1 7-maruza. Tarmoqli tåxnologiyalar va Internet xizmatlari. Reja
3. Internet xizmatlari bilan ishlash. Bundan un-un ikki yil oldin mutaxassislar birinchi marta axborot supermagistrallari va mulьtimedia
superkoridorlari haqida gapirganlarida, ular Internetni nazarda tutmagan edilar. Aksincha ular
televidenieni, ayniksa kabelli televidenieni nazarda tutgan edilar. Ular televizion inkilob bizning xayot
tarzimizni butunlay uzgartirib yuboradi, deb ishongan edilar.
Bitta kabelь orqali 500 ta telekanalni uzatish bilan televidenieni interfaol kurinishga o’tkazish, biz
xoxlagan paytda, xoxlagan axborotimizni, xoxlagan xizmatimizni ola bilishimizga olib keladi, deb
uylashgandi.
Xrzirgi paytda sun’iy yuldosh orqali minglab telekanallarni tomosha qilish mumkin. Lekin bu
xayol qilingan axborot magistrali bo’lib chiqmadi. Aksincha, Internet bularni ruyobga chiqardi.
Internet interfaol televidenie va axborot supermagistrallari orqasidan bormagan bo’lsada, Internet
va televidenie tobora yakinlashib bormokda. Internetda televizion standartlarga javob beradigan
videomateriallar ko’payib bormokda, internetdagi TV kanallar soni oshib bormokda. Televizion
texnologiyalar esa internetdan keng foydalangan xolda televideniega interfaollikni olib kirmokdalar.
Televidenie va Internet xozirning uzidayok bir-birini tuldirmokda. Interfaol televidenie internetdan
foydalanib teleekranlarga turli axborotlarni yetkazib bermokda. IP TV esa telefon liniyalari orqali
telesignallarni odamlarning uylariga yetkazmokda.
Televizion kabellardan foydalanish Internetga katta tezlikda ulanish imkoniyatini bermokda.
Tarmoq mavjud koaksial TV kabelь orqali xar bir uyga kirib bormokda. T-1 va T-3 standartlaridagi
modemlar internet bilan ishlash uchun juda katta tezliklarni taklif qilmokdalar. CHunki ular juda keng
polosali kabelь liniyalari orqali ma’lumot uzatadilar. Bitta kabelь orqali ham internetga ulanish, ham kabelь
televideniesidan foydalanish mumkin.
Yana bir texnologiya: IP TV yordamida telefon kompaniyalari optik tolali kabellar orqali internet
protokollari yordamida xar bir xonadonga IP TV signallarini yetkazib bermokda.
•
Kabelli televidenie
1) Koaksialь kabellarni ba’zan keng polosali sim deb ham atashadi. Bu kabelь uyga kirgach, splitter
(ajratgich) yordamida ikkiga ajratiladi. Ulardan biri TV pristavka orqali televizorga ulanadi, ikkinchisi esa
modem orqali kompyuterga ulanadi. Bu modem keng polosali modem yoki kabelь modemi deb ataladi.
2) Kabelь modemlari Ethernet tarmoq kartasiga kompyuter ichida ulanadi. Ular boshqa tarmoq
kartalari kabi ishlaydi. Internetga ulanganda kabelь modemi o’z IP manziliga ega bo’ladi.
3) Internetga uzatilayotgan va undan kabul qilinayotgan signallar, kabelь, kabelь modem, tarmoq
kartasi orqali kompyuterga ulanadi. Kabeldan TV va kompyuter signallari bir vaqtda utadi. Kompyuter
signallari 6 MG q li spektrda boshqa signallar bilan birga uzatiladi.
4) Kabelli TV kompyuterlar bir xududda joylashgan, taxminan 500 ta xonadonni bitta
mikrorayonga birlashtiradi. Ularga bitta kabelь tortiladi. SHu sababli, bir vaqtda bir necha odam internetga
chiqsa, ulanish tezligi yukorirok, aksincha ko’prok odam internetga kirsa, tezlik kamrok bo’ladi.
5) Bu kabellar optik tolali kabellarga ulanadi. Bitta optik tolali kabelga 4-10 koaksialь kabelni ulash
mumkin.