2.DTni yaratish jarayoni modeli. Model DTni yaratish jarayonini tavsiflashning soddalashtirilgan ko‘rinishini ifodalaydi va DMni yaratish uchun zarur bo‘lgan amaliy bosqichlar ketma-ketligi tasvirlaydi.
Bu singari modellar xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan DT yaratish haqiqiy jarayonini abstrakt ifodalab beradi.
Modellar DTni yaratish texnologik jarayonining qismlari, komponentalari, DTni yaratuvchi jamoaning faoliyatini ham ifodalashi mumkin.
DT yaratish texnologik jarayoni modellari: Ishlar ketma-ketligi modeli. DT ni yaratish jarayonida bajariladigan ishlarning bosqichlarini ko‘rsatib beradi. Bunda jarayonning boshlanishi, xar bir bosqichning bajarilishi, bosqichlarning bajarilishidagi bir-biridan bog‘lanishlar hisobga olinadi. Modeldagi har bir bosqichga DT yaratuvchisining aniq bajaradigan ishlariga mos keladi.
Rasm 2.1. Ishlar ketma-ketligi modeli
Jarayonlar va berilganlar oqimi (potok dannыx) modeli.
Bu modelda DT yaratish shunday faol jarayonlarda ko‘rsatiladiki, ular natijasida berilganlar qayta ishlanadi. Masalan: faol jarayon kirishiga ma’lum berilganlar kelib tushadi va faol jarayonda qayta ishlanadi.
Bu modeldagi jarayonlarni yaratuvchilar yoki kompyuterlar bajarishi mumkin.
.
Rasm 2.2. Jarayonlar va berilganlar oqimi modeli.
3. Rolli model. Bunday modellarni DT yaratish jarayonida qatnashadigan insonlar va ularning loyihadagi vazifasi doirasida bajaradigan ishlari tushuniladi.
Rasm 2.3. Rolli model
DTni yaratish jarayoniga yondoshuvlar: Pog‘onali yondoshuv. DTni yaratishning to‘liq jarayoni alohida bosqichlarga ajratiladi. Bosqichdagi barcha ishlar bajarilgandan keyingina navbatdagi bosqichga o‘tiladi.