Fonetika
1. 0‘g‘lim, sen
uzumini yegin-u, bog'ini surishtirma.
Ushbu gapda tarkibidagi barcha undoshlari jarangli
til undoshlariga mansub bo‘lgan so‘z qanday
sintaktik vazifa bajargan?
A) kesim
B) undalma
C) ega
D) to‘ldiruvchi
2. Qaysi gapdagi ega vazifasidagi so‘z tarkibida
ishtirok etgan undoshlarning barchasi jarangli til
undoshlari sanaladi?
A) Ilm olish oson ish emas, unga har kim
chidayvermaydi.
B) Javohir yo‘lda adashib qolgan bir cholni ko‘rib
qoldi.
C) Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga
yo‘rg‘alar.
D) Shunda botir o‘g‘lonlar yurt
himoyasiga
otlanibdilar.
3. Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha
undoshlari jarangli til undoshlariga mansub bo‘lgan
yasama so‘zlarni aniqlang.
1) yolg‘izlik; 2) teshik; 3) guldor; 4) yozgi;
5) jigarrang; 6) diyor.
A) 1, 3,4,5
В) 1, 2, 3, 6
C) 3, 4, 5
D)4,5, 6
4. Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha
undoshlari jarangli til undoshlariga mansub bo‘lgan
yasama so‘zlarni aniqlang.
1) yig‘in; 2) tushuncha; 3) ozg‘in; 4) g‘ildirak; 5)
ezgu; 6) yog‘li.
A) 1, 3, 6
В)1,2, 4,5,6
C) 1, 3, 5,6
D)2, 4, 5
5. Quyida berilganlardan tarkibida ng harflar
birikmasi ishtirok etgan so‘zlarni aniqlang.
1) dengiz; 2) singan; 3) kongress; 4) ko‘rdingiz; 5)
tonggi; 6) osmonga.
A) 1,4,5,6
B) 2,3,5,6
C) 1,4,5
D) 1,2,3,4,6
6. Quyida berilganlardan tarkibida ng harflar
birikmasi ishtirok etmagan so‘zlarni aniqlang.
1) sening; 2) donga; 3) shtanga; 4) qonguncha; 5)
yengil; 6) ko‘ngach.
A) 2, 3, 5, 6
В) 1, 3, 4, 5
C) 2, 3, 4, 6
D) 1, 2, 4, 6
7. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar tarkibida til orqa
burun undoshi qatnashgan?
A) so‘nggi, kongress, tungi
B) jarang, singil,
bugungi
C) tong, shtanga, ko‘rdingiz
D) tongi, yengildi, dengiz
8
. Ko‘p tilni bilish bitta qulfni ocha oladigan bir
nechta kalitga ega bo‘lishdir.
Ushbu gapdagi tarkibida jarangsiz lab undoshi
qatnashgan so‘zlar qaysi turkumga oid?
A) ravish, fe’l, ot
B) ravish, ot
C) fe’l, ot, olmosh
D) ot, olmosh
9. Odobli, bilimdon, aqlli,
mehnatsevar va iymon-
e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun
jamiyatning katta boyligidir.
Ushbu gapdagi ot
yasovchi qo‘shimchalar tarkibida nechta til oldi
jarangli undosh ishtirok etgan?
A) 3 ta
B) 2 ta
C) 6 ta
D) 1 ta
10. Sovuqdan dag‘-dag‘ qaltirayotgan cho‘pon
uzoqdan miltiqning ovozini eshitdi.
Ushbu gapda qatnashgan taqlid so‘z tarkibidagi
undoshlar haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri
emas?
A) Jarangsiz lab undoshi ishtirok etgan.
B) Til oldi undoshi 2 o‘rinda ishtirok etgan.
C) Chuqur til orqa undoshi 2 o‘rinda ishtirok etgan.
D) Jarangli undoshlar ishtirok etgan.
11. Qaysi javobda berilgan ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) g‘ undoshi bilan tugagan so‘zlarga jo’nalish
kelishigi qo‘shimchasi qo‘shilganda asos va
qo‘shimcha talaffuzida tovush o‘zgarishi kuzatilsa-
da, imloda tovush o‘zgarishi bilan yozilmaydi.
B) Ko‘rsatish olmoshlariga egalik qo‘shimchalari
qo‘shilganda talaffuz va imloda bir undosh
orttirilishini kuzatish mumkin.
C) fe’l yasovchi qo‘shimchasi qo‘shilishi
ta’sirida so‘z asosi imlosida bir unlining tushib
qolishini kuzatish mumkin.
D) -yap zamon shaklini hosil qiluvchi qo’shimcha
undosh bilan tugagan fe’l asoslariga qo’shilganda -
avap holida talaffuz qilinadi
va -ayap holida
yoziladi.
12. Quyida berilgan qaysi gaplarda shakl yasovchi
qo‘shimcha ta’sirida tovush o’zgarishi bilan
yozilgan so‘z yasovchi qo‘shimcha qatnashgan?
1) Sayroqi qushlar makoni bo‘lgan bu bog‘ endi
xunuk manzara kasb etgan edi;
2) Unsin xola ko’rpaning chiroyli qavig'iga qarab
o‘z ishidan mamnun bo’lardi;
3) U mayda tishli taroq bilan sochini avaylab taradi;
4) U do’stiga qaynoq tilaklarini izhor qilmoqchi
edi;
5) Nursultonning quvnoqligi atrofdagilarning ham
kayfiyatini ko’tardi.
A) 2, 5
В) 1, 3, 5
C) 2, 3, 4
D) 2, 4
13. Quyidagi qaysi vazifani bajaruvchi qo‘shimcha
birgina til oldi jarangli undosh
bilan ifodalanishi
mumkin?
A) fe’lning kelasi zamon shaklini hosil qiluvchi
qo‘shimcha
B) fe’lning harakat nomi shaklini hosil qiluvchi
qo’shimcha
C) fe’lning birgalik nisbati shaklini hosil qiluvchi
qo‘shimcha
D) I shaxs birlikdagi egalik qo‘shimchasi
14. Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi qo’shilganda
tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan yasama so’zlar
qatori berilgan?
A) tirnoq, chelak, parrak
B) qiliq, istak, elak
C) so‘roq, terak, ko‘zoynak
D) bo‘yoq, ittifoq, qiziq
15. Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda
tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan tub so‘zlar
qatori berilgan?
A) bilak, qovoq, chelak
B) axloq, tirnoq,
pishloq
C) yurak, buyruq, kerak
D) sovuq, sana, o‘yin
16. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini
farqlovchi undosh
tovushlar ham jarangli yoki
jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining
harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub?
A) hayron-hayvon
B) paxta-taxta
C) qadoqchi-qaroqchi
D) chayla-qayla
17. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini
farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki
jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining
harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub?
A) talaba-g‘alaba
B) burun-butun
C) do‘ppi-lo‘ppi
D) qovun-sovun
18. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini
farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki
jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining
harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub emas?
A) qayla-qayra
B) narvon-karvon
C) quduq-quruq
D) dutor-duchor
19. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini
farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki
jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining
harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub emas?
A) tuzmoq-suzmoq
B)
ziyon-ziyod
C) jon-don
D) g‘ildira-shildira
20. Hayotimizda kitobning ahamiyati beqiyosdir.
Ushbu gapdagi qaratqich aniqlovchi tarkibida
qatnashgan undoshlar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni
toping.
A) Jarangsiz lab-lab undoshi qatnashgan.
B) Jarangli til orqa undoshi 2 o‘rinda qatnashgan.
C) Jarangsiz til orqa undoshi qatnashgan.
D) Jarangli til oldi undoshi 2 o‘rinda qatnashgan.
21. Qaysi gapdagi undalma tarkibida 4 ta til oldi
jarangli undosh qatnashgan?
A) Yosh do‘stim, o‘qituvchi ham xuddi onadek
mehribon, ulug‘.
B) Botir bo‘ling, bolalarim, dushmanga aslo bo‘yin
egmang.
C) Ey farzand, qancha notiq bo‘lsang ham, o‘zingni
bilganlardan pastroq tutgil.
D) O, gul bahor, sen ochil, sochil, madh etayin men
yoza-yoza.
22. Fil kuchli, fildan ham til kuchlidir.
Ushbu gapda nechta tub so‘z tarkibida
jarangsiz til oldi undoshi ishtirok etgan?
A) 2 ta В) 1 ta
C) 4 ta D) 3 ta
23. Qaysi javobda tarkibida jarangsiz til oldi
undosh(lar)i ishtirok etgan yasama narsa otlari
berilgan?
A) qisqich, taroq, o‘chirg‘ich
B) yurtdosh,
tilshunos, quroldosh
C) go‘sht, pichoq, qoshiq
D) guldon, elak, kiyim
24. Millatning dahosi, aqli va ruhiyati maqollaridan
bilinadi.
Ushbu gapdagi nechta so‘z tarkibida jarangsiz til
oldi undoshi qatnashgan?
A) 5 taB) 2 ta C) 3 ta
D) 4 ta