1 2 SINFDA MATEMATIKADAN OʻQUVCHILARNING BILISH JARAYONINI FAOLLASHTIRISH (1)
2.3 1-sinlar uchun hayotiy masalalar echish jarayonida mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oʻstirish metodikasi Rasmga qarab masala tuzing va uni eching.
Bir xaltadan 10 kg kartoshka bor edi. Undan 2 kg va 4 kg kartoshka ishlatildi. Necha kg kartoshka qoldi.
Echish: 1. 10-2=8 kg 8-4=4 kg
10-(2+4)=10-6=4kg
Javob: 4 kg kartoshka qoldi.
2. Uchinchi qopda necha kg bodring bor?
Uch qopda 90 kg bodring bor, 1-qopda 40 kg 2-qopda esa 30 kg, uchinchi qopda necha kg bodring boʻlgan?
Echish: 1. 40+30=70 kg 90-70=20 kg. 2. 90-(40+30)=90-70=20 kg Javob:Uchinchi qopda 20 kg bodring boʻlgan.
3.Hammasi boʻlib necha kg sabzi bor?
6 kS Slks
Birinchi savatda 6 kg, ikkinchi savatda esa 9 kg sabzi bor edi. Uchinchi savatda esa ikkinchi savatda qancha boʻlsa shuncha sabzi boʻlgan uchala savatda qancha sabzi boʻlgan?
Echish: 6+9+9=24 kg Javob: uchchalasida 24 kg sabzi boʻlgan.
Rasmga qarab masala tuzing?
11 kg 7 kg engil
Birinchi velosiped 11 kg ikkinchi velosiped 7 kg engil. Ikkalasi necha kg?
Echish- 11-7=4 kg 11+4=15 kg. 11+(11-7)=11+4=15 kg. Javob: Ikkalasi 15 kg
Arifmetik masalalar echish jarayonida oʻquvchilarning fikrlash qobiliyatlarini oʻstirish. Masalalar echish matematikada oʻqitishni muxim tarkibiy qismidir. Masalalar echmasdan matematikani oʻzlashtirishni tasavvur ham qilib boʻlmaydi. Masalalar echishida nazariyani amaliyotga tadbiq qilinishi haqida fikr yuritishida natural sonlar arifmetikasini oʻrganish maqsadga muvofiq masalalar va amaliy ishlar sistemasi asosida tuzilgan. Arifmetik amallarning mazmunini amallar orasidagi bogʻlanishlarni amalda qoʻllanishlarni bilan natijalar orasidagi baholashlarni ochib berishda har xil miqdorlar orasidan baxolashlar bilan tanishishiga echish va ular haqida fikr yuritish katta axamiyatga ega boʻladi.
Sodda va murakkab masalalarni fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning foydali vositasi boʻlib odatda oʻz ichiga yashirin ma‘lumotni oladi. Masalalarni echishda predmetga boʻlgan qiziqishni rivojlanadi. Umuman mustaqillik, erkinlik, talabchanlik, mexnatsevarlik maqsadga muvofiqdir.
Qoʻshish va ayirishga oʻrgatish 1 sinfda matematika oʻqitishning asoslaridan biridir. Bolalar bogʻchasida asosiy tayyorlov ishlari olib boriladi. Bolalar arifmetik masalalarni echib, hisoblash malakalarini egallab boradi. Bu arifmetik masalalarning ma‘nosini tushunishiga hamda unga ongli ravishda yondoshishlar, xatoliklar natija hamda amallar komponenti orasidagi oʻzoro bogʻlanishlarni aniqlashga imkon beradi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar bir amalli oddiy masalalarni, ya‘ni narsalar ustida ish bajarishdan qoʻshish ayirishdan bevosita kelib chiqadigan (qoʻshdik, koʻpaydi, ayirdik, kamaydi) arfmetik masalalarni echadilar.
Bular yigʻindi va qoldiqni toipishga qaratilgan masalalardir. Bolalarga katta son kichik sonlarni qoʻshish hollari bilan tanishtiriladi. Ularni avval 1 soni qoʻshish va ayirish keyinroq 2 va 3 sonlarni qoʻshish va ayirishga oʻrgatib boriladi. Masalalar echish bolalarga avvolo mukammal matematik tushunchalarni shakllantiradi. Fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Oʻylash masalalarni hayotga tatbiq eta olish, har bir amaliarni ma‘nosini tushunishdan iboratdir. Qoʻshish amallariga doir masalalar echishiga toʻplam elementlarini birlashtirish natijasida belgilarni aniqlaydilar amaliarni nomalum komponenti (nomalum qoʻshiluvchi, koʻpayuvchi, boʻluvchi) topishga doir masalani echayotib bolalar arfimetik amallarni komponentlari va orasidagi bogʻlanishni oʻzlashtiradilar. Masalalar konkret material boʻlib, ular yordamida oʻquvchilar yangi bilmlar vujudga keladi va mavjud bilmlar tadbiq qilish mobaynida mustahkamlanib boriladigan holda nazariyani amaliyot bilan oʻqitish tushuntirish bilan bogʻlab olib borish imkonini beradi. Arifmitik masalalar echish oʻquvchilar kundalik hayotida har kungi oʻquv zarur boʻlgan amaliy fikrlarini vujudga keltiradi. Hayotdagi harid qilingan narsaning narxini koʻrishgan narxini olgan narsalarni narxini, ishga kech qolmaslik uchun uydan qachon chiqqanligi haqida fikr yuritiladi. Oʻquvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish uchun masalalardan keng foydalaniladi. Masala tuza bilish koʻnikmasi uning tuzilishini oʻzlashtirib olish uchun zamin yaratadi. Bolalar masala tuzish bilan 2 yoki 3 mashgʻulot oʻtganidan soʻng tanishadilar ular masalada shart va savol borligini bilib oladilar. Masala shartini kamida 2 ta son boʻlishligi alohida ta‘kidlanadi. Oʻqituvchi bolalarga masalani nima haqida gapirishini soʻzlab beraman, siz boʻlsangiz men aytgan narsalarni hammasini chap tomoniga 3 ta olma oʻng tomoniga 4 ta olma qoʻydim. Stolga hammasi boʻlib nechta olma qoʻyildi. Bolalarga tarbiya berishda ham maqsadli malakalarni roli katta masalalar oʻquvchilarni fikri doiralarni kengaytirishiga yordam beradi. Masalalar echish haqida fikr yuritish natijalarida shunday masalalar tarkib topadi.
Masalalarni tinglashni oʻrganish va uni mustaqil oʻqib oʻzlashtirishdan boshlanadi. Masala shartini yaxshiroq oʻzlashtirish maqsadida har bir oʻquvchi masala matnini mustaqil oʻqib chiqishi zarui boʻlishi uchun ularga masalani oldin ovoz chiqarmay oʻqishini soʻngra esa tovush chiqarib ifodali oʻqishni taklif qilish kerak.Masalani ifodali oʻqishda sonni ma‘lumotli va masalani echish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan elementlari tovush bilan ajratib olishlari uchun fikr yuritishlari oʻrgatiladi. Oʻquvchi masalani echish mobaynida koʻp matematika fikrlash son, arifmetik amallar, amaliarni bajarish tartibi haqida fikr yuritadilar, oʻquvchilar masalalar echish orqali oʻquvchilar bilan va tarbiya sohasida muhim boʻlgan fikrlar bilan tanishadilar. Koʻp masalalarning mazmunida bolalarni va kattalarning mehnati mamlakatimizning xalq xoʻjaligi mexanika fan va madaniyatida erishgan yutuqlari haqida fikr yuritadilar.
Masalalar echish haqida fikr yuritish aqliy rivojlanishiga ancha ijobiy ta‘sir koʻrsatadi chunki u aqliy operasiyalarni analiz va sentez, taqqoslash umumlashtirishni talab etadi. Oʻquvchi istalgan masalani echayotganda analiz qiladi savolini masala shartida fikr yuritadi. Oʻquovchilar masala echish orqali izlanayotgan sonlar orasidagi bogʻlanishlarini aniqlash uchun fikr yuritadilar. Masalalar echish mobaynida oʻquvchilar egallashi lozim boʻlgan belgilar sonlar va izlanayotgan son orasidagi masalalar ustida ishlashga doir oʻquvchilarni avval bir turdagi masalalarni echishga soʻngra boshqa turdagi masalalarni echishga fikr yutita olib negaki masalalar echish jarayonida berilgan sonlar va nomalum son orasidagi bogʻlanishni aniqlash buning aloxida arifmetik masalalarni tanlashni oʻrganadilar. YA‘ni masalada arfimetik amalni tanlashga oʻtish uchun fikr mulohaza yuritiladi. Masala echish ogʻzaki yoki yozma ravishda boʻlishi haqida fikr mulohaza yuritadilar ogʻzaki echishda tegishli arfimetik amallar va tushuntirishlar ogʻzaki bajariladi. Boshlangʻich sinflarda echiladigan masalalarni deyarli yarmi ogʻzaki bajarilishi kerakligi haqida mulohaza qiladilar. Masalalar echish oʻquvchilarda masala mazmuniga chuqurroq qarash haqida berilgan sonlar va izlanayotgan va orasidagi bogʻlanishni har tomonlama fikrlash qobiliyati rivojlantiradi. Oʻquvchilarni mustaqil masalalar echishiga oʻrgatishning bir qancha bosqichini koʻrsatamiz.
1-bosqich masala oʻquvchining yoʻnaltiruvchi savollar buyicha echiladi va bu echish doskada va daftarga bir vaqtda bajariladi.
2-bosqich masala shartini oʻqituvchi rahbarligida analiz qiladi va echish rejasini tuziladi. Echishni oʻz doirasiga yozilmaydi ogʻzaki aytilmaydi ham. Oʻquvchilar esa uni mustaqil fikr yuritib boradilar.
3-bosqich oʻqituvchi raxbarligida masala faqat analiz qiladi. Echish rejasi va echishning oʻzini oʻquvchilar mustaqil bogʻlaydi.
4-bosqich masalani oʻquvchining hech bir yordamisiz mustaqil echish uchun fikr yuritadilar. Oʻquvchilarga masalalar echish masalani tarkib toptirishga ijodiy harakatlari masalalar haqida fikr yuritishi maxsus ahamiyatga ega boʻladi
Xulosa Mantiqiy tafakkurni shakllantirish boshlang`ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallarni shakllantirish imkoniyatlaridan foydalanish uchun har bir tushunchaning mohiyati, mazmuni va uning oʻquvchilar amaliy tajribasiga asoslanilishi hamda koʻrgazmalilikning keng yoʻlga qoʻyilishi, taqqoslash, xulosa chiqarish va konkretlashtirishga oʻrgatish boʻlish usullarining oʻrganilishi bilan birga umuman boshqa amallardagi oʻxshash qonuniyatlarni taqqoslash asosida keltirib chiqarishga hamda mashq va misollarni echishni tahlil qilish asosida oʻrgatilishi, xatolar ustida ishlash va bularning barchasidan samarali foydalanish asosini tashkil etadi. Boshlang`ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallar tushuncha oʻqitilishini arifmetik amallar natijalar va komponetlari orasidagi bog`lanishning ahamiyatini hisobga olib, matematika oʻqituvchilarining boshlang`ich ta‘lim matematika kursini oʻqitishda oʻquvchilarda fikrlash koʻnikmalari, mashqlar echishda mantiqiy asoslash va fikrlashni talab etadigan biz ishlab chiqqan tavsiyalardan foydalanishlari ularning umuman matematik tayyorgarligi, qiziqish va qobiliyatlari rivojining oshishiga xizmat qiladi.
Kelgusida bu soha boʻyicha boshlang`ich sinflar matematika darslarida boʻlish tushunchasini oʻqitishning har bir sinf boʻyicha konkret uslubiy tavsiyalari ishlab chiqilsa, oʻquvchilarda hisoblash malakalarini oʻstirish orqali tenglama va tengsizliklar, matnli masalalar echishdagi qoʻllanilishi usullarini sistemali va ketma-ketlilik asosida oʻqitilishiga va bunda ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish maqsadida mashqlar toʻplamlari, multimedia va grafik vositalarni tayyorlash yoʻlga qoʻyilsa boshlanqich matematik matematik ta‘lim samaradorligini oshirishda ijobiy natijalar beradi deb hisoblaymiz.