20
uning elektron pochta manzili kiritiladi. Anonim FTP serverlar Internet aloqalarida dastur
mahsulotlari va boshqa ma’lumotlarni ayirboshlashda muhim rol o’ynaydi. Bunday serverlar
dunyo bo’yicha joylashgan bo’lib, unda sizni amalda qiziqtirgan barcha dasturlar va fayllarni
topishingiz mumkin. Bunda ularning aksariyati tekinga beriladi (dastur va ma’lumotlarning bepul
turmasligini eslang). FTP serverlarda fayllarni, resurslarni aniqlash masalasi (albatta, siz uni
manzilini avvaldan bilmasangiz) ancha murakkab. Bunga bir qancha sabablar bor. Ulardan biri
FTP serverlardagi fayllar nomlari turli amaliyot tizimlarda har xil belgilanishi, FTP serverlarda
tashqaridan kirishi lozim bo’lgan fayllar ro’yxati mavjud emasligi va boshqalardir.
Dunyo bo’yicha domenlar ro’yxatini FTP va Gopher serverlar orqali olish mumkin. Ularning
manzillari
nic.merit.edu. Internet connecetivity (Internet hamjamiyati) fayllari esa
nets.by.country,
world.list.txt nomlariga ega. Shuning uchun FTP serverlarga katalog va
fayllarda joylashgan ma’lumotlarni topish README (meni o’qi) yoki Index (ko’rsatkich) nomli
fayllar orqali qaralsa, masala ancha oson ko’chadi. Chunki bu fayllarda FTP-server va undagi
kataloglar haqida ma’lumotlar joylashgan bo’ladi. Shuning uchun vaqtni ko’p sarflamaslik
maqsadida avvalo bu fayllarni (INDEX, README) yozib olib o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Foydalanuvchida server haqida turli savollar tug’ilsa, unda o’z server administratoriga
Dostları ilə paylaş: