1 7-maruza. Tarmoqli tеxnologiyalar va Internet xizmatlari. Reja



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/18
tarix08.07.2022
ölçüsü0,86 Mb.
#62709
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
1 7-maruza. Tarmoqli tåxnologiyalar va Internet xizmatlari. Reja

16
 
xizmatdan ikkinchisiga internet orqali utib boradi. 
1.2. Eletron pochtaning dasturiy ta’minoti. 
1. Internetdan sizning elektron pochta qutingizga xabar kelsa, uni uqishingiz, unga javob 
yozishingiz va bu xabarni junatishingiz uchun elektron pochta dasturiy ta’minotiga ega bo’lishingiz kerak 
bo’ladi. Bunday dasturlar pochtalьon (mailer) yoki uqigich (reader) deb ataladi. 
2. Agar kimdir sizga internet orqali elektron xabar junatsa, bu xabar darxol sizning 
kompyuteringizga kelib tushmaydi, aksincha bu xabar pochta serveriga junatiladi. Sizning pochta 
dasturingiz esa pochta serveriga kirib, sizga xabar kelganmi yoki yuqligini tekshiradi. 
3. Agar sizga yangi xabarlar kelgan bo’lsa, serverga kirganingizda sizga kelgan yangi xabarlar 
ruyxati sizning kompyuteringiz ekranida paydo bo’ladi. Odatda xar bir xabar kimdan kelgani, uning 
mavzusi, u kelgan sana va vaqt ham bu ruyxatda ko’rsatilgan bo’ladi. 
4. Siz kelgan xabarlardan birini uqimoqchi bo’lsangiz, dastur bu xabarni sizning 
kompyuteringizga yuklaydi. Siz yuklangan xabarni uqishingiz, uni saqlab quyishingiz, uchirib 
tashlashingiz, unga javob berishingiz mumkin. 
5. Elektron pochta dasturi yordamida xabarlarni saqlash uchun papkalar yaratish, siz xabar 
junatgan manzillarni saqlash uchun manzillar kitobchasini tuldirish, manzillar ruyxatini yaratish, 
junatiladigan xabarlarning xomakisini tayyorlash, xabarlarda salomlashish va xayrlashish uchun tayyor 
iboralarni yaratish, hamda boshqa ishlarni qilish mumkin. 
6. Kupgina pochta dasturlari, matn bilan bir qatorda HTML asosida yaratilgan saxifalarni ham 
junata oladi. Bunday xabarlar yordamida tuliq formatlangan saxifalarni junatish va qabul qilib olish 
mumkin. Masalan, bunday xabardagi gipermurojaat orqali boshqa saxifalarga utib ketish mumkin.


17
 
1.3. Elektron xabarlarni tarmoqlararo uzatish 
1. Elektron xabar internet orqali junatilganda, u avval internetning TCP protokoli tomonidan IP 
paketlarga ajratiladi. Bu paketlar tarmoqning ichki (internetga nisbatan tashqi) marshrutizatoriga uzatiladi. 
Marshrutizator paketlar yetkazilishi kerak bo’lgan manzilni tekshirib, agar bu manzil tarmoq ichida bo’lsa, 
u xolda paketlar unga uzatiladi. Aks xolda paketlar tarmoqdan tashqariga yul oladi. 
2. Tarmoqdan tashqariga junatilayotgan xabar Firewall deb ataluvchi kompyuter orqali utadi. Bu 
kompyuter tarmoqni tashqi xavflardan ximoya qiladi. FireWall uzidan utayotgan internet va maxalliy 
tarmoq orasidagi xabarlar va ma’lumotlarni kuzatib boradi. U uzidan utayotgan paketlarning ba’zilarini 
tuxtatib qolishi mumkin. 
3. Elektron xabar Internetga chiqishi bilan marshrutizatorga uzatiladi. Marshrutizator xabar 
junatilishi kerak bo’lgan manzilni tekshiradi va bu manzil yunalishida xabarni uzatadi. 
4. Xabar yetkazilishi kerak bo’lgan manzil joylashgan maxalliy tarmoqning shlyuzi bu xabarga 
tegishli paketlarni olgach, ulardan dastlabki xabarni TCP protokolidan foydalangan xolda qayta tiklaydi. 
SHlyuz xabarni bu maxalliy tarmoq foydalanadigan protokol tushunadigan kurinishga o’tkazadi va uni 
maxalliy tarmoqka o’tkazib yuboradi. Xabar, albatta, bu tarmoqning FireWall idan utadi. 
1.4. Elektron xabarlarni yetkazishning mobilь tizimi 
1. BlackBerry (keng tarkalgan “aklli” telefon: smartfonlarning bir turi)dan foydalanganda elektron 
pochta kutisini yangi xabar kelganligiga tekshirib turishning keragi yuk. CHunki bu qurilma (mobil telefon) 
elektron pochta serverini mobilь aloka tizimi orqali doimiy tarzda nazorat qilib turadi. Bu telefon orqali 
shaxsiy pochta kutisini ham, korporativ tarmoqdagi kutini ham nazorat qilish mumkin. 
2. Mobilь telefonning simsiz tarmogi pochta kutisini tekshirish uchun talabnoma yaratadi va uni 
internet orqali junatadi. 
3. Internet bu talabnomani elektron pochta kutisi joylashgan korporativ tarmoqka uzatadi. 
Korporativ tarmoqning FireWall ximoya tizimi bu talabnomaning haqiqiyligini va uning korporativ tarmoq 
a’zosidan ekanligini tekshiradi. Agar bu talabnoma korporativ tarmoqning haqiqiy a’zosidan bo’lsa, uni 
korporativ tarmoq ichiga o’tkazib yuboradi. Aks xolda uni tutib koladi. 
4. Korporativ tarmoq ichida talabnoma avval mobilь aloka serveriga kelib tushadi, u esa 
talabnomani elektron pochta serveriga uzatadi. 
5. Korporativ tarmoqning pochta serveri uni olgach, boshqa talabnomalar kabi kurib chiqadi. 
6. Agar pochta serveridagi kutida yangi elektron xabar bo’lsa, bu xabar mobil aloka serveriga 
uzatiladi. Bu server xabarni unga kelgan talabnomaning bosib utgan yuli buylab mobil telefonga kaytaradi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin