1-§. Xo‘jalik jarayonlari to‘g‘risida tushuncha


Farmoyish beruvchi hujjatlar



Yüklə 411,13 Kb.
səhifə22/50
tarix28.12.2023
ölçüsü411,13 Kb.
#201041
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50
Buxgalteriya lit-hozir.org

Farmoyish beruvchi hujjatlar. Bu guruhga kiruvchi hujjatlarga, chek, farmoyishlar kiradi. Bu hujjatning vazifasi tegishli xo‘jalik muomalalarini bajarish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni korxona rahbari tomonidan tegishli moddiy javobgar shaxsga ma’lum xo‘jalik muomalasini bajarish uchun qonuniy sharoit yaratiladi.
Farmoyish beruvchi hujjatlarda, asosan, ish bajarish muddati, bajaruvchi shaxs ko‘rsatiladi. Farmoyish hujjatlar asosida xo‘jalik muomalalari amalga oshiriladigan hujjatlar, demak, farmoyish hujjatlari, buxgalteriya schotlari, yozuvlari manbalari yaratiladi.


Тasdiqlovchi hujjatlar. Bu guruhga kiruvchi hujjatlar tegishli farmoyishning bajarilishini nazorat qilish, bajarilishini tasdiqlash imkonini beradi. Bu guruhga kiruvchi hujjatlarga moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari, kassa kirim va chiqim kvitansiyalari, to‘lov qaydnomalari kabi hujjatlar kiradi.
Misol uchun, moddiy javobgar shaxs do‘kon mudirining tovar hisobotida qabul qilingan, sotilgan va hisobot davrining oxirida qolgan tovarlarning to‘liqligi tasdiqlanadi.
Buning uchun har bir tasdiqlovchi hujjat javobgar shaxslar tomonidan imzo bilan tasdiqlanadi.

Qo‘shma hujjatlar (kombinatsiyalashtirilgan hujjat). Bu guruh hujjatlar bir vaqtning o‘zida farmoyish beruvchi va tasdiqlovchi vazifani bajaradi.

Buxgalteriyada rasmiylashtiriladigan hujjatlar. Bunday hujjatga bevosita buxgalteriya xodimlari tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjatlar kiradi. Hujjatlarni rasmiylashtirishda farmoyish va tasdiqlovchi hujjatlarga amal qilinadi. Misol uchun, asosiy vositalarga eskirish hisoblash varaqasi (qaydnoma) — bu hujjat bevosita buxgalteriyada to‘ldirilsa ham undagi ma’lumotlarning qonuniyligi farmoyish yoki tasdiqlovchi hujjatlar yordamida olib boriladi.
Buxgalteriyada rasmiylashtiriladigan hujjatlar tegishli schotlarda ikki yoqlama yozuv bilan ifoda qilinadi.


Axborot beruvchi hujjatlar. Bunday hujjatga bevosita tovar moddiy qiymatliklar harakatini, to‘liqligini ta’minlash maqsadida korxona rahbariga tayyorlanadigan axborotnomalar, mahsulotlar tannarxi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin. Axborot beruvchi hujjatlar umumlashtirilishi yoki yakka tartibda rasmiylashtirilishi mumkin. D emak, axborot beruvchi hujjatlar tegishli xo‘jalik muomalalarini bajarishda yoki bajarish natijalarini nazorat qilishda keng foydalaniladi.
Buxgalteriya hujjatlari tuzilishiga qarab, kunlik va yig‘ma hujjatlarga bo‘linadi. Kunlik hujjatlarga xazinachi hisobi va tovarlar harakati to‘g‘risidagi hisobot, kirim-chiqim orderlarini kiritish mumkin. Kunlik hujjatda sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalalarining holati ko‘rsatiladi.
Yig‘ma buxgalteriya hujjatlariga misol tariqasida, o‘sha xazinachi hisobini yoki tovar hisobotlarini keltirish mumkin.
Agar moddiy javobgar shaxslar tomonidan hisoblar har kunlik tuzilsa, bu — kunlik hujjat deb yuritiladi. Agar hisobot har besh-o‘n kunda bir marta tuzilib, buxgalteriyaga topshirilsa, unda yig‘ma hujjat vazifasini bajaradi.
Yig‘ma buxgalteriya hujjatlari bir turli xo‘jalik muomalalarini aks ettirish yoki umumlashtirilgan xo‘jalik muomalalarini ifodalovchi bo‘lishi mumkin.
Buxgalteriya hujjatlarida ayrim, ya’ni to‘ldiruvchi ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin. Misol uchun, korxona manzili va hokazolar.
Buxgalteriya hujjatlarini imzolash, to‘g‘riligini nazorat qilish bevosita bosh buxgalter zimmasiga yuklanadi.
H ar bir amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyasi hujjatlar bilan tasdiqlangandagina qonuniy kuchga ega deb hisoblanadi. Hujjat deb amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyasini tasdiqlovchi, belgilangan talablarga javob beruvchi ish qog‘oziga aytiladi. Buxgalteriya hisobida hujjatlar holati, ularga qo‘yiladigan talablar alohida ahamiyatlidir.
Ko‘p hollarda buxgalteriya hisobida hujjat bilan hujjatlashtirish bir xil ma’no beradi degan tushuncha mavjud. Aslida hujjatlar asosida xo‘jalik operatsiyalari hujjatlashtiriladi, demak, buxgalteriya hisobida hujjatlashtirish deb korxona va tashkilotlarda xo‘jalik operatsiyalarini o‘z vaqtida hujjatga asosan to‘g‘ri rejalashtirish holatiga aytiladi.
Korxona va tashkilotlarda xo‘jalik operatsiyalarini o‘z vaqtida to‘g‘ri rasmiylashtirish, birinchidan, xatoliklarga yo‘l qo‘yishning oldini olsa, ikkinchidan, mablag‘lar tarkibidagi o‘zgarishlarni tahlil qilish imkonini beradi, uchinchidan esa korxonalar o‘rtasidagi hisob-kitoblar belgilangan muddatlarda olib borilishini ta’minlaydi.


Yüklə 411,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin