Darsning mustahkamlash bosqichida: I.Asar voqealari asosida bahs-munozara: Goh tinar qiz,goh ohlar urar,
Titranadi maktub qo‘lida.
Pshti konvert yopishar,qurir,
Yallig’langan qaqroq tilida.
Mana shunday voqealar,qahramonlar qalbidagi iztiroblar ,tuyg’ular orasidagi kurashlar baytma bayt keskinlashib boraveradi.kitobxonni o‘yga toldirib,voqealar,tuyg‘ular girdobiga g’arq qiladi….
III.Test sinovi:
1.Pushkinning “Yevgeniy Onegin”she’riy romanini kim tarjima qilgan ?
A.Cho‘lpon B.Mirza Kenjabek
C.Abdulla Oripov D.Erkin Vohidov
2.Onegin nima maqsadda qishloqqa keladi?
A.Amakisining mulikiga egalik qilish uchun
B.Mulk sotib olish uchun
C.Davlat xizmatini ado qilish uchun
D.O‘zining tug‘ilgan joyiga qaytga edi.
3.Tatyananing yuragi nimadan “muzlaydi”?
A.Muhabatini qabul qilmasligidan B.Nomus va qo‘rqinchdan
C.Oneginning ketib qolishidan D.Oneginni ko‘rmay qolishidan
4.Tatyana xatni kim bilan yuboradi?
A.Enagasi bilan B.O‘zi etadi
C.Oqsoch bilan D.Qo‘shnisi bilan
5.Onegin nima uchun Tatyananing sevgisini rad qiladi?
A.O‘zining qizga ma‘naviy jihatdan loyiq emasligini sezadi.
B.Kiborligi uchun uni o‘ziga loyiq ko‘rmaydi.
C.Axloqiy qarashlari mos kelmaganligi uchun.
D.Samimiy tuyg‘ulardan yiroq bo’lganligi uchun.
Javoblar:1.B 2.A 3.B 4.C 5.A Uyga vazifa:Shoirning “Yevgeniy Onegin”she’riy romanini o‘qib kelish.
Asar tahlili.
O’quvchilar bilimini baholash.
Ko`rildi: MO`IBDO`: Norova N
4-93 Adabiyot 9-sinf Sana: Darsning mavzusi:Chingiz Aytmatov hayoti va ijodi
Darsning maqsadi:a)ta’limiy- o’quvchilarga Chingiz Aytmatov hayoti va ijodi,uning jahon adabiyotida tutgan o’rni haqida bilim va ma’lumotlar berish;
b)tarbiyaviy-o’quvchilarda jahon adabiyotiga bo’lgan qiziqisni tarbiyalash, Aytmatov ijodiga mehr-muhabbat hosil qilish;