1 7-maruza. Tarmoqli tеxnologiyalar va Internet xizmatlari. Reja



Yüklə 218,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/19
tarix20.11.2023
ölçüsü218,02 Kb.
#162988
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
1 7-maruza. Tarmoqli tеxnologiyalar va Internet xizmatlari. Reja

nic.merit.edu.
Internet connecetivity (Internet hamjamiyati) fayllari esa 
nets.by.country

world.list.txt
nomlariga ega. Shuning uchun FTP serverlarga katalog va 
fayllarda joylashgan ma’lumotlarni topish README (meni o’qi) yoki Index (ko’rsatkich) nomli 
fayllar orqali qaralsa, masala ancha oson ko’chadi. Chunki bu fayllarda FTP-server va undagi 
kataloglar haqida ma’lumotlar joylashgan bo’ladi. Shuning uchun vaqtni ko’p sarflamaslik 
maqsadida avvalo bu fayllarni (INDEX, README) yozib olib o’rganish maqsadga muvofiqdir. 
Foydalanuvchida server haqida turli savollar tug’ilsa, unda o’z server administratoriga 
posmaster
nomi bilan murojaat qilinadi. Masalan, markaziy ma’lumotlar tizimi joylashgan manzil 
vs.internic.net
nomga 
posmaster@vs.inter/nic.net
bilan elektron pochtaga murojaat qilinadi. 
Fayllar bilan ishlash 
FTP da fayllar bilan ishlash uchun quyidagi buyruqlar ishlatiladi. 
ASCII 
Uzatiladigan fayllarga matn sifatida ishlov berilsin. 
Binnary 
Uzatiladigan fayllarga ikkili fayl sifatida ishlov berilsin. 
Cr 
Ascii fayllar bilan ishlashda belgilarni o’chirish holatini o’zgartirish.
Hash 
Ma’lum qism ma’lumotni uzatilganligi belgisini ko’rsatish (odatda «#» 
paydo bo’ladi). 
Promt 
Guruh fayllarni uzatishda foydalanuvchiga so’rovni ko’rsatish yoki 
ko’rsatmaslik. 
Status 
O’rnatilgan optsiyalarning holatini ko’rsatish. 
User 
Tizimga kirishini so’ramoq (nom va parol). 
Verbose 
Foydalanuvchiga keng axborotlarni berish yoki bermaslik holatini 
o’rnatish. 
Internetda kommunikatsiya xizmat turlari sifatida E-mail (elektron pochta), Telnet, Usenet, 
IRClarga to’xtaymiz. 
TELNET 
Telnet dasturi uzoqda joylashgan kompyuter tarmog’iga kirish vositasi bo’lib, shu bilan birga 
Internetda mavjud ma’lumotlar bazasiga ham kiradi. U quyidagi buyruq yordamida ishlaydi. 
Telnet
 
xost kompyuter nomi 
Misol: telnet ams.org.
Bunda siz Amerika matematika jamiyati xost kompyuteri bilan ulanasiz. Shunday qilib, Telnet 
ikki kompyuterni bir-biri bilan bog’lab, ma’lumot olish imkoniyatini beradi. Telnet orqali xost 
kompyuter bilan bog’lanilganda, undagi dasturlar avtomatik ravishda ishga tushib ketishi va xost 
kompyuterda mavjud turli ma’lumotlar tezgina olinishi mumkin. Telnet dasturi emulyatsiya 
qiluvchi dasturdir, ya’ni agar siz klaviaturadan uzoqdagi kompyuterga jo’natilayotgan buyruqlarni 
tera boshlasangiz, siz bu buyruqlar bajarilishini natijasini o’z monitor ekraningizda ko’rib, go’yoki 
o’z kompyuteringizda ishlayotgandek his qilasiz. Shuning uchun ham kompyuterda ishlash 
terminal emulyatsiya qilish deb ataladi. 
FTPdan Telnetning asosiy farqi shundan iboratki, FTPda uzoqdagi kompyuterga fayl uzatiladi 
yoki undan qabul qilinadi. Telnetda esa uzoqdagi kompyuter bilan bog’lanish natijasi unda mavjud 
xizmatlar bilan aniqlanadi.



Yüklə 218,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin