Darsning jihozi:darslik, Ch. Aytmatov siymosi, asarlari;
Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida Ch. Aytmatov hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;
2.”Asrga tatigulik kun ” romani haqida qanday bilim va tushunchalarga ega bo‘ldingiz?
Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I” Asrga tatigulik kun”she’riy romani yuzasidan savollar: 1. “Asrga tatigulik kun” asari qanday janrda yozilgan?
2.Edigey kim?
3.Edigey nima uchun o`zini Sobitjonga ahmoq deb yig`laydi?
4.Sobitjon vasiyatga nimaga beparvo qaraydi?
5.Edigeyning jasadini nima uchun ona Bayit mozorigaqo`yishga urunishning sababi nimada deb o`ylaysiz?
II.” Asrga tatigulik kun” romanidan parchalar o‘qib,g‘oyaviy-badiiy tahlil qilish:
Ch. Aytmatovning bu romani 1980-yilda yozilgan. Asar chop etilishi bilan butun dunyodagi kitobxonlar tafakkuti va ruhiyatini larzaga keltiridi.Chunki unda odamning insoniy qiyofasini belgilaydigan asosiy ko`rsatkichlari: o`zlikni anglash, o`zgani tushunish, tarixiy ildizlarni bilish, undan faxrlanish singari tushunchalar ekanligi va bulardan ayrilish, mohiyatiga ko`ra odamiylik konkret odamlar taqdiri misolida badiiy ifoda etilgandi. Holbuki , bunday xususiyat sho`ro adabiyoti uchun begona hisoblanardi.
Yozuvchi ko`nglining tubidagi eng ezgu tuyg`ular ifoda etilgan bu romanga X asrda yashab o`tgan arman yozuvchisi Grigor Narikatsinning “Musibatnoma” kitobidan “Bu kitob jism-u fig`onimdir mening, Bu kalom jon-u jahonimdir mening ” satrlarning epigraf qilib olinishida teran ma’no bor. Ch. Aytmatov uchun ham bu roman “jon-u jahon”ning o`zi edi.asar chindanda jahonga mashhur yozuvchining dilidagi oh-u fig`oni, jonini o`rtagan dardlari, alamlari bayoni sifatida yuzaga keladi.Kitobda odam degan yaaratiqning azizligi, uni tarixiy ildizlardan, tilidan, elidan, g`ururidan mahrum qilish joniga qasd etishdan ham dahshatli jinoyat ekani yovqur Nayman onaning tengsiz fojiasi tasviri asnosida aks ettirilgan.