1. 0‘g‘lim, sen uzumini yegin-u, bog'ini surishtirma. Ushbu gapda tarkibidagi barcha undoshlari jarangli



Yüklə 223 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix11.07.2022
ölçüsü223 Kb.
#62730
1. Fonetika



Fonetika 
1. 0‘g‘lim, sen uzumini yegin-u, bog'ini surishtirma. 
Ushbu gapda tarkibidagi barcha undoshlari jarangli 
til undoshlariga mansub bo‘lgan so‘z qanday 
sintaktik vazifa bajargan? 
A) kesim 
B) undalma 
C) ega 
D) to‘ldiruvchi 
2. Qaysi gapdagi ega vazifasidagi so‘z tarkibida 
ishtirok etgan undoshlarning barchasi jarangli til 
undoshlari sanaladi? 
A) Ilm olish oson ish emas, unga har kim 
chidayvermaydi. 
B) Javohir yo‘lda adashib qolgan bir cholni ko‘rib 
qoldi. 
C) Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga 
yo‘rg‘alar. 
D) Shunda botir o‘g‘lonlar yurt himoyasiga 
otlanibdilar. 
3. Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha 
undoshlari jarangli til undoshlariga mansub bo‘lgan 
yasama so‘zlarni aniqlang. 
1) yolg‘izlik; 2) teshik; 3) guldor; 4) yozgi; 
5) jigarrang; 6) diyor. 
A) 1, 3,4,5 
В) 1, 2, 3, 6 
C) 3, 4, 5
D)4,5, 6 
4. Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha 
undoshlari jarangli til undoshlariga mansub bo‘lgan 
yasama so‘zlarni aniqlang. 
1) yig‘in; 2) tushuncha; 3) ozg‘in; 4) g‘ildirak; 5) 
ezgu; 6) yog‘li. 
A) 1, 3, 6 
В)1,2, 4,5,6 
C) 1, 3, 5,6 
D)2, 4, 5 
5. Quyida berilganlardan tarkibida ng harflar 
birikmasi ishtirok etgan so‘zlarni aniqlang. 
1) dengiz; 2) singan; 3) kongress; 4) ko‘rdingiz; 5) 
tonggi; 6) osmonga. 
A) 1,4,5,6 
B) 2,3,5,6 
C) 1,4,5 
D) 1,2,3,4,6 
6. Quyida berilganlardan tarkibida ng harflar 
birikmasi ishtirok etmagan so‘zlarni aniqlang.
1) sening; 2) donga; 3) shtanga; 4) qonguncha; 5) 
yengil; 6) ko‘ngach. 
A) 2, 3, 5, 6 
В) 1, 3, 4, 5 
C) 2, 3, 4, 6 
D) 1, 2, 4, 6 
7. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar tarkibida til orqa 
burun undoshi qatnashgan? 
A) so‘nggi, kongress, tungi 
B) jarang, singil, bugungi 
C) tong, shtanga, ko‘rdingiz 
D) tongi, yengildi, dengiz 
 
8. Ko‘p tilni bilish bitta qulfni ocha oladigan bir 
nechta kalitga ega bo‘lishdir. 
Ushbu gapdagi tarkibida jarangsiz lab undoshi 
qatnashgan so‘zlar qaysi turkumga oid? 
A) ravish, fe’l, ot 
B) ravish, ot 
C) fe’l, ot, olmosh 
D) ot, olmosh 
9. Odobli, bilimdon, aqlli, mehnatsevar va iymon-
e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun 
jamiyatning katta boyligidir. Ushbu gapdagi ot 
yasovchi qo‘shimchalar tarkibida nechta til oldi 
jarangli undosh ishtirok etgan? 
A) 3 ta
B) 2 ta 
C) 6 ta 
D) 1 ta 
10. Sovuqdan dag‘-dag‘ qaltirayotgan cho‘pon 
uzoqdan miltiqning ovozini eshitdi. 
Ushbu gapda qatnashgan taqlid so‘z tarkibidagi 
undoshlar haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri 
emas? 
A) Jarangsiz lab undoshi ishtirok etgan. 
B) Til oldi undoshi 2 o‘rinda ishtirok etgan. 
C) Chuqur til orqa undoshi 2 o‘rinda ishtirok etgan. 
D) Jarangli undoshlar ishtirok etgan. 
11. Qaysi javobda berilgan ma’lumot to‘g‘ri emas? 
A) g‘ undoshi bilan tugagan so‘zlarga jo’nalish 
kelishigi qo‘shimchasi qo‘shilganda asos va 
qo‘shimcha talaffuzida tovush o‘zgarishi kuzatilsa- 
da, imloda tovush o‘zgarishi bilan yozilmaydi. 
B) Ko‘rsatish olmoshlariga egalik qo‘shimchalari 
qo‘shilganda talaffuz va imloda bir undosh 
orttirilishini kuzatish mumkin. 
C) fe’l yasovchi qo‘shimchasi qo‘shilishi 
ta’sirida so‘z asosi imlosida bir unlining tushib 
qolishini kuzatish mumkin. 
D) -yap zamon shaklini hosil qiluvchi qo’shimcha 
undosh bilan tugagan fe’l asoslariga qo’shilganda -
avap holida talaffuz qilinadi va -ayap holida 
yoziladi. 
12. Quyida berilgan qaysi gaplarda shakl yasovchi 
qo‘shimcha ta’sirida tovush o’zgarishi bilan 
yozilgan so‘z yasovchi qo‘shimcha qatnashgan? 
1) Sayroqi qushlar makoni bo‘lgan bu bog‘ endi 
xunuk manzara kasb etgan edi; 
2) Unsin xola ko’rpaning chiroyli qavig'iga qarab 
o‘z ishidan mamnun bo’lardi; 


3) U mayda tishli taroq bilan sochini avaylab taradi; 
4) U do’stiga qaynoq tilaklarini izhor qilmoqchi 
edi;
5) Nursultonning quvnoqligi atrofdagilarning ham 
kayfiyatini ko’tardi. 
A) 2, 5
В) 1, 3, 5 
C) 2, 3, 4 
D) 2, 4 
13. Quyidagi qaysi vazifani bajaruvchi qo‘shimcha 
birgina til oldi jarangli undosh bilan ifodalanishi 
mumkin? 
A) fe’lning kelasi zamon shaklini hosil qiluvchi 
qo‘shimcha 
B) fe’lning harakat nomi shaklini hosil qiluvchi 
qo’shimcha 
C) fe’lning birgalik nisbati shaklini hosil qiluvchi 
qo‘shimcha 
D) I shaxs birlikdagi egalik qo‘shimchasi 
14. Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi qo’shilganda 
tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan yasama so’zlar 
qatori berilgan? 
A) tirnoq, chelak, parrak 
B) qiliq, istak, elak 
C) so‘roq, terak, ko‘zoynak 
D) bo‘yoq, ittifoq, qiziq 
15. Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda 
tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan tub so‘zlar 
qatori berilgan? 
A) bilak, qovoq, chelak 
B) axloq, tirnoq, pishloq 
C) yurak, buyruq, kerak 
D) sovuq, sana, o‘yin 
16. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini 
farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki 
jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining 
harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub? 
A) hayron-hayvon 
B) paxta-taxta 
C) qadoqchi-qaroqchi 
D) chayla-qayla 
17. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini 
farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki 
jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining 
harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub? 
A) talaba-g‘alaba 
B) burun-butun 
C) do‘ppi-lo‘ppi
D) qovun-sovun 
18. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini 
farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki 
jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining 
harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub emas? 
A) qayla-qayra 
B) narvon-karvon 
C) quduq-quruq 
D) dutor-duchor 
19. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini 
farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki 
jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining 
harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub emas? 
A) tuzmoq-suzmoq 
B) ziyon-ziyod 
C) jon-don 
D) g‘ildira-shildira 
20. Hayotimizda kitobning ahamiyati beqiyosdir. 
Ushbu gapdagi qaratqich aniqlovchi tarkibida 
qatnashgan undoshlar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni 
toping. 
A) Jarangsiz lab-lab undoshi qatnashgan. 
B) Jarangli til orqa undoshi 2 o‘rinda qatnashgan. 
C) Jarangsiz til orqa undoshi qatnashgan. 
D) Jarangli til oldi undoshi 2 o‘rinda qatnashgan. 
21. Qaysi gapdagi undalma tarkibida 4 ta til oldi 
jarangli undosh qatnashgan? 
A) Yosh do‘stim, o‘qituvchi ham xuddi onadek 
mehribon, ulug‘. 
B) Botir bo‘ling, bolalarim, dushmanga aslo bo‘yin 
egmang. 
C) Ey farzand, qancha notiq bo‘lsang ham, o‘zingni 
bilganlardan pastroq tutgil. 
D) O, gul bahor, sen ochil, sochil, madh etayin men 
yoza-yoza. 
22. Fil kuchli, fildan ham til kuchlidir. 
Ushbu gapda nechta tub so‘z tarkibida 
jarangsiz til oldi undoshi ishtirok etgan? 
A) 2 ta В) 1 ta 
C) 4 ta D) 3 ta 
23. Qaysi javobda tarkibida jarangsiz til oldi 
undosh(lar)i ishtirok etgan yasama narsa otlari 
berilgan? 
A) qisqich, taroq, o‘chirg‘ich 
B) yurtdosh, tilshunos, quroldosh 
C) go‘sht, pichoq, qoshiq 
D) guldon, elak, kiyim 
24. Millatning dahosi, aqli va ruhiyati maqollaridan 
bilinadi. 
Ushbu gapdagi nechta so‘z tarkibida jarangsiz til 
oldi undoshi qatnashgan? 
A) 5 taB) 2 ta C) 3 ta 
D) 4 ta 

Yüklə 223 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin