3-mavzu: Sotsialistik tuzumning rivojlanishi, inqirozi va jahon tarixida yangi bosqichning boshlanishi reja



Yüklə 53,15 Kb.
səhifə1/7
tarix26.06.2023
ölçüsü53,15 Kb.
#135289
  1   2   3   4   5   6   7
3-mavzu Sotsialistik tuzumning rivojlanishi, inqirozi va jahon


3-MAVZU: Sotsialistik tuzumning rivojlanishi, inqirozi va jahon tarixida yangi bosqichning boshlanishi

REJA :

  1. Iqtisodni tiklanishi va totalitarizmni mustaxkamlanishi.

  2. Ikkinchi jahon urushidan keyingi tashqi siyosat.

  3. Shaxsga sig‘inishni fosh qilinishi. N.S.Xrushyevning faoliyati.

  4. Turg‘unlik davri.

  5. 1985 – 1991 yillar Sovet Ittifoqi. M.S.Gorbachyev va uning “qayta qurish va oshkoralik” siyosati.

  6. SSSRning parchalanishi va MDHning tashkil topishi.

  7. XX asr 90- yilarida Rossiya Federatsiyasi.

  8. XXI asr boshlarida Rossiya Federatsiyasi.



  1. Iqtisodni tiklanishi va totalitarizmni mustaxkamlanishi.

Xalq xo‘jaligini tiklash SSSR uchun birinchi darajali va xayot uchun kerakli bo‘lgan vazifalardanedi. Insoniyat tarixida birorta mamlakat urush natijasida SSSR ko‘rganchalik zarani boshidan kechirmaganedi. SSSR 30 % yaqin milliy boyligining yoqotdi va 20 milliondan ziyod o‘z fuqaro­lari­dan judo bo‘ldi.
1946 yil xalq xo‘jalagini tiklash bo‘yicha 1946-1950 yillar mo‘ljallangan 4- beshyillik reja ishlab chiqildi. Ushbu beshyillik rejani bajarish natijasida ishlab chiqarish urush arafasidagi darajaga yetkazildi. Bu eng avvalo xalq ommasining fidoiliy mehnatining natijasi bo‘ldi. Germaniya­dan olingan reparatsiya va mablag‘larning ijtimoiy sohadan sanoat ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirish davom etib kelayotgan qattiq qo‘llik siyosati ma’lum darajada muhim rol o‘ynadi.
Urush natijasida qishloq xo‘jaligiga yetkazilgan zarar, sanoat sohasiga yetkazilgan zarardan kam emasedi. Qishloq xo‘jalik mahsulotining hajmi 1940 yil nisbatan deyarli 40% pasayib ketdi. Urushdan keyingi yillarda oziq-ovqatning etishmashligiga, mamlakatning g‘arbiy qismida 1946 yil bo‘lib o‘tgan qurg‘oqchilik o‘z tasirini ko‘rsatdi. Xatto mamlakatning ayrim hududlarida qattiq ocharchilik boshlandi. Mamlakatning barcha resursi sanoatni tiklashga jalb etildi, qishloq esa qo‘shimcha daromat manbayi sifatida bo‘ldi. Qishloq xo`jalik mahsulotlarining narxlari sunniy ravishda pasaytirildi, mehnat evaziga eg‘ilgan jamg‘armalar musodara qilindi. Dehqonlarning tamarg‘a xo‘jaliklariga ham katta solig‘lar qo‘yildi. 50- yillarning boshlarida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish urush arafasidagi darajaga yetkazilgan bo‘lsada, qishloqlar og‘ir inqiroz holatida qoldi.
Urushning sinovlariga va mamlakat iqtisodiyotini tiklanishidagi ma’lum darajadagi yutuqlarga qaramagan holda, Stalin boshchiligidagi rahbariyat urush yillirida susaygan qatag‘on siyosatini davom etish yo‘liga o‘tdi. Mamlakat borgan sari - KGB, MVD va bo‘shqa ma’muriy va huquqiy organlarning katta “zonasiga” o‘hshab qoldi. Millionlab begunox odamlar erkinlikdan mahrum bo‘lib qoldilar. Vatanning nafaqat kechagi ximoyachilari, oddiy saldatdan marshalgacha, balki ko‘plab ko‘zga ko‘ringan partiya va davlat arboblari hamda olimlar, o‘zvoshimchalikning qurboniga aylandilar. Ayniqsa og‘ir kulfatlar, Stalin va u boshchiligidagi partiya va davlat rahbarlarining aybi bilan o‘rushning dastlabki yillarida fashistlarning qurshovida qolganlar zimmasiga tushdi.
“Kosmopolitizmga” qarshi kurash shiori ostida ijodgor ziyoliy arboblariga – yozuchilarga, rassomlarga, bastakorlarga, kino arboblariga nisbatan quvg‘in avj oldi. Rasmiy mafkurachilar fikricha ularning asarlari sovet insonini tarbiyalash maqsadiga zid kelardi. Bundaylar qatoriga yozuvchilardan A.A.Axmatova va M.M.Zatsepin, bastakorlardan D.D.Shostakovich, S.S.Prokofev, A.I.Xachaturyan va boshqalar kirganedi.
Burjuacha sohta fan sifatida mamlakatda yaratilgan genetiklar maktabi yo‘q qillindi, shuningdek kibernetika va psixoanaliz sohalari shavqatsiz tor-mor qilindi. Mamlakatda, Stalin shaxsiga va totalitar ma’muriy-buyruqvozlik tizimiga sig‘inish muhiti o‘rnatildi.


Yüklə 53,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin