1
7-maruza. Tarmoqli tеxnologiyalar va Internet xizmatlari.
Reja:
1. Kompyuter tarmoqlarining tushunchasi va turlari.
2. Tarmoqli texnologiyalarni milliy iqtisodiyotning tarmoq va soxalarida foydalanish.
3. Internet xizmatlari bilan ishlash.
1. Kompyuter tarmoqlarining tushunchasi va turlari.
Kompyuter tarmoqlarining paydo bo‘lish sabablaridan biri
resurslaridan hamkorlikda
foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir
vaqtning o‘zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu
xolat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi. Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar
majmuining birgalikda ishlatilishi qo‘shimcha mablag‘ni asraydi.
Xozirda kompyuterlarni qo‘llashda ko‘pgina foydalanuvchilar
uchun yagona axborot
makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muxim ahamiyatga ega. Buni butun dunyo
kompyuter tarmog‘i xisoblanmish Internet misolida yaqqol kirish mumkin.
10.1-rasm. Kompyuter tarmoqlari
Uzatish kanallari orqali o‘zaro bog‘langan kompyuterlar majmuiga
kompyuterlar tarmog‘i
deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur hamda
axborot tarmog‘i resurslaridan jamoa bo‘lib foydalanishni taminlaydi.
Kompyuter tarmoqlarini ko‘pgina
belgilar, xususan xududiy ta’minlanishi jixatidan
tasniflash mumkin. Bunga ko‘ra global, mintaqaviy va lokal (maxalliy) tarmoqlar farqlanadi.
Global tarmoqlar butun dunyo bo‘yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va
ko‘pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi EXM va
aloqa tarmoqlari uzellarini
birlashtiruvchi yo‘ldosh orqali aloqa kanallaridan foydalanadi. Global tarmoq – bu internet.
Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bo‘lmagan
mamlakat shaxarlari, viloyatlaridagi
foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanallari sifatida ko‘pincha
telefon tarmoqlaridan
foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 km ni tashkil etadi.
EXMning lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin
binolaridagi abonentlarni bog‘laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 80-90% axborot
o‘sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar qanday tizilmaga ega bo‘lishi mumkin.
Lekin lokal tarmoqlardagi kompyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan
bog‘langan bo‘ladi. Barcha kompyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bo‘lishi
- lokal tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yorug‘lik o‘tkazgich inson soch tolasi
kalinligida yasalgan. Bu o‘ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan kabel.
Lokal tarmoqda EXMlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10 km gacha, radio kanal
aloqasidan foydalanilsa – 22,5 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot mulki xisoblanadi va bu
ulardan foydalanishni osonlashtiradi.