O’zbekiston mashinasozlik sanoatida muxim maxsulot turlarining usishi1
Ulchov Birligi
1990
1991
1995
1998
1999
2000
200 5
Avtomobil lar
ming dona
-
-
-
54,5
58,8
31,3
101
Avtobusla r
dona
-
-
-
-
176
483
-
Kuchlanis h trans- formatorla ri
ming kva
8606,0
6771,0
780,3
283,9
159,0
134,0
-
Traktorlar
ming dona
23,3
21,1
4,0
2,6
1,5
1,0
2,7
Traktor tirkamalar i
ming dona
36,0
33,8
1,4
2,2
0,6
0,4
-
Traktor kul- tivatorlari
ming dona
14,8
12,7
0,4
2,3
1,6
1,2
-
Paxta terish mashinala ri
dona
5287
5800
1121
450
331
356
-
Maxsus elektrik kuprik kranlari
dona
338
192
14
4
6
12
-
Akkumlya torlar
ming dona
-
-
-
15,2
23,9
24,0
-
Mashinasozlik tarmoqlarining hududiy joylashishi. Respublikamiz iqtisodiy viloyatlarida mashinasozlik sanoati korxonalari bilan ta’minlanganligi, rivojlanish darajasi, joylashish xususiyatlariga ko’ra 3 guruhga bo’la miz.
Birinchi guruhga Toshkent iqtisodiy rayoni kiradi. Bu iqtisodiy rayon mashinasozlik sanoatining yuqori darajada rivojlanganligi va ko’p tarmoqliligi bilan xarakterlanadi.
Bu yerda mashinasozlik sanoatining 20 dan ortiq tarmog’i to’plangan bo’lib, ularda butun respublikada ishlab chiqarilgan mashinasozlik mahsulotining 82%i ishlab chiqariladi. Qolaversa mashinasozlikda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 68%i ixtisoslashgan mashinasozlik tarmoqlari hissasiga to’g’ri keladi1. Bu iqtisodiy rayonda mashinasozlik sanoatini rivojlantirish uchun ilmiy-tadqiqot va ilmiy-tehnik baza yetarli bo’lishi bilan bir qatorda, yuqori malakali kadrlar ham to’plangandir. Asosiy mashinasozlik korxonalari ko’p mehnat talabliligi hamda yetarli darajada yuqori madaniyatli ishlab chiqarishlilik bilan xarakterlanadi. Toshkent iqtisodiy rayonini chegaralovchi asosiy omil atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish omilidir. Xususan bu narsani Toshkentda sanoat korxonalari qurilishini izchillik bilan tartibga solib turilishi bilan tushuntirish mumkin.
Shu nuqtai nazardan shahardagi mavjud korxonalarning o’z ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahsulot ishlab chiqarishni yekstensiv omillar hisobiga oshirish chegaralangandir. Shuning uchun Toshkent iqtisodiy rayonida
joylashgan yirik korxonalaming oldidagi asosiy vazifalardan biri shu korxonaning sehlari va filiallarini ayrim rayonlarda va kichik shaharlarda joylashtirishdan iboratdir.
Hozircha Toshkentda mashinasozlik ishlab chiqarishi yuqori darajada konsentrasiyalashgan bo’lib, bular hissasiga mashinasozlik mahsulotining 70% dan ortiqrogi to’g’ri keladi.
Bu o’z navbatida respublika hududidagi tengsizlikni chuqurlashtiradi va shu bilan birga barcha ushbu regionda mashinasozlik tarmoqlarini rivojlantirish sur’ati va mashtabi bilan bog’liq holdagi qator muammolarni keltirib chiqaradi.
Ikkinchi guruhga Farg’ona, Samarqand, Qashqadaryo iqtisodiy rayonlari kiradi. Bularga respublika mashinasozlik ishlab chiqarishning 5% dan 12% gacha bo’lgan qismi to’g’ri keladi. Bu guruhda yeng rivojlangan mashinasozlik tarmoqlari ko’tarma transport mashinasozligi, yelektrotehnika sanoati, yengil va oziq-ovqat sanoati uchun mashinalar ishlab chiqarish hisoblanadi.
Bu tarmoqlar hissasiga umumrespublika mahsulot ishlab chiqarishning 20%i to’g’ri keladi. Ammo bu rayonlarda ixtisoslashgan tarmoqlarning hammasi umumrespublika mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarishning atiga 1% ni tashkil yetadi.1 Bu guruhga kiruvchi iqtisodiy rayonlarda mashinasozlik sanoatini rivojlanish xususiyatlarini baholar yekanmiz ular orasidagi muhim farqlarni ko’ramiz. Agar Farg’ona iqtisodiy rayoni uchun kelajakda mavjud mashinasozlik korxonalarida ishlab chiqarishni intensivlashtirish, ixtisosligini chuqurlashtirish asosiy yo’l bo’lsa, Samarqand, Qashqadaryo iqtisodiy rayonlari uchun yesa yangi mashinasozlik tarmoqlarini shakllantirish, tashkil yetish maqsadga muvofiqdir. Xususan Qashqadaryoda hozirgi vaqtda yelektrotehnika sanoati nixoyatda kuchsiz rivojlangan. Samarqand viloyatida yetarli ixtisoslashgan mashinasozlik tarmoqlari ko’tarma transport va asbobsozlik hisoblanadi, dastgoxsozlik asbobsozlik, yo’l qurilish mashinasozligi, yelektrotehnika yesa deyarli rivojlanmagan.
Bu yerda mashinasozlik korxonalarini joylash-tirishning yeng muhim xal qiluvchi omili mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik va aholi zichligi. Bu rayonlarda ko’p mehnat talab qiluvchi mashinasozlik tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirish nafaqat iqtisodiy balki juda katta ijtimoiy ahamiyatga yega.
Uchinchi guruhga Buxoro-Navoiy, Quyi Amudaryo va Surxondaryo iqtisodiy rayonlari kiradi. Ularning xarakterli xususiyati shundaki, ularda mashinasozlik tarmoqlari nixoyatda kuchsiz rivojlangan, respublika mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarish xajmining 0,1-0,5% ini ishlab chiqaradi.
jadval
O’zbekiston Respublikasida 2010-2011 yillar mobaynida avtomobillarni ta’mirlashga xizmat ko’rsatish sohasidagi tarkibiy o’zgarishlarI
№
2011 yil
2010 yil
Xizmat turlari
mlrd.so’
O’sis
Tarkibi
mlrd.so’
O’sis
Tarkibi
m.
h
m.
h
foiz
(foiz)
foiz
(foiz)
Xizmatlar, jami
41083,3
113,2
100,00
32749,8
115,1
100,00
Jumladan:
1
Avtomobillarni
ta’mirlash
367,8
118,9
0,90
314,2
124,6
0,96
xizmatlari
Bu yerda kimyo va neftkimyo mashinasozligi, dastgoxsozlik, traktorsozlik va qishloq xo’jalik mashinasozligi kabi tarmoqlarni ajratishimiz mumkin.
Bu guruh iqtisodiy rayonlar o’zlaridagi mavjud o’rta va kichik shaharlar hamda mehnat resurslari rezervlari hisobiga mashinasozlik tarmoqlarini tezlik bilan rivojlantirishlari mumkin.
Hozirgi vaqtgacha respublikamizda dehqonchilik sanoat majmuini rivojlantirish mashinasozlik tarmoqlarini rivojlantirishga, uning tarmoqlarini shakllantirishiga bevosita ta’sir yetib keladi, kelajakda ham bu holat o’z kuchini saqlab koladi.
O’zbekistonda mashinasozlik tarmoqlarini hududiy joylashishi shakllanishi va rivojlanishida 1975-1999 yillarda ma’lum o’zgarishlar bo’ldiki, buni avval mashinasozlik korxonalari bo’lmagan viloyatlarda mashinasozlik tarmoqlarini shakllanishida qurishimiz mumkin. Xususan, Qoraqalpog’iston respublikasida, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida qator mashinasozlik tarmoqlari vujudga keltirildi. Agar 1975 yilda bu viloyatlarda mashinasozlik tarmoqlari bo’lmagan bo’lsa 1999 yilda mos ravishda 0,05%, 0,5%, 0,2% va 0,1%larni tashkil yetadi.
Mashinasozlik ishlab chikaradigan maxsulotlari xajmi, asosiy ishlab chikarish fondlarining kiymati va xodimlari soni jixatidan Uzbekiston sanoat tarmoklari orasida yukori urinlarda turadi.
1.4.-jadval