Elektronika va asbobsozlik



Yüklə 435,58 Kb.
səhifə1/28
tarix25.12.2023
ölçüsü435,58 Kb.
#197020
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
ETME uslubiy ko\'rsatma


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI


ENERGETIKA FAKULTETI

ELEKTRONIKA VA ASBOBSOZLIK” KAFEDRASI


Elektron texnika materiallari va elementlari” fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun




USLUBIY KO’RSATMA


F arg‘ona
Ushbu - 5521800 «Elektronika va asbobsozlik» yo‘nalishi uchun «Elektron texnika materiallari va elementlari» fanidan tayyorlangan amaliy mashg’ulot matni 5521800 “Elektronika va asbobsozlik” yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan. Matnlarda ushbu sohalarga tegishli eng zarur va yangi ma’lumotlar keltirilgan.
Ko‘rib chiqilgan:

«Elektronika va asbobsozlik» kafedrasi majlisida


Bayon №_____ «____»_______

Tuzuvchi: katta o‘qituvchi Nishonova M.M.


Taqrizchi: t.f.n., dos. Axunov.Q




KIRISH

Elektrotexnika materiallari o‘z ichiga fizika, ximiya va matematika kabi fanlar asosida shakllangan keng qamrovli alohida fan bo‘lib, zamonaviy elektrotexnika va elektronika sohasida qo‘llanilayotgan barcha materiallarning xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Elektrotexnika materiallari, bular elektrmashinalar, apparatlar, asboblar va elektr jixozlar hamda elektrqurilmaalarning boshqa elementlari tayyorlanadigan maxsus materiallardir. Elektrotexnika materiallari turli-tuman. Ularni bir nechta katta guruhlarga ajratish mumkin: elektr o‘tkazgichlar, elektr izolyatsion materiallar (dielektriklar), yarim o‘tkazgichlar, magnit materiallar.


Ma’lumki, elektr mashinalar, apparat va qurilmalarning ishonchli ishlashi tegishli elektrotexnika materiallarining sifatiga va to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liq.
Elektr izolyatsion, magnitli va boshqa elektrotexnika materiallari ratsional tanlanganda o‘lchamlari va massasi kichik, ishonchli ishlaydigan elektr uskunalar yaratish mumkin. Lekin, buning uchun elektrotexnika materiallarining xosslarini va ularning elektr kuchlanishi, temperatrua hamda boshqa faktorlar ta’sirida o‘zgarishini bilish kerak. Biror elektrotexnika materialining xossalariga to‘liq baho berish uchun uning mexanikaviy, elektr, issig‘lik va fizik-kimyoviy xarakteristikalarini bilish kerak. Magnitli materiallarda magnit haratkteristikalarini ham bilish zarur, ular bu materiallarning magnitli xossalarini baholashga imkon beradi. Bundan tashqari texnika va texnologiyaning rivojlana borishi ushbu tasniflanishdan tashqarida bo‘lgan boshqa materiallarning paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. Masalan, o‘z xususiyatlari bilan bu to‘rtlikka kira olmaydigan o‘ta o‘tkazgichlar fanning eng yangi yutuqlari asosida jadal rivojlanib kelayotgan nanomateriallar bular qatoriga kiradi.



Yüklə 435,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin