Mavzu: tarbiya tamoyillari



Yüklə 87,32 Kb.
tarix28.04.2023
ölçüsü87,32 Kb.
#104416
TARBIYA TAMOYILLARI


Pedagogika va psixologiya fakulteti
107-guruh talabasi
Rafikova komilaning
TARBIYA TAMOYILLARI” mavzusida
tayyorlagan taqdimoti
  • Tekshirdi: Eshonqulov Muhammadjon

Angren universiteti

1. Tarbiyaning tarkibiy qismlari. 2. Tarbiya xususiyatlari. 3. Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni.

Tarbiyaning tarkibiy qismlari quyidagilar: Aqliy tarbiya: bilim, ilm, malaka, ko’nikma, aql, ong, fahm; Axloqiy tarbiya: axloq, odob, xulq, yaxshilik, adolat, insof, diyonat, sharm, hayo, vatanparvarlik va boshq.; Mehnat tarbiyasi: faollik, ishchanlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik; aqliy ish, jismoniy mehnat, foyda, maosh;

Jismoniy tarbiya: chiniqish, sport, o’yinlar; sog’lom tan; Estetik tarbiya: go’zallik, kiyinish, tozalik, yurish-turish, saranjom-sarishtalik; Ekologik tarbiya: tabiat, atrof-muhit, daraxtlar, qushlar, o’rmonlar; Iqtisodiy tarbiya: tejamkorlik, bozor iqtisodiyoti, sarf, isrof; foyda, mulk, mulkka egalik; Huquqiy tarbiya: fuqaro, tenglik, to’g’rilik, halollik, jinoyat, jazo, huquq, burch.

Tarbiya jarayoni quyidagi xususiyatlarga ega: -Ko’p qir-rali jarayon; -uzoq muddat davom etadi; -yaxlit holda va konsen-trik asosda amalga oshadi; -Ikki tomonlama xususiyat, -bolaning faolligi; -Qarama-qarshi-liklar ko’pligi.  

Tarbiyaning birinchi xususiyati uning ko’p qirrali jarayon ekanligi bo’lib unda maktab, oila, bolalar va o’smirlar tashkilotlari, mahalla, keng jamoatchilik, kino-teatr, televideniye, adabiyot va san’at ishtirok etadi. Tarbiyaning yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Ta’limdan farqli ravishda u bola tug’ilganidan boshlanadi, maktab yillarida, undan keyin va butun umr bo’yi davom etadi. Tarbiyaning yana bir xususiyati shundaki, bu jarayon ikki tomonlama xususiyatga ega bo’lib, unda bolaning o’zi ham faol ishtirok etadi.

Tarbiyaning ta’limdan farqlantiruvchi yana bir xususiyati shundaki, u yaxlit holda va konsentrik asosda amalga oshiriladi. Tarbiyaning turli tomonlari bir-biri bilan uzviy bog’langan. Boshlang’ich sinfda ham, o’rta va yuqori sinfda ham ayni bir narsa, masalan, do’stlik, ahillik, vatanparvarlik va boshqalarni tarbiyalash ko’zda tutiladi. Tarbiyada qarama-qarshiliklarning ko’pligi yana bir xususiyatdir. Bu qarama-qarshiliklar bolalarda o’z tushunchalariga muvofiq dastlabki paydo bo’lgan sifatlar bilan tarbiyachi tomonidan tarkib toptirilayotgan sifatlar o’rtasida o’quvchilarga qo’yilgan talablar bilan uni bajarish imkoniyatlari o’rtasidagi kurashlarda namoyon bo’ladi.

Jamiyat taraqqiyotida tarbiyaning o’rni: Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Mutafakkir olim Abu Nosir Forobiy ta’lim - tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.

Jamiyat taraqqiyotida muhim o’rin egallagan insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu hatti harakatini sekin - asta ko’nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilishi qobiliyatni tarbiyalaydi va aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta - sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Bunda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatini e’tiborga olishi zarur.

Tarbiyaning samarali bo’lishi nimalarga bog’liq? Ma’naviy va insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va munosabat muhim o’rin egallaydi. Bolalarni taqlidchanlik xususiyati mavjudligi tufayli ularni tarbiyalashda ota - onaning ongi, ma’naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muhim ahamiyatga egadir.

Xulosa: Xulosa o’rnida aytishimiz mumkinki, tarbiya tamoyillarida tarbiyaning tarkibiy qismlari, tarbiya xususiyatlari, jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni va tarbiyaning o’qitish metodlari kabi tushunchalar mavjud. Bundan tashqari tarbiya masalasida yurtboshimiz “Qat’iy ishonch bilan aytish lozimki, - degan edi O’zbekiston teleradiokompaniyasi muxbiri bilan muloqotda, - ma’naviy boylik moddiy boylikdan ming bor ustun, shu bois biz ta’lim - tarbiya masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida yondoshmoqdamiz. Kadrlar tayyorlash haqida qonun qabul qilingan milliy dastur ham mohiyat e’tibori bilan tarbiyani rivojlantirsiga maqsadni amalga oshirishga qaratilgan.” degan fikrni olg’a surganlar.


Yüklə 87,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin