1. 1-jadval 14 3-jadval 22


O’zbekistonning yangi zamonaviy avtomobillar ishlab chiqaradigan



Yüklə 189,32 Kb.
səhifə6/8
tarix19.12.2023
ölçüsü189,32 Kb.
#186507
1   2   3   4   5   6   7   8
mashinasozlik

3.O’zbekistonning yangi zamonaviy avtomobillar ishlab chiqaradigan
mamlakatga aylanishi.
O’zbekiston o’z suverenitetini qo’lga kiritgandan so’ng, o’z rivojlanish yo’lini belgilar yekan, oson yo’l qidirmadi. o’tish davrining murak-kabliklariga qaramasdan ulkan-ulkan inshootlar, zamonaviy ishlab chiqarish obektlari yaratishga kirishdi.
Bu borada, birgina Andijon viloyatining Asaka shahrida zamonaviy mashinasozlik sanoati obektining vujudga kelishini misol keltirish kifoyadir. o’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 1992-yil iyun oyida Janubiy Koreya Respublikasiga qilgan rasmiy tashrifi chog’ida ikki davlat o’rtasida o’zaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish to’g’risidagi dastlabki hujjatlarni imzoladi. Shu yilning avgust oyida yesa Janubiy Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda O’zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi qo’shma korxona barpo yetish to'g'risida kelishib olindi.
Korxonani tashkil yetish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1992-yil 5-noyabrda «Selxozmash» konserni va «DAEWOO korporeyshn» korporasiyasi bilan hamkorlikda avtomobillar ishlab chiqaruvchi «O’zDAEWOO avto» qo’shma korxonasini tashkil qilish to’g’risida maxsus qaror qabul qildi. Unda «Selxozmash» konserniga 3 oy muddat ichida respublikada avtomobilsozlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan konsepsiya ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
O’zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi hamkorligida barpo yetiladigan ushbu qo’shma korxona ta’sischilari yetib Koreya Respublikasi tomonidan «DAEWOO » korporasiyasi, O’zbekiston Respublikasi tomonidan yesa «o’zavtosanoat» uyushmasi belgilandi va O’zbekistonda barpo qilinayotgan avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonani «o’zDAEWOO avto» nomi bilan yuritishga kelishildi. Shartnomaga ko’ra har ikki tarafning qo’shma korxonadagi ulushi miqdori «DAEWOO » korporasiyasi uchun 50%, 100 million AQSh dollari va

«O’zavtosanoat» uyushmasi uchun 50%, 100 million AQSh dollari hisobida belgilandiI.
Bir qarashda O’zbekiston mashinasozligi ma’lum bir bosqichni bosib o’tgan, o’z tarixiga yega bo’lgan sohalardan biri. Sobiq sho’rolar davrida o’lkamizda qishloq xo’jaligi mashinalari ishlab chiqaradigan «Tashsel-mash», «o’zbekselmash», Toshkent traktor zavodi, Yekskavator zavodi, «Chirchiqselmash» hamda Andijon va boshqa viloyatlarda turli rusumdagi traktorlar ishlab chiqarilar yedi. Biroq, aslida ular tom ma’nodagi ishlab chiqarish quvvatiga va imkoniyatiga yega yemas yedi.
Sobiq Ittifoqning o’nlab shaharlaridan, chekka-chekkalaridagi turdosh korxonalaridan tayyor qismlar olib kelinib, O’zbekistonda yig’ilar yedi, xolos. Bu O’zbekiston mashinasozlik industriyasini rivoj-lantirishga yemas, aksincha uning iqtisodiy qaramligini chuqurlashtirishga xizmat qilar yedi.
Yuqorida ta’kidlanganidek haqiqiy o’zbek mashinasozligi mustaqillik mahsuli bo’lib, u 1993-yilning mart oyida «O’zDAEWOO avto» nomi bilan ro’yxatdan o’tkazilib, Andijon viloyatining Asaka shahridagi priseplar ishlab chiqarish korxonasi negizida tashkil qilinishi hamda bu muhim inshoot qurilishining boshlanishi bilan O’zbekistonda avtomobilsozlik sanoatiga asos solindi.
Qo’shma korxonaning umumiy maydoni 47b ming 266 kvadrat metr bo’lib, shundan bino va inshootlar uchun ajratilgani 146 ming 266 kvadrat metrni tashkil qiladi. Qurilish 1993-yilning fevralidan boshlab 32 oy mobaynida oxiriga yetkazildi.
Loyiha ishlari asosan «DAEWOO injeniring» va «Uztyajprom» firmalari tomonidan amalga oshirildi. o’zining ko’lami jihatidan nafaqat O’zbekistonda balki, Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan mazkur korxonadir.
Loyiha quwatiga ko’ra yiliga 200 ming avtomobil ishlab chiqara oladigan bu ulkan inshootning umumiy qiymati 658 million AQSh dollarini tashkil yetdi.
Avtomobilsozlikda ko’pjihatdan yangi bo’lgan ilg’or texnologiyalar qo’llanilgan ushbu korxonada ishlaydigan ishchi, muhandis kadrlar tayyorlash ishlariga qo’shma korxonaga asos solingandan boshlab katta ye’tibor berildi.
Korxona sexlarida mehnat qilayotgan yoshlarning 1000 dan ko’prog’i Janubiy Koreya Respublikasida — «DAEWOO » kompaniyasi avtomobil ishlab chiqarish korxonalarida ishlab tajriba orttirib qaytishdi, keyinroq yana 2000 kishi o’z malakalarini oshirish uchun Janubiy Koreyadagi «DAEWOO » kompaniyasining avtomobilsozlik zavodlariga yuborildilar.
Qo’shma korxonada bajarilgan qurilish ishlari asosan Andijon, Farg’ona va Namangan viloyati qurilish tashkilotlari tomonidan amalga oshirildi.
1996-yil 19-iyulda ushbu qo’shma korxonaning ishga tushurilishiga bag’ishlangan tantanali yig’ilish bo’ldi. Unda nutq so’zlar yekan, Prezident I.Karimov «Asaka shahrida ikki yil ichida bunyod yetilgan, 1996-yilning mart oyida «Damas» mashinasi, iyun oyida «Tiko», iyul oyida yesa «Neksiya» ishlab chiqargan «O’zDAEWOO avto» istiqlol yillarida bunyod yetilgan qudratli korxona bo’lish bilan birga O’zbekistonning yeng ilg’or davlatlar qatoriga kirish uchun qo’ygan dadil qadam» yekanligini alohida uqtirdi.
Korxona aytish mumkinki ko’plarni hayratga solib havaslantirayotgan «Tiko», «Damas», «Matiz», «Neksiya», «Lasetti»larni xalqimizga yetkazib berishdan tashqari butun mamlakatni yeng ilg’or, jahon andozalariga to’la javob beradigan avtomobillar bilan ta’minladi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvatlari yildan yilga o’sib bordi. 2006-yilga kelib korxona 571580 ta avtomobil ishlab chiqardi, ularning 198609 tasi xorijga yeksport qilindiI.
2008-yilga kelib mamlakatimizda «O’zDAEWOO avto»ga butlovchi qismlar yetkazib beruvchi Andijon mexanika zavodi, Baliqchidagi «A.Navoiy interneshinb «And Polik» singari o’nlab korxonalarda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi.
Shunday qilib, Asakada «O’zDAEWOO avto» qo’shma korxonasining ishga tushishi O’zbekistonda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni, respublika industriyasining qudrati muttasil ortib borayotganini ko’rsatuvchi muhim dalildir.
Shu bois bir haqiqatni alohida ta’kidlash joiz. Jahon mamlakatlari tarixi guvohlik berayaptiki, dunyodagi yeng kuchli mamlakatlargina avtomobil industrasiyasiga yega. Ular asosan, AQSh, g’arbiy Yevropa, Yaponiya, Rossiya va Janubiy Osiyodagi mamlakatlardan iborat 28 tani tashkil yetadi.
Avtomobil industriyasi bozoriga kirish va undagi kuchli raqobatga bardosh berish o’ta mushkul ish bo’layotganligi uchun ham iqtisodiy va moliyaviy baquvvat mamlakatlar ham bu biznesga kira olmayaptilar.
O’zbekiston yesa kuchli raqobatchilari bo’lgan avtomobil bozoriga sobiq SSSR tarkibidagi respublikalar orasida birinchi bo’lib kirib bordi.
Bunday yutuqqa O’zbekiston osonlikcha yerishmadi. Unga yerishish uchun yesa quyidagi masalalarga jiddiy ye’tibor berildi:
Birinchidan, O’zbekistonda avtomobil sanoatini barpo yetish uchun katta investisiya, yuqori texnologiya va malakali kadrlar tayyorlash talab qilinar yedi.
Ikkinchidan, avtomobil ishlab chiqaruvchilar uchun iqtisodchilar tabiri bilan aytganda, doimo o’zaro o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarish holati mavjud bo’lishi lozim yedi. Buning ma’nosi avtomobillar modelini juda to’liqlari bilan almashtirib turishni, xaridorlar talab-istaklarini o’z vaqtida qondirishni taqozo yetadi. Bunda kuchli injener-konstruktorlik ishini qat’iyat bilan rivojlantirish, ijodiy-texnologik jarayonni doimiy ravishda, uzluksiz takomillashtirib borishning zaruriy choralarini ko’rish talab qilinadi.
Uchinchidan, xomashyo mahsulotlari, yehtiyoj qismiar yetkazib beruvchilarni, ya’ni ta’minlovchilarning avtomobil biznesiga ta’siri katta bo’lganligi uchun ular ishonchini qozonmoq kerak yedi.
O’zbekiston avtomobil industriyasi ana shu muhim masalalarni hal yetishga qodir yekanligini amalda ko’rsatdi va bunga boshqa mamlakatlardagi hamkorlarini ishontira oldi. U qiyinchiliklami oqilona yengib, muammolarni cho’chimay hal qilib, biznes bozoriga dadil kirib bordi.
Hozirgi kunda «O’zDAEWOO avto» korxonasida kuniga 290 ta dunyo andozalariga javob bera oladigan 4 xil modeldagi avtomobillar chiqarilmoqda. Shundan 160 tasi NEXIA modeli bo’lib, u AQSh va Yaponiya talablariga to’la javob beradi. Uni ma’lum takomillashtirish hisobiga Yevropa standartiga ham to’la javob beradigan darajaga keltirish ishlari olib borilmoqda. Avtomobillar hozir o’z xaridorlarini kutilgandan ham tezroq topmoqda.
1996-yil noyabr oyigacha 18000 dan ortiq avtomobillar sotilgan bo’lsa, ulardan 15 ming 700 tasi ichki bozorga va 2300 tasi chet yellarga yeksport uchun chiqarildi. Shulardan NEXIA va TICO avtomobillariga talab tobora kuchaydi.

  1. -jadval


Yüklə 189,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin