1-2-sinf matematika darslarida masala yechimini tekshirish asosida o`quvchilarni ijodiy ishlashga o`rgatish metodikasi Reja: Kirish I bob. O’quvchilarni masalalar yechishga o’rgatishning nazariy asoslari


Boshlang’ich sinfda masalalarni o’rganishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish



Yüklə 159,83 Kb.
səhifə9/15
tarix21.12.2023
ölçüsü159,83 Kb.
#188014
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
1-2-sinf matematika darslarida masala yechimini tekshirish asosi-fayllar.org

2.3. Boshlang’ich sinfda masalalarni o’rganishda zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Ma’lumki, 1-sinf o’quvchilari darsda yechiladigan masala mazmunini
to’g’ridan-to’g’ri tushunmaydilar, chunki ular hamma narsaga qiziquvchan
bo’lganligi uchun ham ularning fikrlari tarqoq bo’ladi. Shuning uchun ham
masalalar yechish jarayonida o’quvchilar fikrini to’la qila olish va masala
mazmunini yanada tushunarliroq bayon qilish kerak bo’ladi.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalgam oshirish yo’llaridan biri darsda
ko’rsatilgan qurollardan o’rinli foydalanish bilan birga yaxshi tashkil etilgan
og’zaki suhbat hisoblanadi. Fikrimizning dalili uchun bir necha masalaning
yechilishi namunasini ko’rib o’tamiz:
1. Simyog’ochga 4 ta qaldirg’och qo’ngan edi. Yana 3 ta qaldirg’och kelib
qo’ndi, so’ngra 2 ta qaldirg’och uchib ketdi. Simyog’ochda nechta qaldirg’och
qoldi?
O’qituvchi kartochkani ko’rsatib suhbat o’tkaziladi.
Simyog’ochga qo’nib turgan qaldirg’ochlar 4 ta
Bor edi-4 ta q.
Qo’ndi- 3 ta q
Uchdi -2 ta q.
Qoldi – 2 ta q.
- Bolalar simyog’ochda avval nechta qaldirg’och bor edi?
- 4 ta qaldirg’och bor edi.
- Yana nechta qaldirg’och kelib qo’ndi?
- 3 ta qaldirg’och kelib qo’ndi.
- Simyog’ochda hammasi bo’lib nechta qaldirg’och bo’ldi?
- 7 ta qaldirg’och bo’ldi.
- Shundan nechtasi uchib ketdi.
- 2 ta qaldirg’och uchib ketdi.
- Simyog’ochda nechta qaldirg’och qoldi.
Kartochkadagi qaldirg’ochning usti qog’oz bilan berkitiladi. Bunday
tushuntirish orqali o’quvchilar faqat masala mazmuniga tushunibgina qolmasdan
balki, o’gzaki yechishga ham yetib boradilar. Shundan so’ng masala sharti yana
bir marta o’quvchilar bilan birgalikda takrorlanadi va shartiga ko’ra quyidagi
tartibda ifoda tuzib yechiladi.
Simyog’ochda 4 ta qaldirg’och bor edi. Yana 3 ta qaldirg’och kelib qo’ndi:
3+4. Shundan 2 tasi uchib ketdi: 4+3-2
Endi bu ifoda osonlikcha yechiladi. Ya’ni avval 4 va 3 sonlari qo’shiladi.
Yig’indi(7) hosil bo’ladi. Yig’indidan 2 soni ayriladi. Natijada izlangan son (5)
hosil bo’ladi.
Javob: 5 ta qaldirg’och qoldi.
Shundan so’ng o’quvchilar yuqoridagilarni daftarlariga yozib oladilar.
2. Nasibada 4 ta olma bor edi. Onasi unga yana 3 ta olma berdi. U 2 ta olmani
yedi. Uning nechta olmasi qoldi?
Bor edi-4 ta
Onasi berdi- 3ta
O’zi yedi – 2 ta
Qoldi-?
Kartochkani bolalarga ko’rsatib, suhbat o’tkaziladi.
- Bolalar siz kartochkadan nimani ko’ryapsiz?
- 2 qator olmalarni.
- Nechta olma rasmini ko’rdingiz?
- 4 ta olma va 3 ta olmani
- Nasibaga onasi nechta olma berdi?
- 3 ta olma berdi.
- Nasiba nechta olma yedi?
- U olmalardan 2 tasini yedi.
- Uning nechta olmasi qoldi?
- O’zida 4 ta, onasi 3 ta olma bergan edi. Jami 4+3=7 ta olma bo’ldi. 2 ta olmani
yeganidan keyin 4 + 3 = 7 – 2 = 5 ta olma qoldi.
O’quvchilar o’qituvchilar yordamida ifoda tuzib masalani boshqa usulda
yechishlari ham mumkin. 4+3-2=4-2+3=2+3=5. Javob: 5 ta olma qoldi.
Bu safar masala ayirmaga sonni qo’shish usuli bilan yechiladi.
3. Akvariumning bir tomonida 4 ta baliq yuribdi, 2-tomonida 3 ta baliq
yuribdi. Nodira 2-tomondagi baliqlardan 2 tasini oldi. Akvariumda nechta baliq
qoldi?
Masala sharti o’qib tushuntiriladi va akvarium haqida tushuncha beriladi.
- Akvarium bu – baliqchalar solib qo’yilgan idish. Ko’rgazma bolalarga
ko’rsatiladi va og’zaki yechiladi.
- Bolalar akvariumning bir tomonida nechta baliq bor ekan?
- 4 ta baliq bor ekan.
- Ikkinchi tomonida-chi?
- 3 ta baliq.
- Nodira nechta baliq oldi, qaysi tomondagidan?
- 2 ta baliq oldi, ikkinchi tomondagidan.
- Akvariumda nechta baliq qoldi?
Shundan keyin bironta o’quvchini darstaxtaga chiqarib, ifoda tuzdiriladi va
hosil bo’lgan ifodaning son qiymati topiladi.
(4+3)-2=4+(3-2)=4+1=5 ta Javob: 5 ta baliq qoldi.
4. Gulnorada 4 ta lola bor edi. Nigora unga yana 2 ta lola sovg’a qildi.
Shundan keyin bolalardan birining guli to’kildi. Gulnorada nechta lola qoldi?
O’qituvchi ko’rgazmani bolalarga ko’rsatadi. So’ngra masala shartini o’qib
tushuntiradi.
Bor edi- 4 ta
Berildi – 2 ta
Qoldi-?
O’quvchilar savol-javob orqali masalani og’zaki yechadilar.
- Gulnorada nechta lola bor edi?
- To’rtta lola bor edi.
- Nigora unga nechta lola berdi?
- Ikkita lola berdi.
- Qani, Baxtiyor ifodani tuzchi?
- Baxtiyor darstaxtaga chiqib ifodanituzadi: 4+2
- Gulnoraning lolasi nechta bo’ldi?
- Oltita bo’ldi
- Nechta lolaning guli to’kildi?
- Baxtiyor: ,,Bittasining” deb javob beradi va (4+2)-1 ifodani tuzib, uning
qiymatini hisoblaydi. Bolalar daftarlariga yozadilar.
Javob: Gulnorada 5 ta lola qoldi.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, shunday rasmli qog’oz lavhachalar orqali
masalalar ifodasini tuzish va yechish oson bo’ladi. Oz vaqt ichida ko’p masala
yechiladi. O’quvchilar qog’oz lavhalardagi masalaga mos rasmli o’z ko’zlari bilan
ko’rib, masalaning mazmunini tez tushunadilar va uni oson yechadilar, fanga
qizqadilar, dars jarayonida o’quvchilarning faolligi ortadi.

Yüklə 159,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin