1. 1-jadval 14 3-jadval 22



Yüklə 189,32 Kb.
səhifə3/8
tarix19.12.2023
ölçüsü189,32 Kb.
#186507
1   2   3   4   5   6   7   8
mashinasozlik

Ko’rsatkichlar

1990 yil

2000 yil

2011 yil*

Mashinasozlik va avtomobilsozlik sanoati

100

142,2

13 marta






2005 yilda O’zbekistonda butun sanoat ishlab chiqarishning 13,8%i mashinasozlik hissasiga to’g’ri keldi. Umuman O’zbekistonda ko’p tarmoqli mashinasozlik kompleksi shakllangandir. Uning tarkibida 300 dan ortiq korxonalar bo’lib, ulardan 70 tasi yirik mashinasozlik zavodlaridir. Butun sanoatda band bo’lganlarning 30% dan ortiqrogi mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoatiga to’g’ri keladi. Faqat mashinasozlik tarmoqlariga yesa butun sanoat tarmoqlarida band bo’lganlarning 17,4%i to’g’ri keladi. I
O’zbekistonda mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoklarining ishlab
chikarish indeksi dinamikasi1

Tarmoklar

2000-2011 yillar

Sanoat, jumladan

105,9

107,6

108,3

106,2

109.4

Elektr energayasi

101,1

95,8

101,5

101.8

100,3

Yokilgi

99,7

96,4

102.4

100.6

105.8

Kora metallurgiya

118,7

1 10,6

104.3

109,1

128.5

Rangli metallurgiya

102,5

101,8

105.9

99.0

105.0

Kimyo va neft kimyosi

112,7

104.7

114.2

105,2

104.5

Mashinasozlik

89,5

124,9

108,9

130,8

134.5

Kurilish materiallari

104,3

105,9

102.2

104.3

108.2

Yengil sanoat

117,0

112.4

109,0

106.7

105.2

Ozik-ovk.at

10X.5

109,4

119.2

106.8

104.7




Respublikaning zamonaviy mashinasozlik sanoati ma’lum ilmiy-tehnik quvvatlar bilan ifodalanadi. Hozirgi vaqtda 14 ta davlat konstruktorlik va loyixalash-tehnologik byurolarida paxtachilik va paxta tozalash sanoati, bog’dorchilik, pillachilik, irrigasiya va xalq xo’jahgining boshqa tarmoqlarini mehanizasiyalashtirish uchun yangi mashinalar, asboblar, apparatlar ishlab chiqarish ustida ish olib bormoqdalar.


Yana shu narsani ta’kidlash joizki mashinasozlikni rivojlanishi O’zbekiston uchun katta ijtimoiy ahamiyatga ham yega.
Ma’lumki aksariyat mashinasozlik tarmoqlari juda sermehnat bo’lib, O’zbekiston singari mehnat resurslari tez ko’payib borayotgan davlatlarda aholini band bo’lishida muhim o’rin tutadi. Ayniqsa radiotehnika mahsulotlari ishlab chiqarish, kompyuterlar, televizorlar ishlab chiqarish, yelektron hisoblash mashinalari va boshqalar shular jumlasidandir.
Mashinasozlik sanoati korxonalari ko’p mehnat, ko’p material, ko’p yelektr yenergiya, ko’p fond talab qiluvchi xususiyatlariga ko’ra joylashadi. Undan tashqari O’zbekistonda mashinasozlik sanoatining rivojlanishi, joylanishi, tarkibining o’zgarishida urush davri va urushdan keyingi davr o’ziga hos bir bosqich bo’lib qoldi.
Chunki II jaxon urushi davrida mamlakatimiz mashinasozligining rivojlanish sur’atlari va darajasi hamda ixtisosi butunlay o’zgaradi. Urush yillarida sobiq Ittifoqning g’arbiy rayonlaridagi qator mashinasozlik zavodlari yevakuasiya qilinib O’zbekiston hududida joylashtirildi. Keltirilgan zavodlar asosan yuqori malakali mehnat resurslari to’plangan va boshqa xil sanoat tarmoqlari joylashgan yirik shaharlarga joylashtirildi.
Ular asosan Toshkent, Samarqand, Andijon, Buxoro va boshqa shunga o’xshash keltirilgan korxonalarni tezlik bilan ko’rib, ishga tushirib yuborish uchun qulay imkoniyatlarga yega bo’lgan shaharlarlarda to’plandi.
Urush tugagach, yevakuasiya qilingan korxonalarning ayrimlari qaytadan ko’chirib ketildi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning assortimenti o’zgardi, shunga qaramay, bu davrda mashinasozlikda ro’y bergan o’zgarishlar tarmoqning urushdan keyingi taraqqiyotga o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatdi.
Urushdan keyingi davrlarda O’zbekiston mashinasozligi ko’p tarmoqli sohaga aylandi. Uning taraqqiyoti tehnik darajasining yuqori ko’tarilishi, mehnat unumdorligining oshishi, konsentrasiya va ixtisoslashuvni chuqurlashuvi yo’lidan bordi.
Shunday qilib, yuqoridagi omillardan kelib chiqqan holda respublika mashinasozlik tarmoqlarini joylashishi xususiyatlariga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi 5 guruhga bo’lamiz:
Birinchi guruhga nisbatan kam mehnat, yelektroyenergiya, fond talab qiluvchi, ayniqsa ko’p material talab qiluvchi mashinasozlik tarmoqlari kiradi. Ularga tog’-ruda, tog’-shaxta mashinasozligi, transport, hamda ayrim yelektrotehnika sanoati tarmoqlari kiradi. Bu sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar nisbatan kasb tanlanishi va tehnik darajasining nisbatan yuqori yemasligi bilan ifodalanadi.
Ikkinchi guruh tarmoqlariga yetarli darajada ko’p metall va yelektr- yenergiya talab qiluvchi va kam miqdorda fond talab qiluvchi tarmoqlar kiradi. Bularga ko’tarma-transport mashinasozligi, ayrim tog’-ruda va tog’-shaxta mashinasozlik tarmoqlari va boshqalar kiradi. Bu tarmoqlarning joylashishida boshqa omillar bilan bir qatorda metallurgiya bazalariga (xom-ashyo) yaqin bo’lishi hamda iste’molchilarga yaqin joylashishi omillari katta ahamiyatga yegadir. O’zbekiston sharoitida bunday korxonalarni joylashtirishda o’zining metallurgiya bazasi yetarli yemasligi sababli asosan iste’molchilarni hisobga olib joylashtirilgan.
Uchinchi guruh tarmoqlariga o’rtacha yoki yuqori mehnat va yelektroyenergiyasi talab qiluvchi, hamda o’rtacha fond va ko’p material talab qiluvchi mahsulotlar ishlab chiqarish kiradi.
Bu korxonalar kimyo sanoati uchun, qishloq-xo’jaligi va yoqi qurilishi uchun jixozlar ishlab chiqaruvchi mashinasozliklar kiradi. Bu tarmoqlar asosan iste’mol tumanarida to’plangandir.
To’rtinchi guruh tarmoqlariga avtomobil sanoati, transporsozlik, stanoksozlik sanoatlari, hamda yengil va oziq-ovqat sanoat uchun uskunalar ishlab chiqarish kiradi. Bu tarmoqlar o’rtacha mehnat, fond talab qilish, kam va o’rtacha yelektr-yenergiya talabligi hamda kam material talabligi bilan ajralib turadi. Bunday korxonalarni respublikamiz sharoitida o’rta va kichik shaharlarda, mashinasozlik sanoatining boshqa tarmoqlari va malakali kadrlar to’plangan markazlarda joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Qolaversa yenergiya bilan yuqori darajada ta’minlanganligi bu tarmoqlarni joylashtirishda yetarli darajada ro’l o’ynaydi.
Beshinchi guruh mashinasozlik sanoati tarmoqlariga ko’p mehnat talab qiluvchi yoki nisbatan kam material hamda ko’p yelektr yenergiya talab qiluvchi tarmoqlar kiradi. Bularga asbobsozlik, radiotehnika, hamda yelektrotehnika sanoatining ayrim tarmoqlarini, kompyuterlar ishlab chiqarish va boshqalami misol keltirishimiz mumkin.
Bu belgilar ushbu tarmoqlar korxonalarini yuqori malakali kadrlar tayyorlanadigan va to’plangan, yuqori tehnika madaniyatiga yerishilgan, ilmiy- tajriba va ilmiy-tadqiqot institutlari joylashgan rayonlarda joylashtirish maqsadga muvofiq yekanligini ko’rsatadi.
Sanab o’tilgan guruhlar mashinasozlik korxonalarini hududiy tashkil yetishni baholashda ishlab chiqarishni tashkil yetishning tarkib topgan shakllari ham katta ahamiyatga yega.
Taxlillardan shu narsa ma’lumki traktorsozlik, qishloq xo’jalik mashinasozligi, to’qimachilik mashinasozligi, kimyo mashinasozligi tarmoqlari tayyorlov, qayta ishlov va yigiruv sehlari mavjud bo’lgan tulik siklli universal- kompleks korxonalarda ishlab chiqariladi.
Ishlab chiqarishni tashkil qilishning bunday shakli yirik mashinasozlik markazlari doirasi chegaralangan, yuqori malakali kadrlar yetarli bo’lmagan rayonlarda yahshi samara beradi. Lekin hozirgi vaqtda ishlab chiqarishni bunday tashkil qilish shu kunning talablariga javob bera olmayapti.
Shu munosabat bilan yirik mashinasozlik korxonala-rining filiallarini tashkil qilish va ularni kichik shaharlarda, rayon markazlarida, shahar tipidagi posyolkalarda va yirik qishloqlarda joylashtirish yeng oqilona yo’llardan biri hisoblanadi.
Bunday sharoitda mashinasozlik korxonalari ayrim detallar ishlab chiqarishga yoki mahsulotlarning ayrim qismlarini ishlab chiqarishga va hokazolarga ixtisoslashadilar. Masalan, Asaka shahrida Janubiy Koreyaning DAEWOO firmasi bilan hamkorlikda qurilgan avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonani misol keltirishimiz mumkin. Bu zavodning o’zida avtomobilning barcha qismlarini ishlab chiqarish mumkin yemas, avtomobilning ayrim detallari va qismlarini O’zbekistondagi ko’pgina mashinasozlik zavodlari yetqazib beradi va bosh korxonada yig’ib tayyor mahsulot holida ishlab chiqarilmoqda.
Mustakillik yillarida mashinasozlik sanoati korxonalari tomonidan ishlab chikarilayotgan maxsulotlarning turlari keskin o’zgardi. Uni 9-jadvalda keltirilgan rakamlardan xam kurish mumkin.


  1. Yüklə 189,32 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin