5 •
1999 - yirik shaxarlarda DSL liniyalari orqali internetga ulanish ommaviylasha boshladi.
• 2000 - Internet2, IPv6 ish boshladi.
• 2001 - Fayl almashish xizmati ommaviylashib ketdi.
• 2004 - on line uyinlar ommaviylashib ketdi. World of Warcraft ga obuna bo’lganlar soni 12 mlndan
oshdi.
• 2005 - Web 2.0 texnologiyalari ommaviy tarzda kullana boshlandi. Butun olam turining kiyofasi uzgardi.
You Tube va Wikipedia saytlari mashxur bo’lib ketdi.
•
2007 - Mobilь internet ommaviylashdi. Apple iPhone ommaviy ravishda sotila boshladi.
•
2008 - Facebook portali uzining egasi: 20 yoshli talabaga 6 milliard daromad keltirdi.
• 2010 -IPv4 resurslari tugadi va Internet2, IPv6 uning urnini egallab, Internetning rasmiy protokoli deb
e’lon qilindi.
Kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish Internet orqali ma’lumot junatganingizda, u kuzlangan manzilga osongina yetib borgandek
tuyuladi. Aslida bu juda murakkab jarayon.
Internet orqali ma’lumot uzatganingizda kompyuterlar internet buylab ma’lumot uzatishda
foydalanadigan TCP (Transmission Control Protocol - uzatishni boshqarish protokoli) protokoli
ma’lumotni avval kichiqrok bo’laklar - paketlarga bo’lib chiqadi. Bu paketlarda boshqa foydali
ma’lumotlar ham bo’ladi-ki, ular paketlarni internet buylab tugri yunaltirishga yordam beradi.
Sizning kompyuteringiz bu paketlarni sizning maxalliy kompyuter tarmogingizga, Internet
xizmatlari provayderiga yoki on layn xizmatini ko’rsatuvchi boshqa tashkilot kompyuteriga junatadi.
Paketlar oxirgi manzilga yetib borguncha, turli tarmoqlardan, kompyuterlardan va aloka liniyalaridan utadi.
Bir kator apparat qurilmalari paketlarni kayta ishlaydi va tugri yunalishda yunaltirib turadi. Bu qurilmalar
tarmoqlar orasida ma’lumot uzatishga xizmat qiladi va internetning yagona tarmoq sifatida faoliyat
ko’rsatishiga olib keladi. Beshta eng asosiy qurilma: hub (tugun), bridge (kuprik), gateway (darboza yoki
shlyuz), repeater (tiklagich), router (marshrutizator - yunaltirgich) lardir.
Bir mintaqaviy tarmoq ichida ma’lumotlar marshrutizatorlar yordamida uzatilishi mumkin. Lekin
ma’lumotni bir mintaqaviy tarmoqdan ikkinchisiga uzatish kerak bo’lsa, bu ma’lumot tarmoqning kirish
nuqtasi (network access point yoki kiskacha NAP)ga junatiladi. Bu nuqtadan ma’lumot magistrallar orqali
katta tezlikda ikkinchi mintaqaviy tarmoqning kirish nuqtasiga uzatiladi. Bu magistrallarda ma’lumotlar
155 Mb/s va undan katta tezlikda uzatiladi. Xrzirgi kunda tezligi 10-20 Gigabit/s bo’lgan va mulьtimedia
koridorlari deb ataluvchi magistrallar mavjud.
1.2.1. Tarmoqda ma’lumot uzatish bosqichlari
1) Xabarlar, ma’lumotlar, fayllar kompyuter tarmogi buylab uzatilaetganda bir necha
boskichlarni bosib utadi. Bu boskichlar soni yettita bo’lib, ularning har biri berilmalar anik va o’z vaqtida
uzatilishini ta’minlash uchun xizmat qiladi.