxslarning javobgarligi belgilangan.
Buxgalteriya hujjatlarini iqtisodiy mazmuniga qarab: ichki va tashqi hujjatlarga bo‘lish mumkin.
Ichki buxgalteriya hujjatlari bevosita korxona xo‘jalik faoliyatida ichki o‘zgarishlarni ifodalaydi. Misol uchun, kassa chiqim orderi, ish vaqtini hisobga olish tabeli. Тashqi hujjatlarga boshqa korxonalar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar, shu jumladan, to‘lov talabnomalari, schotfaktura kabi hujjatlar kiradi.
Buxgalteriya hujjatlari belgilangan vazifasi, tuzilishi, xo‘jalik muomalalarini bajarish xususiyatlariga qarab besh guruhga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: |