1 7-maruza. Tarmoqli tеxnologiyalar va Internet xizmatlari. Reja



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/18
tarix08.07.2022
ölçüsü0,86 Mb.
#62709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1 7-maruza. Tarmoqli tåxnologiyalar va Internet xizmatlari. Reja

2
 
Tarmoq topologiyasi 
Tarmoq topologiyasi - bu kompyuterlar aloqa kanallari birlashuvining mantiqiy sxemasi. 
Lokal tarmoqlarida ko‘pincha quyidagi uch asosiy topologiyaning biridan foydalaniladi: 
monokanalli, aylanma yoki yulduzsimon. Boshqa ko‘pgina topologiyalar shu uchtasidan kelib 
chiqadi. Tarmoq uzellarining kanalga kirish ketma-ketligini aniqlash uchun kirish uslubining o‘zi 
zarur.
Kirish uslubi - bu moddiy darajada uzellarni birlashtiruvchi ma’lumotlarni uzatish 
kanalidan foydalanishni belgilovchi qoidalar to‘plamidir. Lokal tarmoqlarida eng keng tarqalgan 
kirish uslublari Ethernet, Trken-Ring, Arenet sanaladi. Tarmoq platalari moddiy qurilma bo‘lib, 
har bir kompyuter tarmog‘iga o‘rnatiladi va tarmoq kanallari bo‘yicha axborot uzatish hamda 
qabul qilishni ta’minlaydi. 
LXT topologiyasi - bu tarmok uzellari birlashuvining o‘rtacha geometrik sxemasi. 
Xisoblash tarmoqlari topologiyasi turlicha bo‘lishi mumkin, lekin lokal xisoblash tarmog‘i 
uchun uchta tur umumiy xisoblanadi. Bular: aylanma, shinali va yulduzsimon turlardir. Ba’zan 
soddalashtirib aylana, shina, yulduz degan atamalar ishlatiladi. Biroq bu atamalar topologiya turi 
tom ma’noda aylana, to‘g‘ri chiziqli yoki aynan yulduz shaklida degan fikrni bildirmaydi.
Har qanday kompyuter tarmog‘ini uzellar majmui sifatida ko‘rishi mumkin. 
Uzel - tarmoqning uzatish vositasiga ulangan har qanday qurilma. 
Topologiya tarmoq uzellarini ulash sistemasini o‘rtalashtiradi. Masalan, ellips ham yopiq 
egri, ham yopiq siniq chiziq aylanma topologiyaga, yopiq bo‘lmagan siniq chiziq esa - shina 
topologiyaga mansub. 
Aylana (doira) topologiya - tarmoq uzellarining yopiq egri (uzatish o‘rtasidagi) kabel bilan 
birlashuvini xosil qiladi. Uzatish (peredatchiq) va qabul qilish (priyomnik) o‘rtasidagi har bir 
oraliq uzel yuborgan xabarni retranslyasiya qiladi. qabul qiluvchi uzel faqat o‘ziga yuborilgan 
ma’lumotnigina aniqlaydi va qabul qiladi. 
Aylana topologiya nisbatan kichiqroq kenglikda shug‘ullanuvchi tarmoq uchun juda mos 
keladi. Unda markaziy uzel yo‘qligi bois tarmoqning ishonchliligini oshiradi. Axborotni 
retranslyasiya qilish uzatish vositasi sifatida har qanday turdagi kabeldan foydalanish imkonini 
beradi. Bunday tarmoq uzellari xizmat ko‘rsatish tartibining ketma-ketligi uning tezkorligini 
susaytiradi, uzellardan birining ishdan chiqishi aylana butunligini buzadi va axborotni uzatish 
traktini saqlash uchun choralar ko‘rishni talab qiladi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin